Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti abdurazakov jamshid norbutayevich doiraviy silindrik elastik qobiq va sterjenlarning nochiziqli simmetrik tebranis
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi
Download 0.63 Mb.
|
Avtoreferat Abdurazzoq 777888
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Doiraviy silindrik qatlam va sterjenlarning fizik nochiziqli nostatsionar tabranishlari”
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 120 bet.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Dissertatsiya ishining kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati to‘g‘risida malumotlar keltirilgan, ishning maqsadi, hal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy muammolar bayon qilingan, himoyaga olib chiqilayotgan asosiy ilmiy yangiliklari tavsiflangan va sanab o‘tilgan. Ishda olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, dissertatsiya natijalari ma’ruza qilingan konferensiya va seminarlar soni va darajalari keltirilgan, ishning tuzilishi va hajmi bayon etilgan. Dissertatsiyaning “Doiraviy silindrik qatlam va sterjenlarning fizik nochiziqli nostatsionar tabranishlari” deb nomlangan birinchi bobi muhandislik qurilmalari elementlari, xususan doiraviy sterjen, doiraviy silindrik qobiq, hamda shu kabi boshqa jismlar tebranishlari va muvozanat holatini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlarning umumiy sharhiga, dissertatsiya ishi doirasida olib boriladigan keyingi tadqiqotlar uchun umumiy dasturni ishlab chiqishga, hamda elastik jism uchun asosiy harakat tenglamalarini tanlashga bag‘ishlangan. Birinchi paragrafda dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha ilmiy maqolalarni o‘rganish natijasida doiraviy silindrik qobiq va sterjenlarning fizik nochiziqli, tebranishlari bo‘yicha tadqiqotlarning umumiy sharhi yoritilgan. Jumladan, bu dissertatsiya ishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ilmiy maqolalar, eksperimental, analitik va sonli tadqoqot ishlari tahlil qilingan. Bunda asosiy e’tibor muhandislik qurilmalari elementlarining, xususan doiraviy silindrik qobiq va sterjenlarning ularni o‘rab turgan tashqi muhit, tashqi dinamik, kinematik va boshqa kuchlar ta’siri ostida tebranishlarini tahlil qilish va muhum xulosalar olishga qaratilgan. Birinchi bobning ikkinchi paragrafida dissertatsiya ishi doirasida tadqiq qilinadigan silindrik qobiq uchun asosiy tenglama va munosabatlariga bag‘ishlangan. Bunda, tebranish tenglamalarini chiqarishda, silindrik qobiqni, uning qalinligiga nisbatan chegaralanishlar qo‘ymasdan, silindrik koordinatalar sistemasidagi uch o‘lchovli silindrik qatlam deb qaralgan (1-rasm). Bu yerda qatlamning qalinligi va radius-larning qiymatlaridan bog‘liq ravishda ixtiyoriy qiymatlar qabul qiladi. Bundan tashqari silindrik qatlam, uch o‘lchovli jism sifatida, elastiklik matematik nazariyasi qonuniyatlariga qat’iy bo‘ysunadi va uning uch o‘lchovli harakat tenglamalari bilan aniq tavsiflanadi va qatlam nuqtalarining tebranishlari kichik deb faraz qilinadi. Tebranishlarning kichikligi ko‘chishlarning kichikligini taqozo qiladi. Dissertatsiya ishi doirasida o‘qqa nisbatan simmetrik masalalar qaralgan. Ya’ni, qatlam nuqtalaridagi kuchlanish va deformatsiyalar θ burchak koordinatasidan bog‘liq emas. Ushbu faktni hisobga olgan holda dissertatsiyada chegaraviy masalalar qo‘yilgan. Bu masalalarda silindrik qatlam yoki qobiqning nostatsionar tebranishlarini ularning ichki va tashqi sirtlarida ta’sir etuvchi dinamik yuklar vujudga keltiradi deb hisoblanadi. Ya’ni, umumiy holda qatlam sirtlaridagi chegaraviy shartlar quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi ..., (1) bu yerda , , ..., - tashqi ta’sir funksiyalari va ularning o‘lchov birliklari kuchlanishlar o‘lchov birliklari bilan bir xil. Dissertatsiya ishida qaralgan masalalarni yechimini topishda tashqi ta’sir funksiyalarini, shu qatori kuchlanish tenzorining va ko‘chish vetorining komponentalariga ham quyidagi ko‘rinishdagi, professor G.I.Petrashen tomonidan taklif etilgan, integral almashtirishlar qo‘llanilgan: (2) bu yerda funksiya sohada regulyar funksiyadir. Bu funksiya chekli sondagi qutblarga ega hamda mavhum o‘qdagi oraliqni o‘zida saqlov-chi biror soha ichida ixtiyoriy qiymatlarni qabul qiladilar. Ular bo‘lganda dan kam bo‘lmagan tezlikda kamayuvchi, bu yerda va sohadan tashqarida, ularning qiymatlari hisobga olmaslik darajasida kichik. (l) esa kompleks sohaning konturi bo‘lib, sohadan chapda joylashgan. Konstruktiv elementlar, xususan, silindrik qobiq va sterjanlarning dinamik hisobini elastiklik nazariyasi uch o‘lchovli masalasining aniq yechimlaridan foydalanishga asoslangan holda ishlab chiqish usuli yoritilgan. Ana shu oxirgi usulning chiziqli va nochiziqli bir jinsli elastik va qovushoq elastik sistemalar uchun yaroqli ekanligi asoslangan. Ushbu metod asosida bir jinsli elastik va qovushoq elastik qobiq va sterjenlarning, shu jumladan doiraviy silindrik qobiqlarning nostatsionar tebranishlari tenglamalari va kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlash algoritmi keltirilgan. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling