Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
-misol. Izohlash orqali ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan. 1. Boyagi yigitning, Avazning
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izohlash orqali gap boʻlaklarini ajratish № Ajratilgan gap boʻlagi Misollar 1
- Ma’mun ibn Ma’mun saroyida
2-misol. Izohlash orqali ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan.
1. Boyagi yigitning, Avazning, qo‗li gul ekan. 2. Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Siddiqjonga hamroh bo‗lib qoldi. 3. Men, Ibrohimov Sobir, hozir universitet talabasiman. 4. Bugundan, ya‟ni 6-maydan 13-maygacha, biz final musobaqalariga tayyorlanamiz. 5. Tirik ulki, undan keyin qolsa joy – hovuz, ko„l-u ko„prik-la karvonsaroy. (Sa‟diy) 6. Odam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta – mazmunli yashashni ham bilmaydiganlar ko‗p. (F.Ryukkert) 7. O‗z hayotining mohiyatini bilmaydigan kishilarning, befarqlarning ahvoliga voy. (V.Paskal) 8. Farosatsizlik, axloqsizlik orqasida faqat huzur-halovatga mukkasidan ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi. (I.Kant) Barcha gap boʻlaklari izohlash orqali ajratilishi mumkin. Asosan, ajratilgan toʻldiruvchi, ajratilgan qaratqich aniqlovchi, ajratilgan payt va oʻrin hollari izohlash orqali ajratiladi. Izohlash orqali gap boʻlaklarini ajratish № Ajratilgan gap boʻlagi Misollar 1 Kesim Komil buvaning uyi shu yongʻoqzor ichida – Boʻrijarning qoq ustida emish. 2 Ega Firma direktori, Toʻlagan Sharipovich, soʻzga chiqdi. 3 Hol Dadam sharqirab oqib yotgan ariq boʻyida, bir tup sadaqayragʻoch tagida toʻxtadi. 4 Toʻldiruvchi Men bor joyda senga, chaqimchi bir insonga, nima bor?! 5 Aniqlovchi Bu yigitlarning – Sattor va Berdiyorning aytganlariga ishonmoqdan boshqa choramiz yoʻq edi. Ajratilgan boʻlakdan oldin kelgan va ajratilgan boʻlak tomonidan ma‘nosi izohlangan boʻlak ajratilmish boʻlak deyiladi. Masalan, Bugun kutubxonada eski doʻstimni – Sodiqni koʻrib qoldim gapida Sodiqni soʻzi ajratilgan boʻlak boʻlib, undan oldin kelgan ma‘nosi noaniqroq boʻlak doʻstimni soʻzi ajratilmish boʻlak sanaladi. Demak: 1) gapdagi ma‘nosi noaniqroq boʻlgan va oʻzidan keyingi boshqa soʻz tomonidan izohlangan boʻlak ajratilmish boʻlak; 2) oʻzidan oldin kelgan ma‘nosi noaniqroq boʻlakning ma‘nosini aniqlashtirib, izohlab kelgan boʻlak ajratilgan boʻlak hisoblanadi. 246 Ajratilmish boʻlak har doim oldin, ajratilgan boʻlak doimo keyin keladi: Bu yerning, qishlogʻimizning tabiati oʻzgacha. Bu yerning – ajratilmish boʻlak, qishlogʻimizning – ajratilgan boʻlak. Izohlash orqali ajratilgan bo‗lak qaysi bo‗lakning ma‘nosini aniqlashtirgan bo‗lsa, oʻsha gap bo‗lagi bilan bitta so‗roqqa javob bo‗lib, bitta gap bo‗lagi vazifasida keladi. Masalan: Biz Xorazmda, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida besh yil birga xizmat qilganmiz, begim. Mazkur gapda Ma‟mun ibn Ma‟mun saroyida degan ajratilgan bo‗lak Xorazmda degan o‗rin holining ma‘nosini aniqlashtirib, to‗ldirib kelayotgani uchun u bilan bitta so‗roqqa javob bo‗ladi va o‗rin holi hisoblanadi. Ma‘nosi noaniqroq boʻlgan boʻlak va uning ma‘nosini aniqlashtirib, izohlab kelayotgan ajratilgan boʻlak gapda bir xil soʻroqqa javob boʻladi, bir xil gap boʻlagi vazifasida keladi va bitta soʻzga tobelanib bogʻlanadi. Ana shu xususiyatlari bilan ajratilgan boʻlaklar uyushiq boʻlaklarga oʻxshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash lozim. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling