23
qilinadigan dudlangan mahsulot mavjud emas. Shu bois tarjimon uni
umumiylashtirib shunchaki go‘sht tarzida tarjima qilgan.
Asliyatdagi ikkinchi misolda esa AQSH ning janubiy shtatlarida o‘sadigan
begona, yovvoyi maysalar haqida gap ketyapti. O‘zbek
kitobxonlariga asliyatda
tilga olingan «djonson maysasi», «quyon tamakisi» nomli o‘simliklar mutlaqo
ma’lum bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ularning nomlari
generalizatsiya usuli
bilan maysalarning umumiy nomi «begona o‘t-o‘lan» so‘zlari bilan almashtirilgan.
Qolaversa bu matn orqali o‘quvchiga hovlini qanday maysalar bosib ketganligini
emas, hovli tashlandiq holga kelib qolganligini yetkazish muhimroq. So‘ngi
uchinchi
misolda esa, «ninety» so’zi harorat, Farengeyt issiqlik darajasi bilan
to‘qson darajaga yetganligi haqida gap ketayapti. Ammo Farengeyt sistemasi bilan
issiqlik darajasini aniqlash o‘zbek kitobxonlariga notanish va shu sababli «harorat
to‘qson darajaga yetdi» - deb tarjima qilinsa, bu kitobxonni ajablantirishi mumkin.
Chunki bizda harorat darajasini Selsiy sistemasi bilan o‘lchash
qabul qilingan va
kitobxon yuqoridagi jumlani aynan Selsiy sistemasi bilan tushunishi mumkin. Shu
sababli bu o‘rinda ham generalizasiya usulidan foydalanilgan, chunki kontekstdagi
kommunikativ vaziyat uchun issiqlik darajasini aniq ko‘rsatish emas, balki gap
chidab bo‘lmas jazirama haqida ketayotganligini ko‘rsatish muhim.
Generalizatsiya ko‘pincha atoqli otlarni turdosh otlar bilan almashtirish orqali
ham yuz beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: