Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti


-mavzu. Qishloq xo’jaligining yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish


Download 184 Kb.
bet3/9
Sana09.09.2023
Hajmi184 Kb.
#1675108
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan dasturi QXI 09.09.2023

6-mavzu. Qishloq xo’jaligining yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning moddiy elementlari orasida yer resurslari muhim o’rinni egallaydi. U moddiy boylik yaratishning dastlabki shart-sharoiti va tabiiy asosi hisoblanadi. Fanda, yerni mehnat vositalari, mehnat predmetlari va manzilgoh joylarni yaratuvchi buyuk laboratoriya, xazina ekanligi ta’kidlangan. Yer resurslari - buyuk va hyech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan milliy boylik. Yer resurslari, boshqa ishlab chiqarish vositalaridan tubdan farq qilgani holda, asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiyotiga katta tasir ko’rsatadi.
7-mavzu. Qishloq xo’jalik moddiy-texnika resurslari va ulardan samarali foydalanish. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish hozirgi bosqichida mavjud ishlab chiqarish salohiyatning samaradorligini oshirishda, moddiy-texnika bazasini kengaytirish, qayta tashkil qilish va rekonstruksiya qilish birlamchi ahamiyatga egadir. Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi deganda, qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha mehnat vositalari va mehnat buyumlari yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga yer resurslari, ishlab chiqarish imoratlari, inshoatlari, qishloq xo’jaligi mashinalari va jihozlari, transport vositalari, mahsuldor va ishchi hayvonlari, ko’p yillik daraxtlar, suv resurslari, urug’lik, chorva ozuqalari, neft mahsulotlari, o’g’it, kimyo vositalari va boshqalar kiradi.
8-mavzu. Qishloq xo’jaligi infratuzilmasi va uning rivojlanishi. Agrosanoatda ishlab chiqarishning pirovard natijasi nafaqat bevosita qishloq xo’jaligining rivojlanishi darajasigagina emas, balki unga xizmat qiluvchi tarmoqlarning ham rivojlanishi darajasiga bog’liq. Qishlok xo’jaligida mahsulot hajmining ko’payishi bilan birga moddiy –texnika resurslaridan, zarur xom–ashyolardan, yordamchi materiallardan va boshqalardan foydalanish miqdori o’sib boradi. Xo’jaliklarning elektr–energiyasiga, transportga, aloqa vositalariga, mahsulotni saqlash uchun omborlar va boshqalarga bo’lgan ehtiyoji ortib boradi.
Qishlok xo’jaligi ishlab chiqarishning texnika – ta’mirlash xizmatiga, moddiy–texnika ta’minoti tashkilotiga, injenerlik, zooveterinariya, agrokimyo xizmati va boshqa xizmatlarga bog’liqligi ortadi. Bunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining zarur miqdorini olishga moslashgan tarmoq va ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bilan bir qatorda mahsulotdan samarali foydalanishni ta’minlovchi va uni iste’molchiga yetkazib beruvchi tashkilotlarni rivojlantirish ham muhimdir. Iqtisodiyotda bunday tarmoqlar va xizmatlarningto’plamini infratuzilma deb atash qabul qilingan

Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling