Samarqand davlat chet tillar instituti tarjimonlik fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedresi


impossible to bale it, but he was calmer now and managed to catch them in


Download 475.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana06.11.2023
Hajmi475.41 Kb.
#1751677
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
tarzhima pragmatikasining oziga xos xususiyatlari

impossible to bale it, but he was calmer now and managed to catch them in 
his tin bucket. They were no longer than his little finger, but he was not 
particularly hungry. (JackLondon “Loveoflife”-1905. pg.11) 
- Около полудня он увидел двух пескарей в большой луже.


60
Вычерпать воду было немыслимо, но теперь он стал спокойнее и 
ухитрился поймать их жестяным ведерком. (Джэк Лондон собрание 
сочинений., Том 5; М. 1961. ст. 269) 
- Tush paytida u kata bir chuqurda ikkita tanga baliq suzib yurganini 
ko’rib qoldi. Chuqurning suvini quritib bo’lmasdi, lekin u endi ancha o’zini 
bosib olgandi, paqirchasi bilanbaliqlarni tutib oldi. (J.London “Hikoyalar”-T. 
1955.65 b.) 
Ushbu jumlada rus tarjimoni “impossible” so’zini “немыслимо” leksik birligi 
bilan berib ma’noni kuchaytirmoqda.
O’zbekcha tarjimada esa “he found two minnows in a large pool” gapi “u kata 
bir chuqurda ikkita tanga baliq suzib yurganini ko’rib qoldi” tarzida berilganini 
ko’rish mumkin. Bu o’rinda tarjimon asliyatdagi ma’noni rus tarjimoni singari 
kuchaytirmay, balki uni konkretlashtirgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


61
III bob bo’yicha xulosa 
So’ngi uchinchi bobni xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tarjimada pragmatik 
xususiyatlar quyidagilarni e’tiborga olgan holda qayta yaratiladi. Birinchidan
asarda tasvirlanayotgan shart-sharoit va muhit, ikkinchidan, asar yozilgan davr va 
davr ruhi, uchinchidan, asar qahramonlari xarakteri, to’rtinchidan, asliyatda 
qo’llanilgan leksik birliklarning o'ziga xos sususiyatlari, beshinchidan, matnning 
siyosiy, ma’rifiy, madaniy, iqtisodiy xususiyatlari va shu kabilar. 
Asliyatning pragmatik xususiyatlarini tarjimada qayta yaratishda tarjimonning 
asliyat matniga neytral bo’lishi talab etiladi. Aks holda tarjimonning shaxsiy 
munosabati tarjimada asliyat mazmuniga putur yetkazishi va istalgan natijaga 
erishilmasligi mumkin. Ba’zan asliyatdagi pragmatik ma’noni saqlab qolish uchun, 
tilni mukammal bilishning o’zi kamlik qiladi, chunki ba’zi so’zlar matnda 
lug’atlarda ko’rsatilmagan ma’nolarda qo’llangan bo’ladi va bunday so’zli 
jumlalarni kontekstdan kelib chiqqan holda tarjima qilishga to’g’ri keladi. Ya’ni bu 
kabi so’zlarning ma’nosini kontekstni o’rganib chiqib bilib olish mumkin.
Tarjimachilik sohasiga endigina qo’l urgan tarjimonlar ayrim vaziyatlarda 
matnda qo’llangan bazi so’zlarning tarjimasini bilmasalarda, ularni kontekstdan 
kelib chiqqan holda qanday ma’no kasb etayotganini tushunishadi. Bunday 
tushunish kontekstual pragmatik tushunish hisoblanadi. 
Tarjima jarayonida pragmatik xususiyatlarni berishda shoshma-shosharlikka 
yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ehtiyotkorsizlik va shoshilinch qilingan tarjima xato va 
kamchiliklarni yuzaga kelishiga, bu bilan asarning pragmatik potensialining 
kamayishiga sabab bo’ladi. 

Download 475.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling