13-mavzu. Qishloq xo’jaligini joylashtirish, ixtisoslash-tirish, yiriklashtirish va integrasiyalashning samaradorligini oshirish. Qishloq xo’jaligini joylashtirish va ixtisoslashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotining turli ko’rinishidir. Joylashtirish - alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni respublika zonalarida, ayrim viloyat, tumanlar va korxonalar bo’yicha miqdoriy taqsimlashni bildiradi. Qishloq xo’jaligini joylashtirish uni ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog’langan. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishda zona va korxonalarning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olish muhimdir
14-mavzu. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari(ish, xizmatlar) tannarxi va baholar tizimini takomillashtirish. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqda ishlab chiqarish resurslari (mehnat, yer, suv va moddiy va boshqa)ni ishlatish bilan chambarchas bog’langan, qaysiki ishlab chiqarish jarayonida qisman yoki butunlay iste’mol qilinadi, ularning qiymati esa tayyor mahsulotga o’tadi. Iste’mol qilingan va mahsulotga o’tkazilgan ishlab chiqarish resurslarining jami yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo’ladi: ijtimoiy xarajatlar va korxona xarajatlari. Ijtimoiy xarajatlar bu jamiyatning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarining jamidir
15-mavzu. O’simlikchilik tarmoqlari samaradorligini oshirishning umumiy muammolari qiymat o’zgarib turadi. Goho baho qiymatdan yuqori bo’ladi va aksincha. Ikkovining teng kelishi esa muvozanat bahosini yuzaga keltiradi. Mahsulotga qo’yilgan past baho, odatda uni ishlab chiqarish harajatlarining pastligidan kelib chiqadi
Mavzu Paxtachilik va G’allachilikning samaradorligini oshirish imkoniyatlari
Mavzu Sabzavotchilik va Bog’dorchilikning samaradorligini oshirish imkoniyatlari
III.Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlarni yechish orqali yanada boyitadilar. Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jixozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |