Saitxodjayev
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
materiyaning tashkiliy-struktura darajalari – moddiy sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir- biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy xususiyatlari bilan farq qiladi. Ular notirik daraja (notirik tabiat), organik daraja – (tirik tabiat) va sotsial daraja (jamiyat) deb yuritiladi.
Notirik tabiat darajasida atom yadrosi, yadro, atom va molekulalar majmuasi, molekular birikmalar, jismlar, yer shari, osmon jismlari, quyosh sistemasi va boshqa planetar sistemalar, yulduzlar to‘pi, gallaktika, metagallaktika va koinatning quyi darajada uyushgan fazo- vaqt aloqadorliklari namoyon bo‘ladi. Notirik tabiat darajasiga nisbatan uyushganroq va faolroq fazo-vaqt sistemasi organik daraja deyiladi. Tirik tabiatni o‘rganganimizda ham, biz materiyaning tizimli tuzilishini ko‘ramiz. Unga organik molekular sistemalar, tirik organizmlarning xilma-xil ko‘rinishlari, bir hujayrali suv o‘tlari va sodda jonivorlardan tortib, murakkab tuzilgan umurtqalilar- gacha, sodda hayvonlardan to maymunlar va odamlargacha kiradi. Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar sotsial darajaga mansubdir. Jamiyatda ham ko‘p miqdordagi o‘zaro tutashuvchi tizimlarning tiplari mavjuddir: odam, oila, turli kollektivlar, birlashmalar va tashkilotlar, partiyalar, sinflar, millatlar, davlatlar, davlatlarning tizimlari va yaxlit jamiyat ham. Yuqorida aytilgan tashkiliy-struktura darajalari bir-biridan moddiy aloqadorliklar sifati va miqdoriga ko‘ra, unda yetakchilik qiluvchi harakat shakliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, noorganik daraja mexanik, fizik, ximiyaviy va geologik harakat shakllari faoliyat ko‘rsatsa, organik darajada yuqoridagi harakat shakllariga biologik harakat qo‘shiladi va u mazkur darajada yetakchilik qiladi, sotsial darajada yana bir harakat shakli – ijtimoiy harakat faoliyati ko‘rsatib, u ushbu darajada yetakchilik qiladi. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling