22
majbur qiladi. Bunday elementlar asliyat tili kitobxonlari uchun bemalol tushunarli
bo‘lsada, tarjima tili kitobxonlari uchun hech qanday ma’no anglatmasligi
mumkin. Shunday qilib asliyatdagi implitsit axborot
tarjimada eksplitsit
informatsiyaga aylanadi:
The Prime-Minister spoke а few words from a window in No. 10.
Bu jumlani o‘qigan har qanday ingliz kishisi Londonning Dauning strit
ko‘chasidagi 10 uyda bosh ministr qarorgohi joylashganini yaxshi biladi. Ammo
o‘zbek kitobxonlarining ko‘pchiligi uchun bu narsa noma’lumligi
turgan gap va
shu sababli o‘zbekcha tarjimada tarjimon bu jumladagi so‘zlarni leksik
transformatsiya orqali izohli o‘girishga, ya’ni ayrim leksik birliklar o‘rniga boshqa
so‘zlar ishlatishga majbur:
Bosh vazir o‘z qarorgohi balkonidan qisqa nutq so‘zladi.
Ko‘p hollarda bunday transformatsiyalar generalizatsiya xarakterida bo‘ladi.
Generalizatsiya - konkret ma’noli so‘zlarni tarjima
tilida hammaga tushunarli
bo‘lgan umumiy ma’noli so‘zlar bilan almashtirishdir. Masalan:
Also, he would find flour, -- not much, -- a piece of bacon, and some
beans (J. London «Love of life»-1905.)
Bundan tashqari o’sha yerda oz bo’lsa ham un, bir parcha go’sht, loviya
Do'stlaringiz bilan baham: