Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Silindrik qobiq va sterjenlarning buralma tebranishlari tadqiqotlarini, materalning fizik nochiziqli xususiyatlarini hisobga olib, rivojlantirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori bosimli suyuqlik oquvchi silindrik qobiq (truboprovod)ning kesimlaridagi maksimal radial kuchlanishlarni, fizik nochiziqlilik effektini hisobga oluvchi hisoblash usulini qo‘llab topish jarayoniga “Menzulatasvirservis” MChJ da qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” Uyushmasi-ning 2022 yil 16 maydagi 05/15-1250 - son ma’lumotnomasi). Bu truboprovodning butun uzunligi bo‘ylab kesimlarida mustahkamlik xarakteristikalarini aniqlandi va natijalar proektlash jarayonida e‘tibora olindi. Pirovardida olingan natijalar, truboprovodlar materiallarini 8% gacha tejash va xarajatlarni normaga nisbatan 6-7% ga kamaytirish imkonini bergan.;
silindrik elastik qobiqning eng katta kuchlanishlar ta’siri ostidagi egilish nuqtalarini aniqlash bilan birgalikda uning dinamik deformatsiyalangan holatini baholash hamda harakatlanuvchi qisqa muddatli yuklar radial yo‘nalishda yuzaga keltirgan kuchlanishlarning eng katta qiymatlarini hisoblash “Parviz proekt servis” MChJ da joriy etildi. Natijada zo‘riqishlar qiymatlari qobiqlar chiziqli nazariyasi asosidagi qiymatlarga nisbatan 30% gacha past ekanligini aniqlangan. Bu loyiha-lash jarayonidayoq ishlatiladigan materiallarning 12% gacha tejashga imkon bergan.
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Samarqand davlat universitetlari qoshidagi ilmiy seminarlarda ma’ruza qilingan va muhokamadan o‘tgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 15 ta ilmiy ish chop etilgan bo‘lib, shulardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta ilmiy maqola (jumladan, 5 ta respublika, 1 ta xorijiy nashrlarda) chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |