Sahroyi kabir


Download 1.73 Mb.
bet5/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1149191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SAHROYI KABIR

Suv resurslari.
Choʻl tashqarisidan oqib kiruvchi bir necha daryo sahroning yer usti va yer osti suvlarini toʻldirib turadi. Nil sahrodagi yagona doimiy suv oquvchi daryodir. 1964-1968 yillarda Nil daryosida Nosir nomli katta suv ombori qurilgan. Nil suvi pasaygan paytda bu ombor Toshka koʻllarini vujudga keltiradi. Sahro janubida bir necha daryolar Chad koʻliga quyiladi, ularning koʻplari shimoli-sharqqa tomon yurishni davom ettirib, mahalliy suvli qatlamlarni boyitadi.Choʻlning janubi-gʻarbiy qismidan oʻz ichki deltasiga Fagibin, Garu, Niangay va b. koʻllarni olgan Niger daryosi oqib oʻtadi. Sahroning shimoliy hududlariga Liviya, Jazoir, Tunis va Marokashning Antiatlas, Atlas, Ores va boshqa sohilboʻyi tepaliklaridan oqib keladigan, irmoqlar va vadilar (asosan quruq, kuchli yomgʻirlardangina toʻlib oquvchi suv yoʻllari) suv olib keladilar. Bunday daryolardan eng kattalari — Draa, Saura va Ziz. Ulardan kichikroq vadilar asosan kelib shottlarga quyiladilar. Sahroyi Kabirning ichki qismida Axaggara, Tassilin-Ajera va Tibesti oʻzanlaridan qadimiy va keng daryolar tarmogʻi — Igargar, Tafasaset, Tamanrasset va b. vadilar yoyilib ketadi. Ulardan ayrimlari juda qadimda, qitʼaning iqlimi namroq boʻlgan paytlarda vujudga kelgan, boshqalari esa.
Jazoirning Tamanrasset shahrini vayron qilgan suv toshqini (1922-yil) kabi tabiiy toshqinlarnatijasida paydo boʻlgan. Sahroning qumli dyunalari yomgʻir suvining koʻpgina qismini oʻzida saqlab qoladi. Keyinchalik ular sahro qiyaliklaridagi buloqlardan sizib chiqadi. Yomgʻirlar shuningdek geltalarni ham toʻldiradilar, geltalardan ayrimlari doimiy boʻlib, ular qurib qolmaydilar (Arshey, Zemmur va b.). Sahroyi Kabirning chekkalari, va markaziy togʻ massivlarida botqoqlashgan va kuchli minerallangan relikt koʻllar ham saqlanib qolgan, misol uchun Unianga koʻllar guruhiga kiruvchi Yoa koʻlini keltirish mumkin. Sahroyi Kabir qumlari ostida ulkan yerosti suv havzalari joylashgan, ular orasida artezian suv havzalarini mavjud. Bu havzalar asosan kontinental quyi boʻr davri qumtoshlari qoshida mavjud boʻlib, vohalarni suv bilan taʼminlaydi. Yerosti oqimining kuchliligi sabab, sahroning shimoliy qismi yerosti suvlariga boy, yerning nam qatlami esa, biroz quyiroqda joylashgan. Yerosti suvlaridan irrigatsiya maqsadida ham foydalanishadi, bungamisol qilib Liviyaning Buyuk sunʼiy daryoloyiini keltirish mumkin.

7-rasm



6. Tuproq, O'simlik va Hayvonot dunyosi.
Tuproqlari Sahroyi Kabirning asosiy qismi tuproqlari tropik choʻl, yarimchoʻl (mayda tosh, shagʻalli, qumli) xarakteriga ega. Tuproq organik moddalarga boy emas, tuproq qatlamlarining farqi yaqqol sezilmaydi. Ayrim hududlarda azot toʻplovchi bakteriyalar uchrasada, Sahroi Kabir tuprogʻi biologik jihatdan nofaol hisoblanadi. Choʻlning chekka qismlarida organik moddalar miqdori koʻproq; choʻnqirlarda asosan tuzga boy tuproq uchraydi. Oʻzaro birikmagan karbonatning mavjudligi past darajadagi ishqorlanishdan dalolat beradi. Sahroning shimoli-gʻarbiy hududkarida 1-2 m qalinlikka ega boʻlgan oxak-gips aralashmali tuproq qatlamlari koʻproq tarqalgan. Oʻsimliklarga nisbatan ehtiyotsiz muomala va oʻzboshimchalik bilan tuproqqa ishlov berish va shamollar oqibatida, koʻchib yuruvchi qumlar vohalarni egallab olmoqda. Buning oldini olish maqsadida 1974-yil Liviyada “yashil devor” loyihasi boshlab yuborilgan, unga koʻra 1500 km masofaga ekilgan evkalipt va daraxtlardan tabiiy qalqon hosil qilingan. 8-rasm

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling