Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti


-mavzu. Agrosanoat majmui va uning rivojlanishi


Download 184 Kb.
bet2/9
Sana09.09.2023
Hajmi184 Kb.
#1675108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan dasturi QXI 09.09.2023

3-mavzu. Agrosanoat majmui va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining, shu jumladan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi ko’p jihatdan boshqa tarmoqlar ishlab chiqarish faoliyatiga chambarchas bog’liq. Sababi, bir tarmoqning pirovard mahsuloti boshqa bir tarmoq uchun ishlab chiqarish vositasi yoki xom-ashyosi bo’lib xizmat qiladi va uning tarmoq uchun birlamchi qayta ishlash yoki mahsulotni iste’molchiga yetkazib berish xizmatini vujudga keltiradi.
Qishloq xo’jaligi bir tomondan, texnika, qishloq xo’jaligi mashinalari, yoqilg’i moylash materialllari, zaharli kimyoviy vositalar, mineral o’g’itlar, qurilish materiallari va transport vositalari yetkazib beruvchi sanoat bilan, ikkinchi tomondan, ta’mirlovchi, saqlovchi, yetkazib beruvchi, ya’ni xizmat qiluvchi tarmoqlar va ishlab chiqaruvchilar bilan bog’langan
4-mavzu. Qishloq xo’jaligda mulk va xo’jalik yuritish shakllarining samaradorligi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan moddiy omillarning, ya’ni ishlab chiqarish vositalari - yer, asosiy va moddiy oborot mablag’lari va pirovard natijalarining, boshqa tomondan, shu ishlab chiqarish vositalariga mulk nuqtai nazaridan kishilarning munosabatlarining mavjudligiga bog’liq. Mulk dastavval kishilar tomonidan ishlab chiqarish vositalarini o’zlashtirish shakli hisoblanadi. O’tmish iqtisodchilar shunday deb yozishgan edi: "Mulk-bu kishilarning bir-biri bilan bo’ladigan munosabati, ularning materiallarga, qurollarga va mehnat natijalariga bo’lgan munosabati".
Iqtisodiy munosabatlar kompleksida ishlab chiqarish vositalariga mulk munosabatlari eng muhimi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimga tegishli bo’lsa, taqsimot va ayrboshlash shunga bog’liq bo’ladi. Ko’p yillik tajriba shuni ko’rsatadiki, mamlakatimizda mustaqillikkacha bir necha o’n yillab davom etgan agrar inqirozning asosiy sababi mulk munosabatlarning kuchli deformasiyalanishi hisoblanadi
5-mavzu. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish. Qishloq xo’jaligi boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari qatori insonning har tomonlama ehtiyojini qondiradigan iste’mol qiymatlar yaratish maqsadida resurslarga bo’lgan ta’sirini ifodalaydi. Bu jarayonni amalga oshirish kompleks obyektiv va subyektiv ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni talab qiladi. Ular inson mehnati, mehnat vositalari va mehnat predmetlaridan tashkil topadi.
Fanda ma’lumki, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ishchi va ishlab chiqarish vositalari uning doimiy omillari bo’lib qoladi.
Mehnat vositalariga, inson mahsulot olish maqsadida mehnat predmetlariga ta’sir etuvchi, ishlab chiqarishning moddiy elementlari kiradi.
Mehnat predmetlariga, ishlab chiqarish jarayonida, inson mehnati qaratilgan va inson tomonidan kerakli yo’nalishda o’zgartiriladigan, ishlab chiqarishning moddiy elementlari kiradi.

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling