Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


UNDALMA  So‗zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiradigan so‗z yoki  birikma undalma


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   310
UNDALMA 
So‗zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani bildiradigan so‗z yoki 
birikma undalma deyiladi. Undalma grammatik jihatdan hech bir bo‗lakka 
bog‗lanmaydi. Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi. Uning gapdagi o‗rni 
erkin: gap boshida ham, o‗rtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin. 
Undalma jonivor yoki jonsiz narsaga ham qaratiladi: Qarg‘avoy, men seni 
yeyman. (Ertakdan); Seni unutolmas yuragim aslo, ey O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo. 
(G‗.G‗.) 
Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Muhtaram otalar, onalar, kelinlar
o‘g‘illar, opa-singillar, sizga oila tinchligi hamma narsadan muhim. 
1-misol. Undalmalar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Nimalar haqida surasan xayol, so‗yla, majnuntol? 2. Yoshlik! Seni 
kuylamagan kim? 3. Yonib yasha to tanda jon bor, Quyosh bo‗lgin, azizim, Quyosh! 
4. Asabga so‗z bermang, odamlar! 5. Ilhomimning ilk mevasini – senga tutdim, ayb 
etma, o„rtoq(E.Vohidov) 6. Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o‗ldum? (Bobur) 
Undalma doimo bosh kelishikdagi soʻzlar bilan ifodalanadi, shu jihati bilan 
ular egaga oʻxshaydi. Ammo ega gapda kesimga bogʻlanadi va u bilan shaxs-sonda 
moslashadi, undalma esa hech bir boʻlakka bogʻlanmaydi va kesim bilan shaxs-sonda 
moslashmaydi.
Solishtiring:
1. Umida, mana shu kitobingizni berib turing. 
 
2. Umida darslarini tayyorlab boʻldi. 
Birinchi gapdagi Umida soʻzi undalma boʻlib kelgan, chunki u kesimga 
bogʻlanmagan va kesim bilan shaxs-sonda moslashmagan. Ushbu gapning kesimi – 
berib turing soʻzi II shaxs koʻplikda boʻlib, egasi ham II shaxs koʻplikdagi soʻz 
boʻlishi kerak edi (ya‘ni Siz), chunki ega va kesim doimo shaxs-sonda bir-biriga mos 
boʻladi. Umida soʻzi esa III shaxsdagi soʻz boʻlib, II shaxsdagi berib turing soʻziga 
mos shaxs-sonda emas, shu sababli kesimga bogʻlanmagan. Bu gapning egasi Siz 
soʻzi esa tushib qolgan: Umida, siz mana shu kitobingizni berib turing. 
Ikkinchi gapdagi Umida soʻzi esa ega vazifasini bajargan, chunki bu soʻz gap 
kesimi tayyorlab boʻldi soʻzi bilan shaxs-sonda moslashgan: tayyorlab boʻldi – III 
shaxs birlikda; Umida – III shaxs birlikda. 
Bosh kelishikdagi biror soʻzning gapda ega yoki undalma vazifasini 
bajarayotganligini aniqlash uchun uning gap kesimi bilan bogʻlangan-
bogʻlanmaganligi va shaxs-sonda mos-mos emasligi aniqlanadi. Agar oʻsha soʻz 


254 
kesim bilan shaxs-sonda moslashgan boʻlsa, ega; moslashmagan boʻlsa, undalma 
hisoblanadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling