Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti


-mavzu. Qishloq xo’jaligida investisiya va kapital qo’yilmalar, ularning samaradorligini oshirish


Download 184 Kb.
bet4/9
Sana09.09.2023
Hajmi184 Kb.
#1675108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan dasturi QXI 09.09.2023

9-mavzu. Qishloq xo’jaligida investisiya va kapital qo’yilmalar, ularning samaradorligini oshirish. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining oshishi mos ravishda tarmoq moddiy-texnik bazasini rivojlantirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish fondlari hajmining ko’payishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish potensialini kengaytirishga yo’naltirilgan moddiy va pul vositalariga qo’shimcha qo’yilma hisobiga amalga oshiriladi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida agrosanoat majmui tarmoqlarining barqaror rivojlanishi korxonalarga zarur moddiy va pul resurlari berishda investision faollikka ehtiyoj tug’diradi.
10-mavzu. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning umumiy masalalari. Rentabellik va uni oshirish imkoniyatlari. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi umumiy ko’rinishda ishlab chiqarishning natijasi, jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlari o’rtasidagi nisbat bilan ifodalanadi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini oshirishning obyektiv zarurligi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining hozirgi etapdagi bir qator xususiyatlari va doimiy harakatdagi omillarning yig’indisiga bog’liq. Bir tomonda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish oziq-ovqat va xom ashyoga bo’lgan talabning o’sib borishi va qiyinlashishi, mahsulot sifatiga bo’lgan talabning kuchayishi, ba’zi ishlab chiqarish resurslarining chegaralanganligi, ishlab chiqarish vositalari qiymatining o’zgarishi va boshqalarni ko’rsatib turadi. Boshqa tomondan, hozirgi etapdagi jamiyatning rivojlanishi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligin oshirish imkoniyatini kengaytiradi.
11-mavzu. Qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi yalpi mahsulotdir. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti deganda, shu tarmoqning ma’lum birdavr ichida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorining yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga faqat dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari kiradi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti natura va qiymat ko’rsatkichlarda hisobga olinadi. Natural ko’rsatkichlar qishloq xo’jaligida yaratilgan iste’mol qiymatlarning tarkibi va miqdorini aks ettiradi
12-mavzu. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning samaradorligini oshirish. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi kengaytirilgan takror ishlab chiqarish qonuni asosida amalga oshadi va ekstensiv va intensiv yo’llaridan foydalaniladi. Ekstensiv shaklidagi qishloq xo’jaligini rivojlantirish deganda mahsulot ishlab chiqarish va samaradorlikning o’sishini miqdoriy omillar evaziga - yangi yerlarni o’zlashtirish, ekin maydonlarini ko’paytirish, chorva mollarini bosh sonini ko’paytirish va qo’shimcha ishlovchilarni jalb etish orqali erishilishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish resurslarining ko’lamlarini ortishi yuz bergani holda texnika-texnologiyasifat darajasi, yer unumdorligi va chorva mollar mahsuldorligi tubdan o’zgarmaydi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling