Sahroyi kabir


Download 1.73 Mb.
bet6/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1149191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SAHROYI KABIR

O'simlik dunyosi.
Sahroyi Kabir florasi uncha boy emas, u vadilardan uzoqda, vohalarda, baladliklarda oʻsuvchi kam turli oʻtlar, butalar va daraxtlardan tashkil topgan. Choʻnqirlarda tuzga chidamli galofitlar oʻsadi. Suv taqchil boʻlgan tepalik va platolarda issiqlikka moslashgan oʻt, buta va daraxtlar oʻsadi. Koʻplab hududlarda oʻsimlik umuman uchramaydi. Sahroning deyarli barcha hududlaridagi oʻsimliklarning hayotiga inson omili juda kuchli taʼsir oʻtkazgan (chorvachilik, dorivor oʻsimliklarni yigʻib olish Sahroyi Kabirning oʻsimliklar dunyosi ayniqsa yogʻingarchilikning nomuntazamligiga yaxshi moslashgan. Koʻp yillik qurgʻoqchilikka chidamli butalar ancha uzun va koʻp tarmoqli ildiz tizimiga ega (15-20 mgacha). Oʻtsimon oʻsimliklarning eng koʻp tarqaligan turlaridan biri efemerlar boʻlib, ular yetarlicha namgarchilikdan keyin uch kun ichida urugʻ hosil qiladilar va 10-15 kun ichida urugʻlarini atrofga yoyadilar. Sahroning togʻli hududlarida Oʻrtayer dengiziendemiklarining turdoshi hisoblangan neogendavri reliktli oʻsimliklari uchraydi. Togʻlarda oʻsuvchi daraxtsimon reliktlilar orasida zaytun, sarv kabilarni uchratish mumkin. Bundan tashqari choʻlda akatsiya, yulgʻun, shuvoq, oleandr, xurmo, efedra kabi oʻsimliklar mavjud.
Vohalarda finik palmasi, anjir, zaytunsimon va mevali daraxtlar, ayrim sitruslar, turli sabzavotlar oʻsadi. A tlantika okeani qirgʻoqlarida turli ajriqlar va boshqa shoʻrlikka chidamli oʻsimliklar oʻsadi. Suv havzalarida suv o'tlari uchraydi. 9-rasm
Hayvonot olami.
Sahroyi Kabir faunasi Efiopiya va Golarktika zoogeografik hududlarga mansub boʻlib, 4 mingga yaqin turga boʻlinadi (asosan umurtqasizlar). Sahro hududida endemiklik 10-12 %ni tashkil qilsa ham, hududdagi hayvonotning 40 %i afrika endemiklari turiga mansub. Choʻl jonivorlarining yashash hududi asosan markaziy togʻoldi hududlar bilan cheklanadi. Qurgʻoqchil yerlarda jonivorlar soni va turlari juda kamchilikni tashkil qilib, hatto 2 kg/ga gacha kamayib ketishi mumkin. Jonivorlarning asosiy qismi tungi hayot tarzini olib borishadi. Sutemizuvchilar (60 ga yaqin tur) qumsichqonlar oilasi, qoʻshoyoqlar oilasi, karp quyoni, efiopiya tipratikani, barbar qoʻyi, hanjarshox antilopa, dorkas gʻizoli, muflon, nubiya yovvoyi eshagi, pavian (Air va Tibestida), yoldor sirtlon, shoqol, gepard, choʻl tulkisi, fenek va mangustsimonlar (misr mangusti va b.) uchraydi. Shimoliy Sahroi Kabirdagi oxirgi addaks antilopasi 1920-yillar boshida oʻldirilgan. Sahroning janubi va markaziy togʻli hududlarda uning populyatsiyasi ancha qisqarib ketgan. Shimoliy Afrika fili Qadimgi Rim davridayoq qirilib ketgan. Shimoliy chegaralarda sher va tustovuqni oxirgi marta 1830-yilda uchratishgan. Agar uchib oʻtuvchi koʻchmanchi qushlarni qoʻshib sanasa, sahroda yashovchi jonivor turlari soni 300 dan ortadi.
Sohilboʻyi hududlari va ichki suv havzalari koʻplab suvda suzuvchi qushlarni oʻziga jalb qiladi. Ichki hududlarda tustovuq, turli etxoʻr qushlar, kotibqush, Neotis nuba, afrika ukkisi, sesarka, boyqush, choʻl quzgʻunilari uchraydi. Kaltakesaklar, echkiemarlar, buqalamunlar, uzunoyoqlar, shoxdor ilonlar va kobralar toshloq va qumloq hududlarda yashaydilar. Turli shilliqqurtlar qushlar va jonivorlarning ozuqasiga aylanadi. Koʻllarning hayvonot dunyosini asosan qurbaqalar, baqalar, kichik timsohlar, artemiyalar va qisqichbaqasimonlar tashkil qiladi. Shimoliy Sahroi Kabirning reliktli tropik suv faunasi asosan somsimonlar va etropluslardan iborat.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling