formasida edim) – ko‗z doktori Muhtarama Hamidova (hozir u kishi professor)
ikkalamiz Hamza nomidagi O‗zbek Davlat akademik drama teatrining eski binosiga,
Uyg‗unning «Qaltis hazil» komediyasini tomosha qilgani borgan edik.
(K.Qahhorova) 4. Otinoyi, ko‗pincha, o‗z ishi bilan shug‗ullanar, darsda, asosan,
xalifa (hozirgi til bilan aytganda, sinf boshlig„i) rahbarlik qilar, sho‗xlik qilgan
qizlarga hàm xalifaning o‗zi jazo berar edi. (K.Qahhorova) 5. Toʻgʻrisini aytsam,
men ham u odamni koʻp xushlamayman. (O. Yoqubov) 6. Shu barobar oʻsha
tomondan dimogʻiga allaqanday achimsiq hid urildi (Nima boʻlsa ekan bu?) (Murod
Mansur) 7. Dangalini aytsam, bunaqa qoʻl-oyoqli xizmatkor, boshqacha aytganda,
farosatli qullar hali bizda koʻp emas. (Ulugʻbek Hamdam)
GAPDAGI KIRISH VA KIRITMALAR USLUBIYATI
Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar juda katta uslubiy,
ekspressiv-emotsional
imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‗zlovchining bayon
qilinayotgan fikrga bo‗lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun
xizmat qiladi, ya‘ni nutqning ifodaliligi, ta‘sirchanligi, ekspressivligini ta‘minlaydi.
Ular ishonch (U, albatta, keladi), gumon-taxmin (U, ehtimol, keladi), istak,
mamnunlik (U, xayriyat, keldi), taajjub (Tavba, u kelmaydimi?!), ta‘kid (Axir, u
keladi), fikrning kimga tegishliligi (Menimcha, u keladi), fikrni jamlash, xulosalash
(Xullas, u keladi) kabi bir qancha uslubiy ma‘nolarni ifodalaydi.
Kirishlar mohiyatan subyektiv ma‘no ifodalashga xoslangani uchun rasmiy
uslubda deyarli qo‗llanmaydi.
Kirishlar alohida so‗z (afsuski, sizningcha, aytishlaricha kabi), so‗z birikmasi
(gapning ochig„i, dangalini aytganda, so„zning qisqasi kabi), gaplar (Rostini aytsam,
O„ylab ko„rsam, Buni qarang kabi) yoki undan katta birliklar shaklida bo‗lishi
mumkin.
Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda
qavslar, ba‘zan tire bilan ajratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |