Sahroyi kabir


-rasm 2. O'rganilish tarixi


Download 1.73 Mb.
bet3/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1149191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SAHROYI KABIR

1-rasm
2. O'rganilish tarixi.
Sahroyi Kabirni cho'lini o'rganishda Marokashlik sayyoh Ibn Battutaning hizmati katta bo'lgan. U Sahroyi Kabirning g'arbiy qismini o'rgangan, 2008-yilda Kyoln Tarixiy geologiya universiteti olimi Stefan Kreplin boshchiligidagi Germaniya, Kanada va AQSHlik xalqaro tadqiqitchilar guruhi Sahroi Kabirda bir qancha izlanishlar oʻtkazib, tadqiqotlar natijasida aniqlashdiki, er. avv. 4000-yilda iqlim namgarchiligining eng yuqori koʻrsatkichiga chiqqan boʻlib, er. avv. 3600—2700-yillar oraligʻida tuproqning qurishi natijasida sekin asta choʻllanib borgan. Olimlarning bunday xulosaga kelishlariga Chad shimolidagi koʻli tubidan olib oʻrganilgan choʻkindilar sabab boʻlgan. Tadqiqotlarga qaraganda, 6 ming yil avval Sahroi Kabirda turli-tuman darxatlar oʻsib, koʻplab koʻllar boʻlgan. Shu taqlid olimlarning bu tadqiqotlari Sahroyi Kabirning 5500-yil avval quruqlashib borib, bir necha asr ichida choʻlga aylanganligi haqidagi nazariyani inkor etadi.
2-rasm
3. Geologiya va foydali qazilmalari.
Geologiya va foydali qazilmalar Choʻl qadimiy Afrika platformasining shimoli-gʻarbiy Sahroyi Kabir plitasida joylashgan. Plitaning markaziy qismi boʻylab gʻarbdan sharqqa tomon Markaziy Sahroyi Kabir tepaliklar zonasi choʻzilib yotgan boʻlib, u yerda quyi kembriy davri kristall poydevori plita yuzasiga chiqib qolgan. Tepaliklar zonasidan shimolda va janubda Shimoliy Sahroi Kabir va Janubiy Sahroyi Kabir pastliklari joylashgan boʻlib, u yerdagi platforma bukiklari fanerozoy choʻkindi togʻ jinslari bilan qoplangan. Bu zonalarda boʻr davri oʻrtalariga qadar qitʼaviy qatlamlar toʻplangan, keyinchalik ular boʻr davri oxirlari va paleogen davri boshlarida dengiz choʻkindilari bilan yopilgan (pastliklarning janubiy qismida dengiz choʻkindilari qalinligi pasayib boradi). Olitsogen davridan boshlab dengiz chekingan va qadimgi massivlar (ayniqsa Axaggar va Tibetsi) kuchli koʻtarilishlarga uchraganlar. Janubiy Sahroyi Kabir pastliklar zonasida tekis Taodenni sineklizasi, Gao grabeni, Mali-Niger sineklizasi va Chad sineklizalari mavjud. Platformaning turgʻunligi sabab, paleozoy erasining formalari gorizontallikni saqlab qolgan va kam oʻzgargan. Sahroning shimoliy qismida (gʻarbiy Misr, Jazoir) bu jinslar choʻkiklar va havzalar bilan bogʻlanib ketgan. Sahroning janubiy qismidagi platforma bukilishlari kaynozoy koʻllari (Chad koʻli, va Unianga koʻllar guruhi shular jumlasidandir) bilan egallangan ulkan havzalarni vujudga keltirgan. Sahro hududida boy neft va gaz resurslariga ega Sahroyi Kabir neft-gaz havzasi boʻlib, unda Xassi-Mesaud, temir rudasi, Kediyet Ijil, mis rudasi konlari mavjud. Oltin, volfram, uran va noyob metallar konlari quyi kembriy poydevori bilan bogʻliq. 3-rasm



Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling