30
I bob bo’yicha xulosa
Tarjima
- sertarmoq, murakkab faoliyatdir. Uinsoniyat faoliyatining eng
qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Tarjima tufayli
biz insoniyat taraqqiyoti
tarixini ochiq-oydin tasavvur etamiz. Tarjima xalqlar o‘rtasidagi “qudratli
quroldir”. Bu “qurol” ni ishga tushiradigan vosita esa pragmatikadir. Pragmatika -
tarjimada muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, pragmatikaning asosiy vazifasi - bu asliyatda ifodalangan ma’no-
mazmunni tarjimada ham xuddi shunday mazmunda yetkazishdan iborat. Agar
asliyat matnining asosiy vazifasi biror axborotni yetkazishdan iborat bo’lsa, o’sha
axborotning tarjimada to’g’ri va aniq ifodalanishini pragmatika ta’minlaydi.
Ikki kishi o’rtasida kechayotgan muloqotni keyin kelib qo’shilgan uchinchi
kishi tushunmaganidek, tarjima matnini qabul qiluvchi ya’ni,
retseptor ham
asliyatdagi matn mazmunini asliyat tilida o’qisa tushunmaydi,
ammo tarjima va
unda aks ettirilgan pragmatika yordamida u asliyatni anglaydi.
Pragmatika – bu asliyat va tarjima o’rtasidagi “ko’prikdir”. Bu ko’prikning
“quruvchisi” esa tarjimondir. Asliyat va tarjima o’rtasidagi “ko’prik” ning
mustahkam yoki mo’rt bo’lishi tarjimonning mahorati va bilimiga bog’liq.
Tarjimon biror asarni tarjima qilishga kirishar ekan, asliyat va tarjima tilidagi
pragmatik nomuvofiqliklarni hisobga olib, tegishli o‘rinlarda matnning to‘la
tushunilishiga erishish uchun zarur o‘zgartirishlar kiritadi.
Asliyatdagi pragmatik axborotni tarjima orqali o‘zbek kitobxonlariga
yetkazishga uringan tarjimon o‘z matnini muayyan
yuqori saviyadagi yoki past
saviyadagi kitobxonlarga ham mo‘ljallashi mumkin. Asliyatga mos ravishdagi
pragmatik munosabatlarni o‘rnatish ko‘p jihatdan tarjimondan
tarjima jarayonida
asliyatga mos til vositalarini tanlashiga bog‘liq.
Har qanday matn u yoki bu darajada uni o’qiydigan, qabul qiladigan kishiga
(retseptorga) ta’sir ko’rsatadi. Asliyatdagi matn ta’sirining tarjimada qayta
yaratilishi tarjimaning pragmatik salohiyatini aks ettiradi.