Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkentg
234 60-mavzu: GAP BO„LAKLARI TARTIBI. GAP URG„USI O‗zbek tilida gap bo‗laklarining joylashish tartibi, asosan, erkin. Odatda, gapda ega va unga bog‗langan bo‗laklar oldin, kesim va unga bog‗langan bo‗laklar keyin joylashadi, ba‘zan aksincha ham bo‗ladi: Bu yo„llar menga tanish. – Menga tanish bu yo„llar. Eganing ko‗proq gap boshida, kesimning, asosan, gap oxirida (Men keldim), hol (ohista gapirdi) va to‗ldiruvchining kesimdan (she‟rni yod oldi), aniqlovchining egadan oldin (qizil gul, do„stimning akasi) joylashuvi odatdagi, me‘yoriy tartibdir. Ammo muayyan uslubiy ma‘noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi so‗zlarning odatdagi tartibi o‗zgartirilishi mumkin, bunday o‗zgargan so‗z tartibi inversiya deb ham yuritiladi. Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‗zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat‘iy saqlanadi. Lekin so‗zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda bu tartib o‗zgarishi, ya‘ni inversion tartib (inversiya) qo‗llanishi mumkin. Masalan: Qaytdi buyuk alloma o„z yurtin quchog„iga. (A. Oripov) Bir daqiqa to„xtab, tingla uning baxt qo„shig„ini. (Mirtemir) Gapda so‗z tartibining o‗zgarishi mantiq urg‗usining o‗zgarishi bilan ham bo‗ladi. Mantiq urg‗usi gapdagi ahamiyatli bo‗lakni ta‘kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‗uli bo‗lak kesimning oldiga olib o‗tiladi. Masalan: 1. Kecha akam samolyotda Farg‗onadan Toshkentga ketdi (boshqa yerga emas, Toshkentga). 2. Kecha akam samolyotda Toshkentga Farg„onadan ketdi (boshqa yerdan emas, Farg‗onadan). 3. Kecha akam Farg‗onadan Toshkentga samolyotda ketdi (boshqa narsada emas, samolyotda). 4. Kecha samolyotda Farg‗onadan Toshkentga akam ketdi (boshqa kishi emas, akam). 5. Akam samolyotda Farg‗onadan Toshkentga kecha ketdi (boshqa kuni emas, kecha). Odatdagi tartib ilmiy va rasmiy uslub uchun mos bo‗lsa, o‗zgargan tartib og‗zaki va badiiy (ayniqsa, she‘riy) nutq uslubi uchun xos. 1-misol. (Dastlab odatdagi tartibdagi gaplar, keyin inversion tartibdagi gaplar berilgan) 1. Ona mansabi hammadan balanddir. – Hammadan balanddir ona mansabi. (Abdurahmon Jomiy) 2. Oila farzandlardan boshlanadi. – Farzandlardan boshlanadi oila. (A.Gersen) 3. Dunyoda go‗dakning tilidan ko‗ra tantanaliroq gimn yo‗q. – Dunyoda yoʻq goʻdakning tilidan koʻra tantanaliroq gimn. (V.Gyugo) 4. Farzand mehri g‗am zangini ko‗nguldin aritar. – Farzand mehri aritar g‗am zangini ko‗nguldin. (Nodira) 5. Bu dunyoda odamning mevasi farzand emish derlar. – Odamning mevasi farzand emish derlar bu dunyoda. (Sayyodiy) 6. Jannat onalar oyog‗i ostidadir. – Onalar oyog‗i ostidadir jannat. (Hadis) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling