Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti abdurazakov jamshid norbutayevich doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranis


Download 0.63 Mb.
bet7/26
Sana15.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1199781
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Avtoreferat Abdurazzoq 777888

Tadqiqotning amaliy natijasi quyidagilardan iborat:
buralma ko’chishlar maydonini aylanish inersiyasi va ko’ndalang siljish deformatsiyasini hamda materialning fizik nochiziqlilik xususiyatini hisobga olgan holda hisoblash tenglamasi ishlab chiqilgan;
konstruksiya elementlari mustahkamligini ta‘minlash borasida, ularning kuchlangan-deformatsiyalangan holatini ixtiyoriy nuqtada va talab etilgan aniqlikda hisoblash orqali, materialning fizik nochiziqliligini hisobga olib, mustahkamlik chegarasini aniqlash algoritmi yaratilgan;
uchiga va sirtiga qo‘yilgan kuchlar ta’siri ostidagi silindrik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli buralma tebranishlari dinamikasini amaliy matematik programmalar yordamida sonli hisoblashga imkon beruvchi hisoblash usuli taklif etilgan;
materialning fizik nochiziqlilik, aylanish inersiyasi va ko’ndalang siljish deformatsiyasi faktorlari hisobga olingan tebranish tenglamasi, ko’chish va kuchlanishlar formulalari va ular asosida amaliy masalalar yechishning samarador usulini amaliyotda qo’llash mumkinligi asoslangan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Zamonaviy qurilish va texnikaning amaliy ehtiyojlari asosida shakllantirilgan masalalarning dissertatsiya ishida olingan yechimlari aniq matematik va sonli usullarni qo‘llash natijasidir. Taqdim etilgan tebranishlar tenglamalari va ularning analitik-sonli yechimlarining ishonchliligi sistematik tekshirishlar, boshqa o‘xshash tadqiqotlar natijalari bilan, xususiy holda, doiraviy sterjen uchun, G. Kauderer va I.G Filippovlarning nochiziqli nazariyalari va chiziqli klassik nazariya asosida olingan natijalar bilan solishtirish natijalari bilan tasdiqlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, fizik nochiziqli buralma (simmetrik) tebranishlarini keltirib chiqarish usulini ishlab chiqish va rivojlantirish, dinamik yuklar ostidagi sterjen va qobiqlar fizik nochiziqli buralma tebranishlari haqidagi yangi amaliy masalalarning yechimlari va qobiq va sterjenlar uchun ishlab chiqilgan usullarni, xususan konussimon qobiq va sterjenlar uchun umumlashtirish imkoniyatlari bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tashqi dinamik yuklar ta’siri ostidagi doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nostatsionar, buralma tebranish-larida kuchlangan-deformatsiyalangan holat parametrlarini aniqlashga qaratilgan amaliy masalalarni yechish uchun ishlab chiqilgan analitik-sonli algoritmlarni materiallarining fizik nochiziqli xususiyatlarini e’tiborga olgan holda qo‘llash mumkinligi bilan izohlanadi;

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling