Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet127/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137
1 -misol
76-uyni tekshirib chiqilganda tezkor psixologik-pedagogik yordamga muhtoj oila aniqlandi. To‘liq oila (ota-ona)da – uchta farzand bor. Katta o‘g’il Rustam, 7 yosh, - nogiron. Onasining gapi bo‘yicha, shu o‘g’li bilan me’yordagi munosabat og’irlashgan: “U meni ham, otasini ham, o‘zining ukalarini va singillarini ham tanimaydi, boshini ushlab tura olmaydi, gapira olmaydi. Uyda nosog’lom vaziyat, kichik bolalar kechalari alahsiraydilar, uning to‘satdan baqirishi yoki kulgisidan uyg’onib ketadilar. Men kechalari uxlay olmayman, asabiy bo‘lib qoldim, bolalarimiz ham xuddi shunaqa bo‘lib o‘smoqdalar. qiynalib, hamma “ha” va qarshi“larni taroziga solib, o‘zimizning kichik bolalarimiz manfaatlarini inobatga olib, biz erim bilan Rustamni nogironlar uyiga berishga va uning oldiga muntazam borish turishga qaror qildik. Tibbiyot ko‘rigidan o‘tdik, hujjatlarni to‘pladik, va o‘shandan beri oldinga bir qadam ham siljimadik. “Joy yo‘q”. Mening uyim chiqib ketib bo‘lmaydigan katta katakka aylandi. Mening bu jahannamdan chiqishimga yordam bering – chunki, men nafaqat Rustamni, balki boshqa boalalarimni ham yo‘qotib qo‘yishim mumkin…”
Ijtimoiy xizmatchi birinchi navbatda qaysi muassasalar bilan aloqa o‘rnatishi lozim?
Bu oila bilan qanday reja asosida ish olib borish kerak?


2-misol
Bolaning gapidan:
“Tushunasizmi, ular meni narsa kabi bo‘lishardi. Ularning hech biri hech qachon, biror marta ham mendan orzularim to‘g’risida so‘ramadilar. Men kim bilan yashashni hohlayman? Ular to‘g’risida men qanday fikrdaman? Umuman ularni o‘ylaymanmi, o‘zi? To‘rt yil oldin, ular endigina ajrashganlarida, menda tanlash imkoni yo‘q edi: biri mening otam, - ikkinchisi esa onam edi. Men, albatta, biz birga yashashimizni, hattoki, birga bo‘lmasa ham yashashimizni istar edim… siz tushunasiz, o‘shanda nima boshlanganini. Oxir-oqibat, mening oldimga otam kelishiga ruxsat bermaganligi uchun onamni yomon ko‘rib qoldim. Meni har doim buvim kutib olar va maktabdan olib ketar edi, ba’zida onam buni qo‘shnidan iltimos qilar edi. Men buvim bilan sayr qilar edim, u band bo‘lganda esa – uyda bitta o‘zim berkinib o‘tirardim. Menda hech qachon o‘z shaxsiy uyimning kaliti bo‘lmagan. SHunda men otamning oldiga ketishga qaror qildim, chunki men unga kerakman, deb o‘yladim, lekin keyin men unga onamga qarshi kurashda qurol kabigina kerak ekanimni tushundim. Menimcha, ularning ko‘zlari bir-biriga nafratlari tufayli ko‘r bo‘lib qolgan.
Eng dahshatlisi menga hech kim yordam bera olmaganidir. Axir ularning menda haqi borligini barcha tan olardi. Buyumga huquqi borligi kabi. Ular, xuddi shu tarzda dala hovlini va mashinani bo‘lishdilar va meni ham shuning uchun bo‘lishlari mumkin”.
Bolaga birinchi navbatda qanday yordam kerak?
Ijtimoiy xizmatchi bolaning otasi va onasi bilan muloqot qilishda ijtimoiy ishning qaysi usul va shakllaridan foydalanishi lozim?
Ijtimoiy xizmatchi qaysi mutaxassislar bilan doimiy aloqada ish olib borishi kerak?


3-misol
SPID (OITS) yuqqan bolalarni barchadan yashiradilar. Sir saqlashga intilib, ota-onalar ba’zida hatto berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlardan ham voz kechadilar.
Besh yoshli qiz, onasi jon-jahdi bilan rayon bo‘yicha “tez yordamni” chaqirish uchun telefon qidirib topgunga qadar xastalik xurujidan bo‘g’ilib qolayozdi. qo‘shnilarga telefon qilgani kira olmaysan va mabodo kirsang, tashxisni ovoz chiqarib ayta olmaysan. Kasal bolasi bor ko‘pchilik oilalarda hozirgacha telefon yo‘q.

Bugun, odatda, qaramog’ida ikkita bolasi bor, ulardan biri OITS bilan kasal bo‘lgan ko‘pchilik onalar nogironlik bo‘yicha nafaqada va yordam puli hisobiga yashaydi.


OITS bilan kasallangan oilalar bilan muloqot qilishda ijtimoiy xizmatchi oldida paydo bo‘ladigan asosiy muammo nima?


Bu oilalarning muammolarini yechishda ijtimoiy xizmatchi amalga oshiradigan harakatlar nimadan iborat bo‘lishi kerak?


Ijtimoiy xizmatchi qaysi mutaxassislar bilan muloqotda ishlashi kerak?


“Ijtimoiy xizmatchi”, “ijtimoiy pedagog” va “ijtimoiy ish bo‘yicha mutaxassis” kasblari Rossiyaning davlat hujjatlarida, 1991 yilning mart-aprel oylarida rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular inson va jamiyatning quyidagi ijtimoiy muammolarini yechish uchun tashkil etilgan:

  • ijtimoiy va psixologik ziddiyatlar, inqirozlar, stressli vaziyatlar;

  • hissiy va ruhiy muammolar;

  • muhtojlik va qashshoqlik;

  • ichkilikbozlik va giyohvandlik;

  • zo‘ravonlik va diskriminatsiya;

  • irqiy va milliy muammolar;

  • jinoyatchilik va qonunbuzarlik;

  • ishsizlik va kasbiy moslashish;

  • nogironlik va yolg’iz qarilik;

  • uy-joy muammosi;

  • vosiylik, vase’lik, farzandlikka olish;

  • ota-ona shafqatsizligi va boshqalar.

Ijtimoiy ish boshiga kulfat tushgan odamlarga yordam berish bilangina chegaralanadi, deb o‘ylash noto‘g’ri. SHu bilan birga u ijtimoiy nazoratning eng nozik vositalaridan biri hamdir. g’amxo‘rlik qilish va nazoratning funktsiyalari o‘rtasidagi ziddiyat, yordamning har qanday turida nazorat qilish elementlarining muqarrar mavjud bo‘lishi – ijtimoiy xizmatchilar har doim to‘qnash keladigan dilemmalardan biridir. Bu dilemma yana bitta jiddiy muammo bilan, ya’ni: ijtimoiy xizmatchi birinchi navbatda kimning manfaatlarini ifodalaydi – davlatningmi, ish beruvchiningmi, mijozningmi yoki umuman jamiyatning?-degan masala bilan ham bog’liq. Kasbiy qadriyatlar tizimi nuqtai nazaridan, ijtimoiy xizmatchi eng avvalo mijoz manfaatlarini undan keyin – jamiyat va undan ham keyin esa - o‘zining tashkiloti va davlat manfaatlarini ifodalashi kerak. Ustuvorliklarning bunday tizimini hayotga tadbiq etish har doim ham yengil ko‘chmaydi. Ko‘pincha ijtimoiy xizmatchiga hamkasblarining qo‘llab-quvvatlashi va umuman kasbiy hamjihatlikka tayangan holda ular uchun kurashishga to‘g’ri keladi.
Bugun kunda “ijtimoiy ish” kasbiga ko‘plab va turfa mutaxassisliklar ko‘lami mos keladi: ijtimoiy pedagog-psixolog; etnolog; ijtimoiy huquqshunos, ekolog, valeolog, ijtimoiy animator, gerontolog, yanada torroq mutaxassisli ijtimoiy xizmatchilar (qochqinlar, nogironlar, “xatar guruhlari” bilan ish olib boradigan mutaxassislar, tibbiy ijtimoiy xizmatchi va boshqalar) yoki ma’lum muassasalarda (maktabdagi, ishlab chiqarishdagi ijtimoiy xizmatchi), mikromuhitning maxsus sohalaridagi (qabiladagi, qishloqdagi ijtimoiy xizmatchi; harbiy sohadagi ijtimoiy xizmatchi; favqulodda vaziyatlardagi ijtimoiy ish; ijtimoiy ishni tashkil etish).


Ijtimoiy ishning asosiy maqsadi farovonlik to‘g’risida qayg’urish va shaxsning, oilaning, jamiyatning imkoniyatlari va qobiliyatlarini me’yordagi ijtimoiy faoliyatga yo‘naltirishdir. Ijtimoiy pedagoglar, ijtimoiy xizmatchilar odamlar baxtli bo‘lishi , o‘zlarining hayotidan (oilasidan, ishidan, ma’lumotidan, sog’lig’idan, maoshidan, uy-joyidan, dam olishidan va sh.o‘.) ko‘ngli to‘lishi uchun barcha zarur narsalarni bajaradilar.


Maqsadga erishish yo‘lari:

  • mijoz bilan tanishish (jamiyat ham, ijtimoiy guruh ham, inson ham “mijoz” bo‘lishi mumkin), vaziyatni baholash;

  • imkoniyatlarni aniqlash, muammolarni, muhtojliklarni differentsiatsiyalash;

  • muammolarni yechishda yordam berish, imkoniyatlarni amalga oshirish;

  • kuzatish va g’amxo‘rlik qilish.

  • Ijtimoiy ishning o‘ziga xos qadriyati:

  • yaqinlariga nisbatan muhabbat, qayg’urish, hamdardlik;

  • befarq bo‘lmaslik;

  • mijozning ichki salohiyatiga, vaziyatni o‘zgartirish imkoniyatiga ishonch;

  • yordam berish va qurbon berish istagi;

  • bilimlarni jamlash;

  • tajribaga ega bo‘lish;

  • ijtimoiy ijod.

Ijtimoiy pedagog, ijtimoiy xizmatchi, mijozga yordam bera turib, quyidagi funktsiyalarni bajaradi (V. G. Bocharova bo‘yicha):

  • tashxis qo‘yish – mutaxassis “ijtimoiy tashxis” qo‘yadi, psixologik va yoshga oid xossalarni, insonning qobiliyatlarini o‘rganadi, uning manfaatlari olamiga, muloqot doirasiga, uning hayoti sharoitlariga kirib ketadi, nisbiy va salbiy ta’sirlarni, muammolarni aniqlaydi;

  • tashkiliy - mutaxassis u yoki bu faoliyatni amalga oshiradi, dam olishning mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi, ishga joylashishga, kasbiy yo‘nalishga va moslashishga yordam beradi, o‘smirlar va yoshlar tashkilotlari faoliyatini markazlashtiradi, mijozni tibbiy, ta’lim, madaniy, sport, huquqiy muassasalar va xayriya tashkilotlari bilan o‘zaro ta’siriga ta’sir o‘tkazadi;

  • prognostik - mutaxassis mikrorayon va ma’lum bir mikrosotsiumning ijtimoiy rivojlanish jarayonini dasturlashtirish va oldindan aytib berish bo‘yicha ijtimoiy ishda qatnashadigan turli institutlarning faoliyatida ishtirok etadi;

  • ogohlantirish – profilaktik va ijtimoiy-terapevtik – mutaxassis salbiy ta’sirlar oldini olish va bartaraf etishning ijtimoiy-huquqiy, yuridik va psixologik mexanizmlarini harakatlantiradi va ularda o‘zi ham qatnashadi, muhtojlarga sotsioterapevtik yordamni tashkil etadi, jamiyatda huquqlarning himoyasini ta’minlaydi, o‘smirlarga va yoshlarga ijtimoiy va kasbiy o‘zini-o‘zini aniqlash davrida yordam ko‘rsatadi;

  • tashkiliy-kommunikativ – mutaxassis ko‘ngilli yordamchilarning, aholining ijtimoiy ishga, birgalikda mehnat qilish va dam olishga, xizmat bo‘yicha va shaxsiy muloqotlarga kirishishiga ko‘maklashadi, axborot to‘playdi va turli ijtimoiy institutlar o‘rtasida, ularning mijoz bilan ishlashida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;

  • qo‘riqlash-himoya qilish – mutaxassis mijozlarning manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy me’yorlarning barcha majmuini ishga soladi, mijozlar huquqiga nisbatan bevosita yoki bavosita g’ayri qonuniy harakatlarga yo‘l qo‘yayotgan shaxslarga nisbatan davlat tomonidan majburlash va yuridik javobgarlik choralari qo‘llanilishiga yordam ko‘rsatadi.

Ijtimoiy ishni tashkil etish va boshqarish sohasida band bo‘lgan xizmatchi ijtimoiy yordamning turli xil muassasalari bilan ishlashi, turli ko‘rinishdagi ijtimoiy ishlar olib borishiga to‘g’ri keladi. Turli muassasalarda ijtimoiy yordam tashkilotchilarining ishida o‘ziga xosliklar ham mavjud bo‘lib. Ular avvalo ijtimoiy ishning quyidagi yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi: a) oilaga yordam berish; b) ekstremal vaziyatlarda va “xatar guruhlari” bilan ishlash; v) sog’liqni saqlash tizimida ishlash; g) ta’lim sohasida ishlash; d) bandlik xizmatlarida ishlash.
Tegishli xizmatlarning xodimlari sifatida, ijtimoiy xizmatchilar va ijtimoiy pedagoglar o‘zlarini birinchi navbatda aholining ijtimoiy zaif guruhlarining himoyachilari deb his qilishlari kerak. o‘zining vazifasini professional darajada amalga oshirish uchun ular odamlarning qanday rivojlanayotganlari, o‘zaro ta’sir qilayotganlari, o‘zgarishlari, o‘qishlari, qiyinchilik va muammolarga munosabatlari, alohida odamlarga ijtimoiy shart-sharoitning ta’sir o‘tkazishini bilishlari, shuningdek, ishontirish va majburlash usullarini ularning o‘z faolliklarini rag’barlantirish yo‘lida nozik biriktirishni bilishlari lozim.
Ijtimoiy ishdagi muhim jihat - biz ko‘pincha boshqa odamlar uchun nima kerakligini hal qilish huquqiga ega emasligimizni anglashga, ularning o‘zlari mavjud variantlardan eng maqbulini tanlashga izn berishimizga bo‘lgan ishonch. Odatda, ularning mavjud muqobilliklarni anglab yetishida, xulq-atvorning mavjud variantlaridan har biring qiyosiy ustunliklari va kamchiliklarini baholashda, qarorlarni ongli va oqilona qabul qilishda yordam kerak bo‘ladi.
Bunday yondashuv davlat vakillari odamlarning o‘zini qanday tutishlari lozimligini zo‘rlik bilan tushuntirish, ularga yordam ko‘rsatish xarakterini belgilashda o‘zlarining tavsiyalarini tiqishtirish an’anasi bilan bog’liq avtoritar yondashuvdan keskin farq qiladi. Mushkul ahvolga tushib qolgan odamlarga o‘zlarining his-tuyg’ularini ifodalash, tanglik holatidan chiqish yo‘llarini topish, tegishli qaror qabul qilish va uni hayotga tadbiq etishda yordam berish uchun avtoritar ish usullaridan voz kechishdan tashqari har bir odam o‘z hayotini o‘zi muvaffaqiyatli tarzda tashkil etish huquqiga egaligi va layoqatliligiga chindan ishonish ham zarur.






Ijtimoiy ish kasbgina emas, balki ruhiy holat hamdir. Ba’zi bir mutaxassislar unga, bu ishga tegishlilik va sadoqatlilik hissiyotlarini beradigan sifat kabi qaraydilar, usiz azob chekayotgan odamlar bilan, ba’zida yechilmaydigan muammolar bilan, o‘zining hayotida ko‘p narsalarni yo‘qotgan odamlar bilan muloqot qilish mumkin emas yoki juda qiyin.


SHaxsning kasb cho‘qqilari sari o‘zini-o‘zi harakatlantirishi beshta asosiy bosqichlarni (E. Zeer bo‘yicha) o‘z ichiga oladi:

  1. optatsiya - kasbiy va shaxsiy niyatlarni shakllantirish, shaxsiy-psixologik xususiyatlarni inobatga olgan holda kasbni ongli ravishda tanlash;

  2. kasbiy tayyorgarlik – kasbiy yo‘naltirilganlik, kasbiy bilimlar va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish, kasbiy vaziyatlar va vazifalarni nazariy va amaliy yechish tajribasini orttirish;

  3. kasbiy moslashish – kasbga kirishib ketish, yangi kasbiy rolni o‘zlashtirish, kasbiy o‘z-o‘zini belgilash, shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni mustaqil bajarish tajribasini to‘plash;

  4. professionallashuv – kasbiy mavqeni shakllantirish, shaxsiy va kasbiy muhim xossalarni va bilimlarni biriktirish va mustahkam tarkibiy shaklda uyg’unlashtirish, kasbiy faoliyatni malakali mutaxassis sifatida bajarish;

  5. kasbiy mahorat - kasbiy faoliyatda shaxsiyatni namoyon qilish, o‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarish91.

xozirgi vaqtda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ijtimoiy xizmatchining quyidagi kasbiy rollari farqlanadi (Spravochnoye posobiye po sotsialnoy rabote / Pod. red. A.M.Panova, YE.I. Xolostovoy. M.: YUrist’, 1997):

  • mijozni aniqlovchi (Outreach Worker): qiyinchilikni boshidan kechirayotgan yoki tavakkalchilik holatida bo‘lgan odamlarni yoki odamlar guruhini aniqlaydi. Maqsad muammolarni yaratuvchi atrof-muhit sharoitlarini aniqlash, payqash;

  • baholovchi (Evaluator): axborotni yig’adi, odamlarni, jamoaning muammolarini baholaydi. Maqsad axborotlarni yig’ish va qayta ishlash;

  • axborot menejeri (Data Manager): mijoz to‘g’risida olingan ma’lumotlarni tahlil va tasnif qiladi. Maqsad harakat uchun qaror qabul qilishga ko‘maklashish;

  • broker (Broker): odamlarni mijoz muammolarini hal qiladigan xizmatlarga yo‘naltiradi. Maqsad ijtimoiy xizmatlarning ishini muvofiqlashtirish, odamlarga o‘zlarining salohiyatidan foydalanish imkonini berish;

  • vositachi, bufer (Mediation): nizoga kirishgan tomonlar: ikki odam, odam va guruh yoki ikki guruh o‘rtasida turadi. Maqsad – kelishmovchiliklarni yo‘qotish va odamlarni birgalikda samarali ishlashga o‘rgatish;

  • safarbar etuvchi (Mobilizer): odamlar guruhi harakatini muammoni hal qilish maqsadida tashkil etadi. Maqsad - muammolarni hal etish uchun mijozlarning kuchlarini birlashtirish;

  • advokat, himoyachi (Advosate): yordamga muhtoj odamlarning huquqlari uchun kurashadi. Maqsad xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mijozlarga yordam berish, qonunlarga va ijtimoiy ishning mavjud bo‘lgan amaliyotiga o‘zgartirishlar kiritish;

  • o‘qituvchi (Teacher): insonlarga axborot va bilimlar beradi. Maqsad - insonlarga o‘zlarining muammolarini mustaqil yechishlarida, bilimlarini rivojlantirishda yordam berish;

  • axloq-odobni tuzatuvchi (Behaviour Change): odamlar yoki guruhlar axloq-odob stereotiplariga, ko‘nikmalariga va idrok etishlariga o‘zgartirishlar kiritadi. Maqsad - mijozni psixologik-pedagogik tomondan qo‘llab-quvvatlash;

  • hamjamiyatni loyihalovchi (Community Planner): guruhlarni, agentliklarni, xizmatlarni, hukumatlarni rejalashtirishda, ularning faoliyat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda yordam beradi. Maqsad ijtimoiy ishni dasturlash;

  • maslahatchi (Counsultant): boshqa ijtimoiy xizmatchilarga yoki xizmatlarga yordam ko‘rsatadi. Maqsad ijtimoiy ishning mutaxassislariga mijozlarning muammolarini hal qilishdagi bilimlarini oshirishda yordam berish;

  • ma’mur (Administrator): muassasaga yoki hamjamiyatga tashkiliy va moliyaviy yordamni tashkil etadi. Maqsad boshqaruv qarorlari qabul qilish.

Tarixan ijtimoiy ish insonlar va guruhlar orasida mavjud adolatsizlik bilan kurashishga qaratilgan. Ijtimoiy ish gumanitar va demokratik g’oyalar asosida rivojlanib, u diskriminatsiya va resurslarning adolatsiz taqsimlanishiga qarshi kurashga chorlagan. Adolatsizlikka qarshi kurashishga chorlash va demokratik g’oyalarning ilgari surilishi kabi asosiy holatlar bugungi kundagi ahloqiy kodeksning bir qismini tashkil etadi (NASW 1996).


Ijtimoiy ish nafaqat inson (yoki guruhdagi insonlar) balki uning atrofidagi ijtimoiy muhitga yo’naltirilgan bo’lib, bunda uning atrofidagi ijtimoiy muhit inson ehtiyojlari qondirilishida katta ahamiyatga ega ekanligini tan oladi (Compton i Galaway 1994; Kirst-Ashman i Hull 1993; Germain i Gitterman 1996). Ijtimoiy ishchilar nafaqat alohida insonlarga yordam ko’rstaishga harakat qiladilar, balki yanada kengroq global darajada o’zgarishlarga erishishga intilishadi (Goldstein 1992). Mazkur ikki tomonlama e’tiborning mavjudligi ijtimoiy ishchini boshqa yordamchi kasblardan, masalan, insoniy ehtiyojlar bilan bog’liq faoliyat bilan shug’ullanuvchi, biroq mazkur ehtiyojlar qondirilishini hal etishda tashqi qarshiliklarga ta’sir ko’rsata olish imkoniyatiga ega bo’lmagan psixologiya va tibbiyotdan farqlanadi.
Ijtimoiy ish himoyaga muhtoj aholi guruhlariga yordam ko’rsatishga qaratilgan bo’lib, unda intervensiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur intervensiyalar inson huquqlari sohasi bilan chambarchas bog’liqdir.

Ijtimoiy ishdagi asosiy intervensiyalar
Ijtimoiy ishda ijtimoiy ishchilar uchun bir qancha intervensiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular mazkur kasbning ikki yo’nalishini, ya’ni alohida insonlarga yordam ko’rsatish va global o’zgarishlarga erishishga urinishlarini qo’llab-quvvatlashga yordam beradi. Mazkur intervensiyalar jabr-zulmga qarshi kurashib, imkoniyatlar berish, kuchli tomonlar istiqbolini nazarda tutadi. Ushbu intervensiyalarni tushunish orqali ijtimoiy ishchilar o’z kasbining inson huquqlari mavzusi bilan aloqasini oson belgilab olish imkoniga ega bo’ladilar.

Jabr-zulmga qarshi kurashishga da’vat


[…] Jabr-zulm ko’rish alohida inson yoki guruhlarga nisbatan o’z vakolatidan noto’g’ri foydalanish yoki adolatsiz hukmronlik bilan bog’liqdir. Jabr-zulmning turli xil shakllari mavjud bo’lib, u irqiy, etnik, sinfiy va jinsiy mansublik, yosh va jinsiy yo’nalganlik kabilarga asoslanadi. Jabr-zulmning har qanday shakli o’zining nohaq munosabati turini va teng bo’lmagan kuchlar tizimini hosil qilib, jabr-zulmning mazkur turining mavjud bo’lishi va davom etishi uchun imkoniyat yaratadi. […]
Muntazam ravishda zulmga tortilish, tashqi zulmkorning ko’rsatayotgan ta’siri inson yoki bir guruh insonlar tomonidan o’zining salbiy obrazini o’zlashtirilishi barobarida zulmni o’zlashtirib olinishiga ham olib kelishi mumkin. Insonlar ko’pincha bu kabi o’zlashtirilgan zulmga qarshi jahl va g’azab bilan munosabatda bo’ladilar. Bu kabi g’azabning inson ongidan o’rin egallashi o’zini badnom etuvchi yoki boshqa insonlarga nisbatan destruktiv ta’sir ko’rsatuvchi xulqning shakllanishiga olib kelishi mumkin (Shulman, 1999).
Ijtimoiy ishchilar zulmni keltirib chiqaruvchi va qo’llab-quvvatlovchi individual va ijtimoiy munosabatlarni aniqlashi hamda qoralashlari zarur (Pinderhugb.es 1989). […] Imkoniyatlar berish
Ijtimoiy ishchilar tomonidan qo’llaniladigan va inson huquqlari bilan bog’liq bo’lgan intervensiyaning boshqa turi bu imkoniyatlar berishdir. Intervensiyaning ushbu turi etnik, sinfiy mansubliligi, yoshi, kelib chiqishi, dini va jinsiy yo’nalganligidan kelib chiqqan holda differensial munosabatda bo’lishga ta’sir etuvchi sharoit va holatlarni tadqiq etilishiga qaratilgan. Bunday intervensiya mohiyati bo’yicha individual yoki guruhiy zulm vaziyatiga javoban munosabatda bo’lishni da’vat etadi (Saleebey, 2002). Imkoniyatlar berish jamiyatda insonga nisbatan qanday munosabatda bo’linishiga, shuningdek insonning o’zi resurs va hokimiyatdan qanchalik foydalana olishiga asoslanadi. (Cowger 1994; Roche i Dewees 2001). Teng bo’lmagan kuchga ega bo’lgan tuzilmalarning kamaytirilishi shu turdagi intervensiya uchun yo’l ochib beradigan hamda fundamental asosni shakllantiradi (Solomon 1976; Gutierrez 1990; Lee 1994; Simon 1994).
Imkoniyatlar berish ikki o’zaro bog’liq va interfaol dinamik jarayonlar bilan tavsiflanadi (Cowger 1994). Shaxsiy planda mijozning yordam jarayoniga yo’nalishi barobarida o’z shaxsiy hayoti yuzasidan ma’suliyat va nazoratni o’z zimmasiga olishi orqali yangi vaziyatga qanday munosabat bilan qarashga o’rganadi, shu bilan hayotiy vaziyatining yaxshilanilishi natijasida o’zlariga “mukofot” tariqasida yangi xulq shakllarini o’zlashtiradilar, bu holat o’z mavqe’ini belgilashning klinik mohiyatini eslatadi (Cowger 1994:263). Bularning barchasi imkoniyatlarga egalik bilan bog’liqdir, chunki ularsiz o’z mavqe’ini belgilash bir muncha murakkab kechardi. Masalan, agarda inson tibbiy xizmat olish va bu xizmat haqini to’lash uchun iqtisodiy imkoniyatga ega bo’lmasa, u taqdirda bu insonga munosib tibbiy parvarish olish bilan bog’liq ehtiyojini qondirish birmuncha qiyinchilik uyg’otadi.
Ijtimoiy jihatdan vakolatlarga ega bo’lish dinamikasi insonning tavsifi u yashayotgan sharoit kontekstidan ayri bo’lishi mumkin emasligini taqozo etadi (Cowger 1994). Inson hulqi va uning o’ziga xos xususiyatlari boshqa insonlarning ijtimoiy faollikdagi xulqi va xususiyatlari bilan bog’liq (Falck 1988). o’z tashqi ijtimoiy muhitida ahamiyatli rollardan biriga ega bo’lish uchun resurs hamda imkoniyatlarga ega bo’lgan inson o’ziga kerakli bo’lgan natijalarga shunchalik oson erishishi mumkin bo’ladi. Jamoatchilik ichida o’z qimmati, obro’si va ta’sir kuchiga ega bo’lgan inson tibbiy xodimlarni to’lash imkoniga ega bo’lmagan insonlarga zarur muolajalarni arzonroq yoki umuman tekin ko’rsatishlariga ko’ndira oladi. Biroq bunday ta’sir ko’rsatishsiz tibbiyot xodimlarini bu kabi imtiyozli asosda xizmat ko’rsatishlariga ko’ndirish ason kechmaydi.
Shaxsiy va ijtimoiy planda imkoniyatlar berish bu o’zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayondir. Qachonki inson shaxsiy planda qaysidir ma’lum darajaga erisha olsa, u ijtimoiy planda ham shu darajaga erisha oladi (Cowger 1994). Insonlarga o’ziga nisbatan teng bo’lmagan munosabatda bo’lishlarini bartaraf etishlariga nisbatan o’zida kuch topa olishga o’rganishlarida yordam berish ijtimoiy ishchilarning faoliyatining asosiy ahamiyatli qismini tashkil etadi. Amaliy faoliyatdagi bunday odat mavqe’idan qat’iy nazar barchaga bir xil munosabatda bo’lishga da’vat etuvchi inson huquqlari mavzusi bilan o’zaro hamohangdir.

Kuchli tomonlar istiqboli


Kuchli tomonlar istiqbolini belgilash bo’yicha ish ijtimoiy ishdagi boshqa bir intervensiyaning ko’rinishlaridan bo’lib, u ham inson huquqlari mavzusi bilan chambarchas bog’liq. Ushbu holatda insonning yoki guruhning kuchli tomonlari mijoz bilan o’zaro munosabatga kirishishning markaziy tayanch nuqtasi bo’lib, u insonga yordam ko’rsatishga chorlashga qaratiladi. Intervensiyaning mazkur turi turli xil tuzilmalar orasida mavjud adolatsiz va noteng munosabat ko’pgina insonlar hamda guruh vakillarini zarur resurslardan ajratib qo’yishini tan oladi. Bunda insonning va u boshqa bir qancha qiyinchiliklarga qaramay o’z muammolarini hal qilishda qo’llaydigan usul va vositalarining barqarorligiga tayaniladi. Shu tarzda kuchli tomonlar istiqbolini inobatga olmay ishlashda ijtimoiy ishchilar mijoz yoki guruhga nisbatan o’ziga xos munosabat domiga oson tushib qolishlari mumkin. Bunda ular mijozlarni patologik me’yordan og’ishgan deb hisoblab, buning natijasida inson yoki guruh bilan munosabatda “keragidan boshqacha” nazarida qarashga tayanib qolishlari mumkin.
Albatta, inson yoki guruhda kuchli tomonlarning mavjudligini tan olish hamda inobatga olish orqali ijtimoiy ishchilar aniq bir vaziyatda inson huquqlariga rioya qilish tamoyilini amalda tadbiq etish uchun qulay va eng ma’qul holatda bo’ladilar. Masalan, ko’p marotaba ishlatilgan igna bilan o’ziga geron yuboradigan VICh-infeksiyali mijoz bilan ishlashda ijtimoiy ishchi mijozning boshqa yutuqli hayot tarzi va sharoitiga e’tibor qaratishi mumkin bo’ladi. Mijozning uning rivojlanishiga to’siq bo’layotgan ijtimoiy yaqin muhiti hamda shaxsiy sharoiti haqida barcha tegishli ma’lumotlardan xabardor bo’lish barobarida ijtimoiy ishchi shu zaxotiyoq mijoz tomonidan namoyon bo’layotgan kuchli tomonlarni qidirishga kirishadi. Bu ish ichida mijoz hayotining aniq bir sharoitiga qo’llash mumkin bo’lgan inson huquqlariga manzilli e’tibor qaratilgan.

Etnik sensitiv amaliyot


Etnik sensitiv amaliyot ijtimoiy ishchining jamiyatda irqiy hodisalarning keng namoyon bo’lishi haqidagi tushunchasini hamda xabardorligini oshirishga qaratilgan. U yoki bu xatti-harakatni amalga oshirish imkoniyatining mavjudsizligiga olib keluvchi ijtimoiy sharoitlar turli etnik muhitda yashovchi insonlar hayotining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi (Van Wormer 1997). Etnik sensitiv amaliyot irqiy va etnik mansublikning insonning kundalik sub’ektiv mavjudligi va sub’ektiv o’zini his qilishi o’rtasidagi vositachi sifatidagi roli hamda ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Intervensiyaning mazkur turi insonlarni o’z madaniy va milliy mansubligini ijobiy jihatdan baholashlarini tiklashga chorlaydi (Devore-Schlesinger, 1996; McGoldrick, Giordano, and Pearce 1996; Swenson 1998).

Feministik amaliyot
Feministik amaliyot gender bo’ysunish va dominantlikka oidligi bilan farqlanuvchi kuchlarning tanqid qilinishiga yo’naltirilgan. Intervensiyaning mazkur turi hokimiyatni tushunish va undan foydalanishning raqobatga emas, aksincha ko’proq hamkorlikka asoslangan muqobil yo’llarini taklif etadi (Van Den Bergh i Cooper 1986; Bricker-Jenkins, Hooeyman, i Gottlieb 1991). Masalan, feministik amaliyot asosan gender tazyiq ostida hokimiyatdan foydalanish bilan bog’liq vaziyatlarga qarshi kurashishga chorlaydi, biroq u shuningdek hokimiyatning irqiy, diniy belgilariga, jinsiy yo’nalganligi yoki boshqa toifalar bo’yicha mansubligiga qarab ezilishiga olib keluvchi vaziyatlarga alohida e’tiborni qaratadi.

Madaniy xabardorlik


Madaniy xabardorlik turli xurofotni tushunishni o’z ichiga oladi – egotsentrizm, sinfiy bid’atlar, geteroseksizm kabi. Umuman jamiyat mazkur bid’atlardan xoli emas, va u ko’pincha ular asosida harakat qiladi. Intervensiyaning bu turi ijtimoiy ishchidan mijozning madaniy mansubliligini, shuningdek uning madaniy me’yorlari, so’z boyligi, kundalikda o’zi foydalanadigan alohida belgilari hamda mijozning kuchli tomonlarini uzoq vaqt mobaynida izchil o’rganishini talab etadi (Van Wormer 1997:209).
Intervensiya ijtimoiy ishda ijtimoiy ish kasbi va inson huquqlari o’rtasidagi aloqadorlikni ta’minlovchi katta ahamiyatga ega bo’lgan vositadir. YUqorida tafsiloti berilgan intervensiyalar, inson huquqlari rioya qilinishiga yordam beruvchi yagona intervensiyalar emas, albatta. Barcha intervensiyalar inson huquqlarining amaliyotda rioya qilinishi usullariga borib taqaladi. Biroq, intervensiyalar va ularning inson huquqlariga rioya qilishdagi rolini tushunishdan farqli o’laroq, boshqa usuli ham mavjud. Ijtimoiy ishchi uning yordamida o’z faoliyatini inson huquqlariga monand ravishda solishtirish imkoniga ega bo’ladi. Bu usul Ijtimoiy ishchilarning Milliy Assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilingan ahloq kodeksi bilan inson huquqlari mavzusi o’rtasidagi aloqadorlikka tayanadi. […]

Ijtimoiy ishchilar Milliy Assotsiatsiyasining etik (ahloqiy) kodeksi


Kasbiy etika ijtimoiy ishning markazi hisoblanadi. Mazkur kasbda uning asosiy qadriyatlari, ahloqiy tamoyillari va ahloqiy standartlari aniq belgilangan bo’lishi lozim. Milliy Assotsiatsiyaning Ahloq Kodeksi mazkur qadriyat, tamoyillar va standartlarni belgilaydi. Mazkur Kodeks barcha ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy ish bo’yicha tahsil olayotgan talabalar uchun ularning kasbiy vazifasi, ular xizmat ko’rsatadigan manzil va aholisidan qat’iy nazar ularning asosiy qo’llanmasi bo’lib xizmat qiladi.
“Etika – bu ma’lum bir insoniy xatti-harakatlar sinfi yoki guruhga nisbatan belgilangan hamda qabul qilingan ahloqiy tamoyillar va xulq-atvor qoidalari to’plamidir” (Web­ster's 1989). Etika, shuningdek harakatlarning “to’g’ri” yo’nalishini belgilash, mazkur vaziyatda barcha sohalarni inobatga olgan holda u yoki bu vaziyatda ahloqiy zaruriyat bo’lib hisoblanadigan harakatlar bilan ham bog’liqdir (Loewenberg i Dolgoff 1992; Reamer 1995; Mannig 1997; Mattison 2000).
Ijtimoiy ishning birinchi kodeksining ishlab chiqilishi o’z ildizi bilan 1915 yilda Fleksner Report tomonidan ijtimoiy ishning o’z kasbiy kodeksiga ega bo’lmay turib mavjud bo’lishi mumkin emasligi haqidagi masalani ko’tarishi davriga borib taqaladi. Birinchi kodeksning ishlab chiqilishida Meri Richmondning hissasi katta bo’ldi. 1920 yilda uning tomonidan vaziyat bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar uchun kodeksning tajribaviy namunasi ishlab chiqildi. Amerikalik ijtimoiy ishchilar Assotsiatsiyasi kodeksning birinchi namunasi ishlab chiqdi. Bu tashkilot Ijtimoiy ishchilar Milliy Assotsiatsiyasining safdosh vazifadoshi bo’lib qoldi. 1960 yilda ratifikatsiya qilingan Milliy Assotsiatsiyaning birinchi kodeksi faqatgina bir betdan iborat bo’lib, o’zida 14 ta umumiy “proklamatsiya”larni aks ettirar edi (Congress 1999). Masalan, o’sha davrdagi xujjatning ba’zi xolatlarida belgilanishicha, kasbiy majburiyatlarni o’z shaxsiy qiziqishlaridan ustun qo’yishi, mijozning shaxsiy hayotiga aralashmaslik tamoyiliga rioya qilish hamda mansub kasbiy xizmatlarni ochiq-oydin namoyon etish ijtimoiy ishchining burchiga kiradi.
1979 yilda mijoz, hamkasb, kasb va jamiyat oldidagi ma’suliyat bilan bog’liq o’zgartirishlar kiritildi (Loewenberg and Dolgoff 1992). Shuningdek, ijtimoiy ishchilarga kodeks xolatlari va mavjud barcha tartib-intizom talablariga mos ravishda hamkasblari bilan birgalikda hamkorlik qilish talabi qo’yiladi (Congress 1999). 1996 yilda Milliy Assotsiatsiya Kodeksi keyingi marotaba qayta to’ldirilishida ijtimoiy ishchilarning ahloqiy majburiyatlarini jamiyatning kengroq sohasiga monand ravishda yanada kengaytirdi (NASW 1996). Shu yildagi Kodeks halqaro istiqbolni o’zida aks ettirib, “ijtimoiy ishchilar Qo’shma Shtatlar ichidagi va global qamrovda madaniy hamda ijtimoiy farqliklarga nisbatan hurmat qilinadigan sharoitlarning yaratilishiga o’z xissalarini qo’shishlari zarur”ligini o’rnatadi (NASW 1996:27).

[…]
[…] Ijtimoiy ishchilarning ahloqiy majburiyatlari


Milliy Assotsiatsiyaning Ahloq Kodeksiga binoan ijtimoiy ishchilar mijozlar oldidagi ahloqiy majburiyatlarga ega. Bunda madaniyat va uning jamiyat hamda inson xulq-atvoridagi vazifasi amalga oshirilishi tushuniladi. Ijtimoiy ishchilar o’z mijozlarning madaniy mansubligi haqida xabardor bo’lib, bu borada yetarli bilimlarga ega bo’lishlari va insonlar va turli guruhlar orasidagi madaniy farqliklarga tushunib munosabatda bo’lishlari kerak. Ijtimoiy ishchilar ijtimoiy o’zgarishlarning realligi va ehtimoliyligi hamda jabr-zulm tabiatini, ayniqsa irqiy, etnik mansublik, etnik kelib chiqish, tanasining rangi, jinsiy yo’nalganligi, yoshi, oilaviy sharoiti, siyosiy dunyoqarashi, diniy, jismoniy yoki aqliy imkoniyatlarning cheklanganligi hodisasini tushunishga urinishlari zarur (NASW 1996:1.05). Mazkur amal qilinishi zarur bo’lgan ahloqiy qo’llanmalar Inson Huquqlarining Umumiy Deklaratsiyasi nizomlarida aks ettirilgan.
Ahloqan to’g’ri faoliyat yurituvchi ijtimoiy ishchilar ishining ahamiyati haddan ziyod bahorlanib yuborilishi ham kerak emas. Inson huquqlari va ijtimoiy adolatga erishish borasidagi g’oyaga amal qilish yo’lida ular ahloqiy tamoyillar amalga oshirilishi mumkin bo’lgan sharoitlarni yaratishga harakat qilishlari zarur. Shu mazmunda ezgu ish ijtimoiy ishchi mavjud bo’lgan umumiy kasbiy vaziyatdan farqli o’laroq asosiy hal qiluvchi omil bo’lmay qolishi mumkin.
Etikani tadqiq etgan Rendi Koxenning fikricha, guruhiy dinamika ko’pincha insonlarning individual hulqini buyurib turishi mumkin. o’zining chuqur mazmunli hamda kuchli kitoblaridan birida Kurashuvchi Shaxs (Litso Srajeniya), Britaniyalik harbiy tarixchi Djon Kigan nima uchun askarlar beshafqat jang va dahshat azoblari bilan yuzma-yuz kelganda qochib ketmasliklari haqidagi masalani muhokama etadi. Uning xulosa qilishicha, askarlarda aslo patriotizm ideallari yoki ideologiya va umuman biz ahloq deb ataydigan biron-bir narsa motiv vazifasini bajarmaydi. Kiganning fikricha, askarlarning jasurlikni namoyon etishga chorlovchi kuch bu o’zgalardan kam bo’lib qolmaslikka intilish istagidir. Ayniqsa, butun armiya mazmunida emas, balki yaqin turgan insonlar nazarida. Kiganning tahminicha, xatto eng ekstremal va ko’pchilikni dahshatga soluvchi sharoitlarda biz kabi ko’pchilik ham xuddi bizning yaqin atrofimizdagi kishilar o’zini tutgani kabi xuddi shunday tarzda tutadi (Cohen 2002:22)
Bizni atrofimizni qurshab turgan kishilardek harakat qilish tarzi jang maydonidan askarlarning qochishga urinishiga olib kelishi mumkin.
Koxenning fikriga ko’ra, politsiya ofitserlarining ilk ish tartibida ham xuddi yuqoridagi kabi holatni kuzatish mumkin. Agarda yangi ishga qabul qilingan politsiyachi korrupsiya bilan shug’ullanish imkoni bo’lgan politsiya uchastkasiga ishga qabul qilinsa, u taqdirda uning ham poraxo’r bo’lishi ehtimoli yuqori bo’ladi. Agarda shu yosh politseyskiy oddiy politsiya uchastkasiga ishga joylashtiriladigan bo’lsa, shunisi aniqki, undan sofdil politsiyachi chiqadi. Uning shaxsiy etikasi ushbu vaziyatda katta xal qiluvchi kuchga ega bo’lmaydi.
Koxenning taxminicha, individual etika odatda ahloqiy iqlimning yaratilishida katta rol o’ynamaydi. Individual etika faqatgina u mavjud bo’lgan jamiyat bioan o’zaroaloqadorligidagina tushunilishini inobatga olinadigan bo’lsa, u taqdirda individual ahloqiy sifatlarning eng yaxshi namunasi faqatgina adolatli jamiyatda ommaviy tarzda rivojlanishi mumkin, degan fikr to’g’ri bo’lar edi. Har bir jammoatchilik o’zgaruvchan, uning qadimgi Sparta davlatimi yoki politsiya uchastkasimi, ahamiyati yo’q. Biz jamoatqchilik orasida shunchalik yashamaymiz, biz o’z harakatlarimiz bilan uni barpo etamiz. Va biz nafaqat ob’ektiv olamda, balki o’zimizning miyamizda yashayotganimizni tushunish katta ahamiyatga ega. Biz uning tuzilishini shakllantirganimiz kabi ular bizning qadriyatlarimizni shakllantiradi (Cohen 2002:22).
Ahloqiy muammolarga murojaat etish aniq tarzda inson huquqlari mavzusiga eltadi. Biroq e’tiborimiz ham insonga, ham uning atrofidagi butun atrofga ham bir xil tarzda yo’naltirilgan bo’lishi lozim […]

Inson huquqlariga munosib ahloqiy majburiyatlar – keys-stadi


Inson huquqlari mavzusi bilan ijtimoiy ish kasbining ahloqiy standartlari o’rtasida kuchli aloqa mavjud […]. Ijtimoiy ishchilar turli xil sharoitlarda, turli xil insonlar va guruh bilan ishlashini inobatga olgan holda har bir alohida vaziyatni va uning atrofidagi sharoitni izchil ravishda tahlil qilish lozim bo’ladi. Quyida ilova etiladigan keys-stadi mazkur fikrimizni aks ettiradi.

Keys-stadi


Mayya 40 yoshda. Uning 5, 7 va 11 yoshlik uch nafar farzandlari bor. U oxirgi uch yil mobaynida oq tanli anglo-amerikalik kishi bilan yashab kelmoqda. Mayya bir osiyo mamlakatlaridan AQSh lariga migratsiya qilganiga 4 yil bo’ldi. Farzandlarining otasi deyarli bolalari bilan muomala qilmaydi. Mayyaning farzandlaridan biri jiddiy kasallikka duchor bo’lgan, davolanish munosabati bilan Mayyada katta miqdordagi sarf-harajat muammosi paydo bo’ladi. Mayya ilgari muqim ravishda kotibalik lavozimida ishlagan, uning bir yildagi daromadi 25000 dollarni tashkil etardi. Hozir esa u ishsiz. Mayyaning hamrohi esa uni ura boshladi. Biroq Mayya u bilan qisman iqtisodiy sabab tufayli munosabatini davom ettiraverardi. Biroq yaqinda, u o’z hamroxidan qo’rqqani uchun uch nafar farzandlari bilan priyutga ketib qoladi. Hozirda Mayyaga uning o’z shaxsiy tanlovi yo’qdek tuyulmoqda. Agar u hamroxi oldiga qaytib keladigan bo’lsa, u taqdirda uning va farzandlarining xotirjamligiga kafolat yo’q. Lekin agarda qaytib kelmasa ham, boshqa borar joyi yo’q va boshqa joydan turar joy qidirish uchun puli ham yo’q.

Yuqorida keltirilgan vaziyatni inson huquqlari mazmunida tahlil etadigan bo’lsak, ijtimoiy ishchi ishning dastlabki qismida inson huquqlari masalasi bilan bog’liq muammoli bandlarini belgilashga harakat qiladi. Bunday bandlarini belgilab olgandan so’ng ijtimoiy ishchi ularni ijtimoiy ish amaliyotida aniq qilib belgilab berilgan ahloqiy majburiyatlar bilan bog’laydi. Inson huquqlari bilan ahloqiy majburiyatlar orasidagi aloqadorlik belgilab olingandan so’ng mijozning vaziyati bo’yicha munosib intervensiyani shakllantirilishini boshlash mumkin bo’ladi.



Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling