Saitxodjayev
Download 441.4 Kb.
|
2012-yusubov-falsafa-lot(1)
«sunergia» – hamkorlik, hamjihatlik) – sistemalarning o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish nazariyasi, o‘z-o‘zini boshqarish, hozirgi zamon nazariyasi, nochiziqli hodisalarni o‘rganish, dunyoni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy –iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo‘nalish, tafakkur uslubi.
Sinergetika XX asrning 60-70-yillarida I.Prigojin, G.Xaken, I.Stengers, G.Nikolis, A.Klimintovich tomonidan asosiy ilmiy yo‘nalish sifatida shakllantira borildi. Sinergetika asosan fizikaviy, kimyoviy, biologik hodisalardagi hamda iqtisodiy, texnikaviy, ijtimoiy murakkab jarayonlardagi o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish, o‘z-o‘zining boshqarilishi, tartiblikdan tartibsizlikka (xaos) o‘tish, chiziqli va nochiziqli kabi holatlarning yo‘nalish qonuniyatini topishga intiladi. Boshqacha qilib aytganda sinergetika taraqqiyot jarayonida beqaror holat bilan barqaror holat, muvozanatsizlik bilan muvozanat o‘rtasidagi qonuniyatga, tartiblilik bilan tartibsizlik, chiziqlilik bilan chiziqsizlik orasidagi aloqadorlik shaklining mazmuniga tayanadi. Sinergetika ta’limotining asoschilaridan biri I.Prigojin «Beqarorlik falsafasi» asaridagi fikricha, shu vaqtga qadar, «beqarorlik» tushunchasiga yetarli e’tibor berilmagan. Lekin bugungi zamon fani esa beqarorlikni borliqning muhim jihati deb hisoblaydi. Masalan, mayatnik harakatini e’tibor bersak, uning bir me’yorda tebranishini kuzatish mumkin, agar mayatnikni to‘xtatsak, u dastlabki barqaror holatga qaytadi, agar to‘xtatib qo‘ysak, u yo o‘ng tomonga, yo chap tomonga og‘ib turadi. Bu beqarorlik holatidir. Beqarorlik hodisalarning sababiy bog‘lanishini bilishning yangi imkoniyatgina emas, balki ilmiy jarayonning insoniylashishidan ham dalolatdir. Uning mohiyati shundan iboratki, ilmiy bilish jarayoniga inson faoliyati qo‘shilgani bois u insoniylashgan jarayondir. Inson o‘z navbatida, shu ilmiy jarayonning tobora butun bir jihatidir. Beqarorlik hodisasini o‘rganish, insonning shu davrga qadar bilmagan ko‘p tomonlarni tushunishga, jumladan, fan imkoniyatlarning cheklanganligini anglashga imkon yaratdi. Chunki fan shu vaqtgacha ko‘proq barqarorlik hodisasiga e’tibor berib kelgan. Buning sababi – barqarorlik determinlashgan dunyoni inson tomonidan to‘liq nazorat qilishi va boshqarishi uchun imkon beradi. Shu bilan birga, barqarorlik tabiatdagi ko‘pgina hodisalar mohiyatiga bir tomonlama yondashish ekanini kuzatish qiyin emas. Biroq bundan tabiat va jamiyatda faqat beqarorlik yoki barqarorlik ayrim holda mavjud ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha beqarorlik va barqarorlik ayni bir paytda paydo bo‘ladi va yashaydi. Sinergetik ta’limotga ko‘ra, har qanday eski tuzilma, yangi tuzilma bilan almashinar ekan, dastavval, beqarorlik, xaos yuz beradi, tizimdagi unsurlar barqarorligiga putur yetadi. Bu nuqtadagi holatni o‘zgarishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Sinergetikada o‘z-o‘zini tashkillashtirish deb muvozanatda bo‘lma- gan ochiq tizimlarning oddiy tashkillashtirishdan murakkab tashkillash- tirilgan holatlarga spontan tarzda o‘tish jarayoni tushuniladi. Qayd etiladiki, taraqqiyot tartibsizlik (xaoslik) tufayli amalga oshadi. Hozirgi zamon faniga ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tizimlarning rivojlanishi nochiziqli mohiyatga egadir, bu holda har bir tizimning evolutsiyaviy jarayonida ko‘p variantlik rivojlanish imkoniyatlari mavjud va ular qaytarilmaslik tabiatiga ega. Download 441.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling