Safarova muattarning
Mavzu:Ma’naviyatning aksiologik tamoyillari
Download 373 Kb.
|
Ma\'naviyatshunoslik mustaqil ish
Mavzu:Ma’naviyatning aksiologik tamoyillari.
Reja:1.Ma’naviyatning aksiologik jihatlari. 2.Ma’naviyatning aksiologik yondashuvi Ma’naviyatning aksiologik jihatlari ham mavjud bo‘lib, u tamoyillar sifatida amal qiladi. Uning ushbu jihatlarini oldingi mavzularda qadriyatning ma’naviyat tizimida tutgan o‘rnini yoritishga harakat qilganmiz. Bu mavzuda esa ma’naviyatning qadriyat sifatidagi tamoyillarining jtimoiy hayotdagi vazifalari, xususiyatlari nazarda tutiladi. Aksiologiya aksis – qimmatli, qadrli va logos – so‘z, ta’limot tushunchalaridan yaralgan. Uni o‘zbekchaga qadriyatshunoslik, deb 191 o‘girish qabul qilingan. Ma’naviyatning aksiologiya bilan aloqalarini tahlil qilish uchun dastlab qadriyatlar tushunchasini ko‘rib chiqamiz. Qadriyatlar inson, jamiyat uchun ahamiyatli, ularning turli ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladigan, hayotini yengillashtirishga, yuksaltirishga, ijtimoiy muhitni va munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan narsalar, predmetlar, ijobiy g‘oyalar, me’yorlar, ideallar, tamoyillar, mezonlardir. Ularni moddiy va ma’naviy qadriyatlarga bo‘lish mumkin. Moddiy qadriyatlarga tabiat, tabiiy boyliklar, mehnat vositalari, noyob arxtektura obidalari, me’moriy yodgorliklar, moddiy mahsulotlar, shahar, qishloqlar va shu kabilar kiradi. Ma’naviy qadriyatlarga dunyoqarash va e’tiqod asoslarini tashkil etuvchi ilmiy-falsafiy, diniy, axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy, konkret-ilmiy g‘oyalar, bilimlar va qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar kiradi. Ular ilmiy, badiiy, diniy asarlarda, asor-u atiqalarda, me’morchilik obidalarida, yuridik qonunlarda, siyosiy mafkurada, urfodatlarda mujassamlanadi va aksini topadi. Xalq og‘zaki ijodi va amaliy-bezak san’ati, xalq hunarmandchiligi ham ma’naviy qadriyatlarning yuzaga chiqish va mavjudlik shakllaridir. Lekin inson uchun nima ahamiyatli, nima qimmatga ega, haqiqiy qadriyat nima, degan savolga javob berish oson emas. Xuddi shunday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning o‘zaro munosabati, inson uchun qaysi ko‘proq «foyda» keltirishi, ahamiyatliroq ekanligi juda bahsli masala. Shu sababdan ilm-fanda bu borada ko‘plab bahslar yuritilgan. Din peshvolari o‘rtasida ham diniy qadriyatlar to‘g‘risida yakdil fikr yo‘q. Xatto AQShning ayrim olimlari qadriyatlar jamiyat taraqqiyotiga katta to‘siq sifatida baholaydilar, go‘yoki u mamlakatning rivojlanishga yo‘l bermaydi, eski aqidalar ichida qolib, yangiliklarni qabul qilolmaydi, deb hisoblaydilar. Aksiologiya (qadriyatshunoslik) yoki aksiologik yondashuv borliqning ikki jihatini: reallik (voqelik)ni va ma’naviyatni inson uchun qadr-qimmatga ega xohish-istaklar va intilishlar obyekti sifatida tadqiq etish jarayonida vujudga keladi. Aksiologiyaning bosh vazifasi – borliqning umumiy strukturasida (tuzilmasida ) qadriyat qanday o‘rin egallashini va uning reallikning faktlariga qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rsatishdir. Masalan, biror ro‘zg‘or buyumi oila uchun kerak, foydali, u oilaning normal turmush kechirishiga xizmat qiladi, qandaydir ehtiyojlarini to‘ldiradi. Shu sababdan u “moddiy qadriyat” hisoblanadi. Uning odamlar uchun qadr-qimmati amaliy foydaliligi bilan belgilanadi. Ro‘zg‘or buyumi oilaning kanchalik ko‘p yoki qanchalik murakkab ehtiyojlarini qondirsa, shunchalik oila uchun qadri baland hisoblanadi. Zargarlik buyumi-chi? U hech qanday amaliy ehtiyojni qondirmaydi. Biroq ro‘zg‘or buyumiga nisbatan narxi baland, go‘yoki «qadrliroq»- Nega? Gap shundaki, zargarlik buyumi odamlarning birinchi galda estetik ehtiyojlarini qondiradi, ularni bezaydi, chiroyliroq ko‘rsatadi. Ikkinchidan, zargarlik buyumi o‘z egalarining jamiyatdagi mavqeidan, «to‘qligidan», go‘yoki didining nozikligidan dalolat beradi. Aslida, mutlaqo teskari bo‘lishi mumkin. Didi nozik, ziyoli va yuksak madaniyat sohiblari ortiqcha zeb-ziynatni yoqtirmaydi. Zeb-ziynatga mukkasidan ketgan kishi ma’naviyati cheklangan, molparast yoki maqtanchoq, o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtiradigan kimsa bo‘lishi mumkin. Zargarlik buyumi amaliy-bezak san’ati mahsulotidir. Uni yasash juda katta ijodiy mahoratni, mehnatni talab qiladi. Bundan tashqari, zargarlik buyumi noyob materiallardan – oltin, kumush, platina, ularning qorishmalari, boshqa kam uchraydigan metallardan, qimmatbaho toshlardan yasaladi. Ularning narxi balandligi ham shu ikki sababdan. Lekin masalaga tor «foydalilik» nuqtayi nazaridan yondashsak, har qanday amaliy ahamiyatga ega narsalarni qadriyat deb atashimizga to‘g‘ri keladi. Aslida esa qadriyat deganda biz har qanday buyum va predmetni nazarda tutmaymiz. Aksincha, ko‘proq shaxs va jamiyat hayoti uchun o‘ta zarur, katta ahamiyatga ega narsalarni (moddiy yoki ma’naviyligidan qat’iy nazar) qadriyat hisoblaymiz. Bular toza havo, toza suv, qulay iqlim, unumdor tuproq – tabiat, xavf-xatarsiz, tinchlik osoyishtalikda, ahillik va xayrixohlik muhitida yashash, o‘z imkoniyaglarini, qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun odamlar birgalikda mehnat qilish, umr kechirish, turli aloqalarga kirishish jarayonida o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, maishiy, diniy g‘oyalarga, me’yorlarga, qoidalar, qonunlarga ehtiyoj sezadilar. Mazkur g‘oyalar me’yorlar, qoida va qonunlarning eng muhimlari – milliy va umuminsoniy ahamiyatga egalari qadriyat darajasiga ko‘tariladi. Odamlarda bilim olish, olam sir-asrorini, jamiyatni, o‘z-o‘zini chuqurroq tushunish ehtiyojlari bor. Bu ehtiyojlarni ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari qondiradi. Binobarin, eng yaxshi ilmiy va badiiy g‘oyalar, ularni aks ettirgan ilmiy-badiiy asarlar ham qadriyatdir. Odamlar oilalarga, mahallalar, qishloq va shaharlarga birlashadi. Ularni amalga oshiruvchi urf-odatlar, an’analar, bayramlar tizimi vujudga kelgan. Xalqning urf-odatlari va h.k. ham qadriyatdir. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, qadriyat bu iinsonlarning ma’naviy ongi, faoliyati, ma’naviy ehtiyoji, yuksak ma’naviy axloqiy qarashlari negizida yuzaga keladi, ya’ni ma’naviyat qayerda bo‘lsa o‘sha yerda qadriyatlar uchun zamin paydo bo‘ladi. Ma’naviyatning har qanday tarmog‘i, qirrasi, uning mahsuli qadriyat darajasida ko‘tarilish uchun imkonyatdir. Ya’ni bilim olish, o‘zlikni anglash, milliy bayramlar, adabiyot va san’at asarlari va hokazo. Lekin qadriyat sifatidagi g‘oyalar va ular tufayli yaratilgan voqelik, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta ziddiyatli. Predmetning o‘zi qadriyat bo‘lishi ham, aksilqadriyat – yovuzlik bo‘lishi ham mumkin. Badiiy g‘oyalar, obrazlar va ularning predmetlashgan shakli asarlar, madaniyat mahsulotlari to‘g‘risida ham shunday deyish mumkin. Fahshni, zo‘ravonlikni, qotillikni va insonning boshqa tuban mayllarini, ehtiroslarini estetiklashtirib (jozibali, go‘zal qilib) tasvirlaydigan asarlar, qanchalik yuksak badiiy mahorat bilan yaratilmasin, asl qadriyat maqomini ololmaydi. Ko‘pchilik G‘arb olimlari ommaviy madaniyatga nisbatan umuman qadriyatlar tushunchasini qo‘llab bo‘lmasligini e’tirof etmoqdalar. Ma’naviyatning o‘zi qadriyatdir. Ma’naviyat orqali yaratilgan badiiy asarlar, inson axloqi, san’at asarlari qadriyat maqomini oladi. Inson qadriyatlarga amal qilishiga, mo‘ljal olishiga qarab o‘z xattiharakatini, xulqini, faoliyatini, intilishlarini, orzu-havaslarini belgilaydi. Kimdir xasis, ziqna, molparastlikka moyil bo‘ladi. Uning uchun boylik barcha qadriyatlarning boshi, qadriyatlar ierarxiyasida eng yuqori pog‘onani egallaydi. Kimdir mansabparast. U yuqori lavozimga erishish uchun laganbardorlik qiladi, o‘zidan yuqori lavozimdagi mansabdorlarga yaltoqilik bilan xizmat qiladi. Ular noinsoflikni, nohalollikni o‘zlari uchun maqbul hisoblaydi. Qadriyat ma’naviylikdir. Inson ko‘ngli va aqlining mazmunmohiyatini tashkil qilishda, insonga yuksak tuyg‘ular, orzu-havaslar, maqsad va ideallar berishda ma’naviyatning aksiologik mohiyati namoyon bo‘ladi. Inson tanlagan maqsad, ideal – bu uning ma’naviy ijtimoiy mo‘ljalidir. U qadriyatlar to‘g‘risidagi o‘z qarashlaridan kelib chiqib voqelikka, predmetlar va hodisalarga, g‘oya va me’yorlarga baho beradi. Qadriyatlar mo‘ljali shaxs ichki (botiniy) tuzilmasining muhim unsurini tashkil etadi. Ular insoning hayotiy tajribasi, barcha ijobiy va salbiy hissiy kechinmalari tomonidan mustahkamlangan. Inson o‘zi uchun ahamiyatli, birinchi darajali qadriyatlarni ahamiyati pastlaridan ajratgan. Natijada, insonning qadriyatlar mo‘ljali, kengroq olinsa, ijtimoiy mo‘ljali shakllanadi. Insonning qadriyatlar mo‘ljali ma’naviyat ta’sirida shakllanadi va ma’naviy mo‘ljallar, ma’naviyat shaklida yuzaga chiqadi. Qadriyatlar mo‘ljalining shakllangan tizimi shaxs barqarorligini ta’minlovchi ongning o‘ziga xos mehvarini (o‘qini, umurtqasini) tashkil etadi. Qadriyatlar mo‘ljali ehtiyojlar va manfaatlar tomon yo‘naltirilgan ma’lum xulq-atvorni va faoliyatdagi vorisiylikni yuzaga chiqaradi. Shu sababdan qadriyatlar mo‘ljali shaxs motivatsiyasi (rag‘bati)ni belgilovchi va tartibga soluvchi omildir. Qadriyatlar mo‘ljali ong va ongosti darajasida harakat qiladi va insonning irodaviy kuchini, diqqatini va aql-zakovatini belgilaydi. Shaxsning rivojlangan qadriyatlar mo‘ljali – uning yetukligini, ijtimoiylashish me’yorini ko‘rsatadi. Va, aksincha, qadriyatlar qashshoqligi insonning ma’naviyati ham qashshoqligidan, uning shaxsi ichki tuzilmasida tashqi rag‘batlar, ob’yektning bevosita ta’siri kuchliligidan dalolat beradi. Ya’ni u ko‘ziga yaxshi ko‘ringan narsani, yoqib qolgan g‘oyani, fikrni, asarni notanqidiy, o‘ylamasdan qabul qiladi. Ular esa zararli, buzg‘unchi, soxta g‘oyalar bilan aralash bo‘lishi mumkin. O‘tmish osor-u atiqalarimiz, san’atimiz va adabiyotimiz durdonalari, xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlari, axloqiy, badiiy, ilmiy, diniy merosi milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdir. U ijodkor xalqimizning ma’naviy olami, borlig‘i, yuksak ma’naviy salohiyati mevasidir. Ma’naviy taraqqiyot ma’naviy va moddiy qadriyatlar mahsulidir. Ular ajdodlardan avlodlarga o‘tib, avaylab-asrab kelinmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi me’morchilik yodgorliklari biz uchun qadrli, muqaddas va ma’naviy boylikdir. Al Xorazmiy, Forobiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa daholarimiz qoldirgan ilmiy meros, Ahmad Yugnakiy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Rabg‘uziy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab asarlari, g‘azallari ham ma’naviy boyligimizdir. Islom ilm-faniga, ilohiyotiga, fiqh ilmiga beqiyos hissa qo‘shgan al-Buxoriy, at-Termiziy, Moturudiy, Abul-Mu’in Nasafiy, Koshifiy, Barokat Nasafiy, Marg‘inoniy va biz nomlarini qayd etmagan boshqa diniy olimlarimiz qoldirgan meros xalqimiz ma’naviy qadriyatlar xazinasida salmoqli o‘rin egallaydi. Biz ular bilan haqqoniy ravishda faxrlanamiz. Ayni paytda ular butun insoniyatning ma’naviy boyligidir. Shu sababdan ular jahonning rivojlangan tillariga tarjima qilingan, xorij mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, targ‘ib etiladi. Demak, ular nafaqat o‘zbek xalqi uchun, shuningdek, butun insoniyat uchun ham katta qadr-qimmatga ega. Ularda milliylik bilan bir qatorda umuminsoniylik mujassamlashgan. Agar milliylik soxta emas, haqiqiy qadriyatni ifodalasa, u umuminsoniylikka aylanadi. Asl milliylik umuminsoniylikning mavjudlik shaklidir. Hech bir xalqqa, hech bir millatga tegishli bo‘lmagan umuminsoniy adabiyot, san’at yoki umuman qadriyat yo‘q. Jahon adabiyoti deganda biz Gomer, Sofokl, Esxil, Evripid, Vergiliy, Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Sa’diy, Hofiz, Jomiy, Navoiy, Bobur, Bedil, Dante, Shekspir, Gete, Pushkin, Tolstoy, Dikkens, Balzak, Gyugo, CHexov, Gorkiy, Jeyms Joys, Prust, Kamyu, Tagor, Stendal, Markes, Ch.Aymatov, Abdulla Oripov kabi daho adiblarni nazarda tutamiz. Lekin ular, birinchi galda, o‘z milliy adabiyotlarining asl vakillaridir. Ular asarlarida, avvalo, o‘z millati vakillarining obrazlarini yaratganlar, xalqining ruhiy dunyosi, g‘amtashvishlari, umid va orzu-istaklarini ko‘rsatganlar. Demak, ma’naviyatning o‘zi qadriyatdir. Ma’naviyat orqali yaratilgan badiiy asarlar, inson axloqi, san’at asarlari qadriyat maqomini oladi. Insonning qadriyatlar mo‘ljali ma’naviyat ta’sirida shakllanadi va ma’naviy mo‘ljallar, ma’naviyat shaklida yuzaga chiqadi. qadriyatlar qashshoqligi insonning ma’naviyati ham qash-shoqligidan, uning shaxsi ichki tuzilmasida tashqi rag‘batlar, obyektning bevosita ta’siri kuchliligidan dalolat beradi. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling