225
Egasiz gaplar deyilganda shaxsi (egasi) ma‘lum gaplar, shaxsi (egasi)
umumlashgan gaplar va shaxsi (egasi) noma‘lum gaplar birgalikda tushuniladi.
YIG„IQ VA YOYIQ GAP
Ega va kesimdan yoki faqat kesimdan iborat gap yig‗iq gap hisoblanadi.
Misollar:
Men – o„qituvchi. O„qituvchiman.
Tarkibida ega va kesimdan tashqari ikkinchi darajali boʻlaklar (hol,
toʻldiruvchi, aniqlovchi)dan birortasi qatnashgan gap yoyiq gap sanaladi. Masalan:
Men maktabda ishlayman. Kecha doʻstlarimiz bilan uchrashdik. Bogʻdan gullarning
muattar hidi taralardi.
1-misol. Yigʻiq gaplar.
1. Vatan muqaddasdir. 2. Siz talabamisiz? 3. Oʻqiyman. 4. U quvonib ketdi. 5.
Ishlayapman. 6. So‗z xulq-atvor demakdir.
(L.Tolstoy)
2-misol. Yoyiq gaplar.
1. Tezda qaytaman. 2. Biz u bilan tanish emasmiz. 3.
Odamlar bilan ularning
aqliga monand gaplash.
(Sa‟diy) 4. Amalsiz ilm – mevasiz yogʻoch.
(«Otalar soʻzi»)
5. Mutolaa
insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi.
(F.Bekon) 6.
Ular ertaga barcha ishni tugatishar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: