Sahroyi kabir


Download 1.73 Mb.
bet4/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1149191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SAHROYI KABIR

4. Relyefi.
Sahroyi Kabirning landshafti turli-tuman. Maydonining koʻp qismini (70 %ga yaqin) qoyali gil tepaliklar va 500 mgacha balandlikka ega toshli platolar (xamada)dan iborat. Sahroning markaziy qismida Tibesti (Sahroi Kabirning eng baland nuqtasi — Emi-Kusi vulqoni) va Axaggar (Taxat togʻi, 3003 m) togʻlari mavjud. Bu hududlarda neogen va antropogen davrlarida juda faollashgan vulqonlarning, chuqur va keng vodiylar (kengligi 30 km, uzunligi 400 km) va qurib qolgan qadimgi daryolar oʻzanlaridan ibora. Togʻoldi hududlarining oʻziga xos jihati shuki, u yerda togʻ jinslarini oʻrab oluvchi ferromarganetsli qora qatlam mavjuddir. Sahro platosi asosan shamolda uchib yuruvchi jinslardan tarkib topgan (masalan, Jazoirdagi Tademait platosi). Sahroyi Kabirda qoyalar, togʻlar va platolardan tashqari koʻplab uncha chuqur boʻlmagan shoʻrxok, oqmas suv havzalari (sebxalar, shottlar va dayilar), vohalarga ega ulkan choʻkiklar ham uchraydi. Choʻlning nisbatan quyi joylashgan hududlari — Kattara (-133 m, Sahroyi Kabirning eng past nuqtasi), Al-Fayyum, Melgir (-26 m) va Bodeledir. Turgʻunlikka moslashgan vadilar, qumli choʻllar (erglar) va dyunalar sahroning 25 %ini yaʼni 2,2 mln km² maydonini egallagan.
Sahroning eng koʻp qumga ega qismlar — Igidi, Erg-Shesh, Katta Gʻarbiy Erg, Katta Sharqiy Erg, Erg-Shebbi va boshqalardir. Barxanlar tizmasi nimjon kserofit oʻsimliklar bilan qoplangan.
Sahroda aylana, yulduzsimon, kesishgan dyunalar, oʻroqsimon barxanlar uchraydi; piramidasimon dyunalar 150 mgacha, tizmalar 200-300 mgacha balandlikka yetishi mumkin. Shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarning janubi — Aubari, Idexan-Marzuk, Tenere, Liviya choʼlida koʻchib yuruvchi qumliklar uchraydi.
4-rasm
5. Iqlimi va suvlari.
Iqlimiy nuqtai-nazardan qaralsa, hozirgi Sahroyi Kabir hududi paleotsen davri boshlarida, taxminan 5 mln yil avval choʻlga aylangan, sahro hududi soʻnggi marta neolitik subpluvial davrida savanna boʻlgan. Hozirgidek quruq iqlim taxminan 10 ming yildan beri davom etmoqda. Sahroyi Kabir tabiiy sharoitining sezilarli darajada oʻzgarishini XVI asrdan XVII asrgacha, Yevropada Kichik muzlik davri yuz bergan vaqtda kuzatishgan. Bu vaqtda sahroning shimoliy chegarasi va shimoliy hududlari boʻylab yogʻingarchilik miqdori ortgan. 5-rasim
XIX asrga kelib, sahro iqlimi xuddi hozirgiga oʻxshash koʻrinish kasb etgan. Sahroyi Kabirning iqlimiga yil boʻyi shimoli-sharqiy passat shamollari kuchli taʼsir oʻtkazib keladi. Oʻrtacha namlik miqdori 30-50 %ni tashkil etadi, namlik miqdorining pastligi va yuqori darajadagi bugʻlanish (potensial bugʻlanish miqdori 2500-6000 mm) ingichka sohilboʻyi hududlarini hisobga olmaganda, sahroning barcha hududlari uchun oddiy holat hisoblanadi.Choʻlda ikkita asosiy iqlimiy sharoit ajralib turadi: shimolda quruq subtropik, janubda quruq tropiki Shimoliy hududlar sutkalik va yillik haroratning keskin oʻzgarishiga uchraydilar, qishda salqin, hatto sovuq va yozda oʻta issiq. Yiliga ikki marta oʻta kuchli yogʻingarchilik miqdori kuzatiladi. Janubiy hududlar yozi issiq, qish esa iliq va quruq. Issiq va quruq mavsumdan keyin yozgi yomgʻirlar mavsumi boshlanadi. Gʻarbiy sohilboʻyi qismlarda biroz salqinroq iqlim hukm suradi, buning sababi, sohilni sovuq Kanar oqimi yuvib turishidir.Sahro shimolidagi quruq subtropik iqlimni Shimoliy tropik uzra esuvchi kuchli bosim ostidagi Xardli yacheykasi bilan izohlash mumkin.

Sutkadagi oʻrtacha haroratning yillik farqi taxminan 20°C. Qish shimolda nisbatan sovuq, markaziy hududlarda biroz salqin. Shimoliy hududlarda qish faslining oʻrtacha harorati +13 C⁰ iyul oyining oʻrtacha harorati +37,2 °C (Adrar), sutkaning oʻrtacha harorati esa, +40 °C dan ham oshishi mumkin. Yoz va qishda sutkalik harorat sezilarli darajada oʻzgarishi mumkin. Qish tunlarida tuproq muzlaydi, markaziy hududlarda esa, tunhi harorat −18 °C gacha yetishi mumkin. Yoz issiq, kuzatilgan maksimal harorat +57,8 °C (Al-Aziziya). Yer yuzasining qizishi +70…+80 °C gacha yetadi. Yogʻingarchilik miqdori turli xilda boʻlib, oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 76 mm. Yomgʻirlar asosan dekabrdan to martgacha kuzatiladi, maydan iyuncha yogʻingarchilik miqdori kamayadi. Yomgʻirlar mavsumining ikkinchi qismi avgust oyiga toʻgʻri keladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Bu vaqtda kuchli ammo qisqa toshqinlar yuzaga kelishi mumkin. Ichki hududlarda bir necha yillab yogʻingarchilik kuzatilmasligi mumkin. Axaggar va Tibestining shimoliy hududlarida esa deyarli har kuni qisqa muddatli qor yogʻadi. Sahroning katta qismida tong paytlarida shudring tushishi kuzatiladi.


Quruq subtropiklar shuningdek, ichki hududlardan koʻp kunli qum boʻronlarini olib keluvchi, issiq shamollari bilan ham mashhurdir (shamol tezligi baʼzida 50 m/sekundga yetadi).
Ular ayniqa bahorda kuzatiladi, lekin boshqa fasllarda ham bunday holat yuz berishi mumkin. Misrda bu shamollar xamsin va samum, Liviyada gibli, Tunisda chili deb ataladi. Sudan bunday shamollar xabub deb atalib, uning davomiyligi qisqaroq va yomgʻirlidir. Janubning quruq tropik iqlimiga kuchli bosimli havo yacheykasidan tashqari, muqim subtropik mavsumiy qitʼa havosi va janubroqda joylashgan oʻzgarib turuvchi dengiz havo oqimi doimiy taʼsir oʻtkazadi. Quruq tropik iqlim sutkalik haroratining yillik oʻzgarishi oʻrtacha 17,5 °C ni tashkil qiladi. Eng sovuq oylarning oʻrtacha harorati xuddi shimoliy hududlar kabidir, lekin sutkalik haroratning oʻzgarish keskinligi pastroq. Togʻli hududlarda baʼzida harorat nol darajadan pastroq boʻlishi mumkin. Tibesti togʻlarida qayd etilgan eng past harorat −15 °C. Bahorning oxiri va yozning boshlanishi juda issiq, koʻp hollarda havo harorati +50 °C gacha yetadi.
Quruq tropiklarning togʻli hududlarida yillik yogʻingarchilik miqdori yuqori emas, tekislik hududlarida yomgʻirlar asosan yozda yogʻadi. Shimolda boʻlgani kabi yomgʻirlar asosan momaqaldiroq bilan davom etadi.
Yillik yogʻingarchilik miqdori oʻrtacha 130 mmni tashkil etadi, markaziy togʻli massivlarda kam hollarda qor yogʻishi mumkin. Sahroning gʻarbiy qismi harorati sovuq Kanar oqimi taʼsirida biroz iliqlashadi, natijada konveksion yogʻingarchilik miqdori kamayadi, namlik miqdori ortadi va tuman tushishi kuzatiladi. Janubiy hududlarda qish, chang va qum olib keluvchi quruq shimoli-sharqiy shamol — xarmatan davri hisoblanadi. 6-rasm

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling