Samarkand davlat universiteti


Download 3.33 Mb.
bet62/137
Sana28.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1732429
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137
- Ochiqlilik
Ochiqlilik bu ham kasbiy munosabatlarning e`tiborga molik tomonidir. Bu erda barchasi aniq va tushunarli bo’lsa kerak: biz yoki ro’paramizda turgan odam bilan chin dildan qiziqishimiz yoki aksincha qiziqmasligingiz mumkin. Kasbiy qiziqish doimo mutaxassisning shaxsiy qiziqishi doirasidan kelib chiqadi va uni yuzaki tarzda namoyon qilib bo’lmaydi. O’z kasbining haqiqiy ustasi har qanday vaqtda ham o’z mijozi haqida qayg’urib, unga qo’ldan kelganicha chin dildan yordam berishga harakat qiladi.
Bunday munosabatlar rivojlanishiga yordam beruvchi turli vositalarni qo’llab ko’rish maqsadga muvofiqdir. Hech narsa chin dildan munosabatda bo’lishda halaqit bermaydi va u doimo insonning ongli tashabbusi hamda ma`suliyati ostida kechishi, shu bilan birga bo’lib o’tayotgan hodisalar uchun javobgarlikni his etishi lozim.
Ehtimol ba`zi insonlar uchun samimiy bo’lish bu u yoki bu kasbiy rolni yuqori darajadagi ustalik bilan bajarishdan iborat degan tushuncha bilan talqin etilishi mumkin. Boshqa tomondan, yaxshi mutaxassis bu har bir sohada samimiylik bilan o’z faoliyatini yurgizuvchi, lekin shu bilan birga bu xususiyatni o’zga kishilar oldida ham samimiylik bilan namoyish qila biluvchi shaxs hamdir.
- Hayrihoxlik (empatiya)
O’zgalarni tushuna bilish uchun boshqa kishilarga nisbatan hayrixoxlik bilan munosabatda bo’la olish qobliyatiga ega bo’lishimiz kerak. Hayrihoxlik bu o’zga insonning idroki dunyosiga kira bilishdir, ya`ni uni o’zga kishilar qay tarzda ko’rayotgan bo’lsa, shu tarzda ko’ra olishdir. empatiya – hayrihoxlikni “o’zga kishi his-tuyg’usini xatosiz ko’ra bilish va his qila olish hamda shu insonga bu xaqida tushuntirib bera bilish qobiliyatidir” deb tushuntiradi.
Hamdardlik bu xayrixox bo’lish degani emas. Hamdarlik o’zga kishiga nisbatan “rahm” uyg’onishini nazarda tutadi. ehtimol bu inson o’zi his etayotgan tuyg’ularni o’zga kishilarda ko’rishga qaratilgandir. Inson o’zga kishiga hamdard bo’lganda, u o’zini shu inson o’rniga qo’yishga harakat qiladi. Hayrihoxliq bildirib esa, biz o’zimizni shu inson o’rnida his qilishga va u his etayotgan tuyg’ularni tasavvur qila olishga harakat qilamiz.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling