Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
GAP URG„USI
Gapda ishtirok etayotgan so‗zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga gap urg„usi yoki mantiqiy urg„u deyiladi. Gap urg‗usini ixtiyoriy ravishda ko‗chirish mumkin: 1. Kecha muzeyga biz bordik (biz bordik). 2. Biz muzeyga kecha bordik (kecha bordik). 3. Biz kecha muzeyga bordik (muzeyga bordik). 4. Bordik biz kecha muzeyga (bordik). Ko‗rinadiki, asosiy fikr gap urg‗usini olgan bo‗lakka qaratilgan bo‗ladi. Oʻzbek tilida gap urgʻusini olgan boʻlak, asosan, kesimdan oldin joylashadi. Eslatma: Kesim mantiqiy urg‗u olganda gapdagi o‗rni o‗zgaradi va koʻpincha gap boshida keladi. TO„LIQ VA TO„LIQSIZ GAPLAR Barcha zarur bo‗laklari mavjud gap to‗liq gap deyiladi. Masalan: – Siz ertaga darsga borasizmi? – Men ertaga darsga boraman. Tushirilgan bo‗laklari oldingi gaplardan anglashilib turadigan gap to‗liqsiz gapdir: – Siz ertaga darsga borasizmi? – Boraman. Toʻliq gaplar deganda barcha beshta boʻlagi mavjud gaplarni tushunmaslik lozim. Bor-yoʻgʻi bitta boʻlakdan iborat gap ham toʻliq gap boʻlishi mumkin. Masalan: Talabaman. Toʻliq gaplar fikr ifodalanishi uchun kerak boʻlgan barcha boʻlaklari mavjud va biror boʻlakning yoʻqligi (tushib qolganligi) sezilmaydigan gaplardir. Biror fikrni ifodalash uchun ba‘zida bitta boʻlak, ba‘zida esa ikki, uch yoki toʻrtta boʻlak zarur boʻladi, shunga koʻra oʻsha boʻlaklarning hammasi ishtirok etgan gap toʻliq gap hisoblanadi. Ya‘ni soʻzlovchiga ma‘lum fikrini ifodalash uchun toʻrtta gap boʻlagi zarur boʻlsa va oʻsha zarur boʻlgan toʻrtta boʻlakning hammasini qatnashtirgan holda gap tuzsa, toʻliq gap; agar zarur boʻlaklarning bir yoki ikkitasini tushirib, toʻrtalasi bilan emas, uch yoki ikkitasi bilan gap tuzsa, toʻliqsiz gap sanaladi. Masalan, kimdir Siz kecha qayerga bordingiz? deb soʻraganda bu savolga javob berish uchun, ya‘ni fikringizni ifodalash uchun sizga nima qilinganligini ifodalovchi boʻlak (bordim – kesim), kim borganligini ifodalovchi boʻlak (men – ega), qachon borilganligini ifodalovchi boʻlak (kecha – payt holi) va qayerga borilganligini ifodalovchi boʻlak (teatrga – oʻrin holi) zarur. Siz oʻsha zarur boʻlgan barcha boʻlaklarni qatnashtirib, Men kecha teatrga bordim tarzida fikr ifodalasangiz toʻliq gap; kerak boʻlaklardan bir nechtasini tushirib, faqat eng ahamiyatlisinigina qatnashtirib, teatrga bordim yoki teatrga tarzida javob bersangiz toʻliqsiz gap hosil boʻladi. Toʻliqsiz gaplar asosan dialogik nutqda biror savolning javobi boʻlib keladi va nutqiy ixchamlikka erishish maqsadida bir yoki bir nechta gap boʻlaklari tushirilib, eng muhim va ahamiyatlisigina qoʻllaniladi. 236 Toʻliqsiz gap uchun zaruriy umumiy qoida, qonuniyatlar xos emas. Qaysi boʻlakning qoldirilishi kerakligi va qaysi boʻlkani tushirish mumkinligini faqat nutq sharoiti belgilaydi. Toʻliqsiz gaplarda quyidagi gap boʻlaklari tushirilishi mumkin: 1. Kesim va unga oid soʻzlar: – Seni qurol ushlashga qaysi nomard majbur qildi? – Vijdonim, xalqimning amri! 2. Ega: – Siz she‟r ham yozyapsizmi, Oydin? – Yozyapman. 3. Ega va kesim: – Ishni men kimdan qabul qilib olayotibman? – Byuro a‟zosidan. 4. Ikkinchi darajali boʻlaklar: – Kim muzeyga bormoqchi? – Hammamiz boramiz. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling