Samarqand davlat chet tillar instituti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


 Sifatdosh I, II va sanoq sonlar bilan yasaladigan sifatlar ham mavjud


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/201
Sana05.01.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1080028
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201
Bog'liq
Qo\'ldoshev grammar

8. Sifatdosh I, II va sanoq sonlar bilan yasaladigan sifatlar ham mavjud: never ending 
journey – tugamas sayohat, broken down washing machine-buzuq kir yuvish mashinasi, a three-
hour delay – 3 soatlik kechikuv. Sanoq son + ot birikmasi gapda aniqlovchi (sifat) bo’lib kelsa 
raqamdan keyin kelfan ot faqat birlikda bo’ladi.
9the late so’zi kishi nomlari oldidan kelganda “marhum” deb tarjima qilinadi va ma’nosi 
“dead” so’ziga teng bo’ladi: the late Henry Ground. Marhum Henri Ground.
10. Sifat asosan otning belgisini bildirib kelsada ingliz tilida ot bilan ishlatilmaydigan 
sifatlar mavjud: alive (tirik), alike (o’xshash), afraid, alone, ashmed, asleep, awake, content 
(mamnun), glad, ill, pleased va h: The man was alive. Karen is ill today. (ill boy, glad boy bunday 
bo’lmaydi);
11. Quyidagi sifatlarning ma’nolarida farq mavjud: gold – golden, silk – silky, stone – stony, 
wood – wooden, wool – woollen. He gave her a gold ring. (Haqiqiy tilla uzuk). They walked on 
the golden sand. (tillarang qum). Golden hair. Tillarang soch. She bought a silk dress. (haqiqiy 
ipakdan ko’ylak). Her hair is silky. Uning sochi ipaksimon. They walked on the stone path. Ular 
tosh yo’lakdan yurishdi. The man had a stony look on his face. (sovuq qarash). Wooden chest. 
Yog’och sandiq.
12. Sifatlar otlashganda “the” artikli bilan ishlatilib orqasidagi ot tushib qoladi. Lekin 
ma’lum bir joydagi kishilarni ifodalab kelganda orqadagi ot tushmaydi: The young have a lot of 
energy. (umumiy ma’noda barcha yoshlar). The young people of our town are organizing a charity 
concert. (faqat shu shaharning yoshlari). Shahrimiz yoshlari xayriya konserti uyushtirmoqchi.
Adverb. 
1. Ravish ish-harakatning belgisini bildirib, ko’pincha fe’ldan keyin keladi: He works hard. 
U qattiq ish-di. Lekin: Ravish gapda sifatdan va ikkinchi bir ravishdan oldin kelishi ham mumkin: 
He is a very good student. U juda yaxshi studentdir. She speaks English quite well. U ingilizchani 
juda yaxshi gapiradi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling