Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi


recovered himself with a violent effort, at the same time uttering a sharp


Download 475.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/28
Sana06.11.2023
Hajmi475.41 Kb.
#1751677
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
tarzhima pragmatikasining oziga xos xususiyatlari

recovered himself with a violent effort, at the same time uttering a sharp 
exclamation of pain. He seemed faint and dizzy and put out his free hand 
while he reeled, as though seeking support against the air. (JackLondon 
“Loveoflife”-1905. pg.1.) 
- Второй путник поскользнулся на гладком валуне и чуть не упал,
но удержался на ногах, громко вскрикнув от боли. Должно быть, у него 
закружилась голова, - он пошатнулся и замахал свободной рукой, словно 
хватаясь за воздух. (Джэк Лондон собрание сочинений., Том 5; М. 1961ст. 
261.) 
- Orqada kelayotgan yo’lovchi silliq toshga siyg’anib ketib, yiqilishiga oz 
qoldi, og’riqdan qattiq ixrab yubordi-yu, ammo yiqilmadi. Boshi 
aylandi shekilli, munkib ketib xuddi havodan tayanch topishga 


57
intilgandek bo’sh qo’lini oldinga cho’zdi. (J.London “Hikoyalar”- T. 
1955.57-b.) 
Ingliz tilidagi “the man” so’zini mohir rus tarjimoni “o’sha kishi” deb emas, 
balki kontekstdan kelib chiqqan holda “путник” so’zi bilan almashtirib, “the man” 
so’zini yanada aniqlashtirgan. Rus tilidan tarjima qilgan o’zbek tarjimoni ham bu 
so’zni “yo’lovchi” sifatida talqin qilgan. Ammo rus tarjimoni ayrim o’rinlarda 
leksik birliklarning mos ekvivalenti bo’lsa-da ularni boshqa leksik birliklar bilan 
almashtirgan. Yuqorida ko’rib o’tgan jumlamizda “followed” so’zi “следующий” 
deb emas balki “второй” tarzida tarjima qilingan. O’zbek tarjimoni esa bu 
so’zning aniq ekvivalentini berib shakl va mazmun birligiga erishgan. 
Tarjima jarayonida tarjimon ba’zan asliyatdagi pragmatik ma’noni saqlab 
qolish uchun, uni kitobxonga yanada tushunarli bo’lishi uchun ba’zi jumlalarni 
kontekstdan kelib chiqqan holda tarjima qiladi. Masalan, quyidagi jumlaning 
o’zbekcha tarjimasiga e’tibor beraylik: 
- "I say, Bill, I've sprained my ankle". (Jack London “Love of life”- 1905. 
pg. 3.) 
- Слушай, Билл, я вывихнул ногу! (Джэк Лондон собрание сочинений., 
Том 5; М. 1961ст. 262) 
- Menga qara, Bill, oyog’imni chiqarib oldim! – deb qichqirdi. (J.London 
“Hikoyalar” - T. 1955.57-b.)
Agar yuqoridagi inglizcha jumlani kontekstdan xabardor bo’lmagan tarjimon 
tarjima qilsa uni “Bill dedim, men oyog’imni chiqarib oldim” deb tarjima qilishi 
mumkin edi. Shuning uchun ham pragmatik ma’noni saqlashda kontekst muhim 
rol o’ynaydi. 
Ammo shunday holatlar borki, unda faqat kontekstdan xabardor bo’lishning 
o’zi kamlik qiladi ya’ni, kontekstni bilish bilan birga tarjimon asliyat va tarjima 
tilida qo’llaniladigan frazeologik birliklar, iboralar, so’z birikmasi kabilardan ham 
xabardor bo’lishi talab etiladi. Chunki asliyat matnining pragmatik belgilari shu 
tilda gaplashuvchi xalqlarning urf-odatlarida, an’analarida, tushunchalarida, 
iboralarida ham o’z ifodasini topadi. Bir xalq tilining o’ziga xosligini ifodalovchi 


58
bunday pragmatik belgilarning tashlab ketilishi, umumlashtiruvchi so’z bilan 
o’girilishi yoki so’zma-so’z tarjima qilinishi asliyat matnining pragmatik 
potensialini kamaytiradi. Quyidagi jumla va uning tarjimalariga e’tibor beraylik: 
- Bill staggered on through the milky water. (Jack London “Love of
life”-1905. pg.3) 
- Билл ковылял дальше по молочно-белой воде. (Джэк Лондон 
собрание сочинений., Том 5; М. 1961ст. 262) 
- Bill oyoqlarini sudrab sutdek oppoq suvdan kechib borardi. (J. London 
“Hikoyalar”- T. 1955.57-b.) 
Bu yerda “milky water” so’zining so’zma-so’z tarjima qilinishi pragmatik jihatdan 
tarjimaning biroz tushunarsiz bo’lishiga olib kelgan. Sababi “sutdek oppoq suv” 
so’zi o’zbek tilida qo’llanilmaydi va u o’zbek kitobxonlari uchun albatta 
g’ayritabiiydir. 
Asliyatda berilgan pragmatik ma’noli so’zlarni tarjimadan tushirib qoldirish, yoki 
ularni boshqa jumlalar bilan almashtirish, voqealar izchilligini bayon qilishda 
xatolarga yo’l qo’yish ham asliyatning badiiy-estetik ruhini pasaytiradigan 
omillardan biridir. Masalan ushbu jumlaning o’zbek tilidagi tarjimasini tahlil qilib 
ko’raylik. 
- Near the horizon the sun was smouldering dimly, almost obscured by 

Download 475.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling