Sahroyi kabir


Download 1.73 Mb.
bet7/9
Sana03.02.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1149191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SAHROYI KABIR

10-rasm
7. Xalqlari.
Sahroyi Kabirning hududi salkam AQSH hududi bilan tengligiga qaramay, (Nil vohasini qoʻshib hisoblaganda ham) aholi zichligi bor-yoʻgʻi km² ga 0,4 kishini tashkil qiladi (2,5 mln kishi). Juda katta hududlarda aholi yashamaydi. Qadimgi davrlarda Sahroyi Kabir hududlari bundanda koʻproq aholiga ega boʻlgan. Sahro hududida keng tarqalgan TOSH yodgorliklar, toshqotgan buyumlar va qoyatosh suratlari bu yerlarda insonlar hamda antilopa, buyvol, jiraf, fil, karkidon, tongʻiz kabi koʻplab jonivorlar yashaganliklaridan guvohlik beradi. Suyakdan yasalgan nayzalar, chigʻnoq va baliq tozalangan joylar, ov qilingan timsoh, begemot suyaklari qadimiykoʻllar boʻyida aholi yashash joylari boʻlganligini bildiradi. 7 ming yil avval Sahroyi Kabir hududida chorvachilikning paydo boʻlishi, insonlar hayotida ovchilik va baliqchilik emas, koʻchmanchi chorvachilik muhim oʻrin tutishiga turtki boʻldi. Nigerning Tenere hududida yashovchi barbarlar va zagavalarga qardosh hisoblangan qadimgi xalqlar yirik shoxli hayvonlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanganlar. Qoʻy va echkilarning xonakilashtirilishi Kaspiy madaniyati va shimoli-sharqiy Afrika xalqlari bilan bogʻliqligi taxmin qilinadi. Yerga ekin ekish madaniyati 6 ming yil avval Misrda arpa, bugʻdoy ekilishi bilan kirib kelgan deb hisoblanadi.
Bunday qishloq-xoʻjalik madaniyati Osiyodan kirib kelganligini Mavritaniya hududidan topilgan kulollik buyumlari isbotlaydi. Bu buyumlar er. avv. 1000-yilga mansub boʻlib, soninke xalqining ajdodi boʻlgan gangaralarga tegishli, deb hisoblanadi.
11-rasm
Qishloq xoʻjaligi va uy hayvonlarining paydo boʻlishi koʻplab xalqlarni oʻzaro yaqin qabilalar bilan savdo aloqalari oʻrnatishga undadi. Tashqi savdo rivojlana bordi. Er. avv II mingyillikdayoq Mavritaniya misi Oʻrtayer tamadduni vakillariga qadar yetib borgan. Temir asrida Sahroyi Kabir sivilizatsiyasi rivojlana borgani sayin, (er. avv. I asr) savdo-sotiq aloqalari ham kamol topa bordi. Choʻllanish, sahro ahlini savdo sotiqda ot va qoramollardan kechib, tuyalardan foydalanishga undadi. Ammo Misrda tuyalardan mil. avv. VI-III asrlardayoq foydalana boshlangan. Sahro aholisi tez-tez saxanjilar (barbarlar qabilasi)va boshqa koʻchmanchilarning hujumlariga uchrab turganlar. Voha aholisining koʻpchiligi koʻchmanchilar tomonidan qul qilib olib ketilgan. VII-XI asrlarda Shimoliy Afrikada islom dinining tarqalishi, oʻz mahalliy dinini saqlab qolishni istovchi koʻlab barbarlar va arablarni sahroning ichki hududlariga koʻchib ketishga majbur qildi. Savdo yoʻli bilan tarqalgan islom dini oxir-oqibatda sahro ahlining asosiy diniga aylandi. 12-rasm
Aholi madaniyatining turli-tumanligiga qaramay, sahroda yasovchilarni asosan uch guruhga kiritish mumkin, bular: chorvachilik bilan shugʻullanuvchilar, oʻtroq yer egalari va hunarmandlar. Ayrim jihatlari bilan koʻchmanchi hisoblanuvchi chorvachilik hozirda chekka hududlarda, togʻ yonbagʻirlarida va nisbatan namlik yuqori boʻlgan gʻarbiy hududlarda tarqalgan. Yirik shoxli qoramol Saxel bilan chegara hududlarda koʻproq boqilsa, choʻl hududlarida tuya, echki va qoʻy koʻproq boqiladi. Chorvadorlarning asosiy guruhlari sahroning shimoli-gʻarbida yashovchi regeybat va Jazoir choʻllarida yashovchi chamba qabilalaridir. Qurgʻoqchilik chorvadorlar davrlarida oʻtloqlarni izlab katta koʻchishlarni amalga oshirganlar. Oʻzlarining jangovarligi bilan nom qozongan tuareglar, islom aqidalariga qaramasdan, haligacha matriarxat jamiyatining anʼanalarini saqlab qolganlar, ularda ayollarga koʻplab imtiyozlar berilgan.


Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling