3
KIRISH
Bugungi kunda xorijiy tillarni bilgan kishiga tafakkur olami, bilim doirasi,
xalqaro munosabatlarni tushunish va idrok etish imkoniyatlari eshiklari ochildi. Bu
olamshumul da‟vat, fikr va mulohazalar Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning
deyarli barcha chiqishlarida, yoshlar va ilm ahli bilan uchrashuvlarida qayta-qayta
ta‟kidlanmoqda. “Biz uchun oʻz dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon
yoʻqotmaydigan yana bir masala, bu – farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy
bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam
vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir”.
Mustaqillik yillarida davlat tili bilan bir qatorda xorijiy tillarni o„rganish ham
davlat siyosati sifatida tarkib topdi. Fan va ta‟lim tizimini takomillashtirish
zamonaviy islohotlarning muhim vazifalaridan boʻlib, birorta ham jamiyat
ma‟naviy kuch-qudratini, inson ongida ma‟naviy va ahloqiy qadriyatlarni
mustahkamlamasdan turib yorqin kelajagini qura olmaydi [7, 36 b.]. Ma‟naviyatini
tiklash, tugʻilib oʻsgan yurtida oʻzini boshqalardan kam sezmay, boshini baland
koʻtarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak [9, 8 b.].
Do'stlaringiz bilan baham: