Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


hol hisoblanadi. Masalan: Oqillarga shafqat


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   310
hol hisoblanadi. Masalan: Oqillarga shafqat va mehribonchilik bilan muomalada 
bo„lib, so„ngra tavoze, odob bilan yordam qilinglar. (Ahmad Donish) 
3-misol. Uyushiq hollar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Tomlardan, ivigan devorlardan bug‗ ko‗tarila boshladi. 2. Shahar 
ko„chalarida, bog„larda, qir-u adirlarda bahor nafasi ufuradi. 3. U ko‗chadan 
kiyimlari yirtilib, titilib kirdi. 4. Obidjon kecha va bugun tinimsiz dars qildi. 
Faqat bir xil ma‘noni bildiruvchi hollargina oʻzaro uyushib kela oladi, ya‘ni 
payt holi bilan payt holi, ravish holi bilan ravish holi uyushishi mumkin. 
Turli mazmun munosabatini bildirgan hollar uyushmaydi. Masalan: Bahrom 
kecha teatrga bordi. Bu gapdagi hollar uyushmagan: kecha – payt holi, teatrga – o‗rin 
holi.
Uyushiq boʻlaklar bir xil grammatik shaklda boʻlishi lozim, ammo uyushiq 
hollar turli shakldagi va turli turkumdagi so‗zlar bilan ifodalanishi mumkin. 
Masalan:
1. Podsho goh kulib, goh jiddiy, goh o‘y bilan quloq solardi. – Bu gapda 
ravishdosh (kulib), sifat (jiddiy) va ko‗makchili ot (o‗y bilan) bilan ifodalangan turli 
shakldagi ravish hollari uyushgan. 
2. Daryo goh shovqin solib, goh tinch oqar edi. – Bu gapda ravishdosh 
(shovqin solib) va sifat (tinch) bilan ifodalangan turli shakldagi ravish hollari 
uyushgan. 
UYUSHIQ TOʻLDIRUVCHI 
Gap tarkibida bir xil ma‘noni (yo shaxs, yo narsa) bildirib, bir xil shaklda 
(kelishik shaklida yoki ko‗makchi bilan) kelgan va sanash ohangiga ega bo‗lgan ikki 
va undan ortiq to‗ldiruvchilar uyushiq to„ldiruvchi hisoblanadi. Masalan: O„zini 
ilmga bag„ishlaydigan kishi fisq-u fujur, gina, xiyonat, makr va xiyladan xoli 
bo„lishi kerak. (Farobiy) 
 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling