2-misol. Undalmalar ajratib koʻrsatilgan.
1. – Aziz nabiralar, siz bilmaysiz, oh, men o‗sha cho‗qqida quchganman
zafar. 2. Insondan o‗zgani demasman, do„stim. 3. Bizlarni bir yo‗qlab kelibsan, vafo
qilurmisan, bahorim?! (A.Oripov) 4. Amirzodam, har bir daqiqa g‗animat. Xos
navkarlaringiz otlangan. Hammasi farmoyishingizga muntazir. 5. Hazratim,
taxtingiz pastki oshiyonda. 6. «Siz menga farzanddek yaqin bo‗lmoqchimisiz,
Mirzo?» – so‗radi Shayboniyxon muloyim tovush bilan. (P. Qodirov)
UNDALMALAR USLUBIYATI
Ma‘lumki, undalmalar so‗zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni
bildiradi. Ular so‗zlovchining tinglovchiga bo‗lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor,
rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi.
Masalan, rasmiy uslubda qo‗llangan undalmalarda rasmiylik bo‗yog‗i sezilib
turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma‟lum qilamizki...
Undalmalar so‗zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-
ekspressivlik bo‗yog‗iga ega bo‗ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har
biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov) Bo„tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga
tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad)
Bunday birliklardagi undash ma‘nosini yanada kuchaytirish uchun turli
undovlar ham birga qo‗llanishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan:
Ey Vatan, bag„ringda shod Erkin o„g„loning bo„lib Yurmoqni istaydir ko„ngil. (E.
Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginam-ey. Nimalar qilib qo„yding, qizginam-ey. (O.
Yoqubov) Sendan farzandingga bog„ qolsin, ey do„st, Bog„ing Vatan degan nom
olsin, ey do„st. (E. Vohidov)
Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik bo‗yog‗i
ortiqroq bo‗ladi. Masalan: Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman,
Vatan – onajon. (A. Oripov) Oq yo„l bo„lsin sizlarga, yosh do„stlarim. (E. Vohidov)
Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo„lsa kerak-a,
dada? (O‗. Umarbekov) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o„g„lim, qishloqchilik
emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad)
Undalma gap boshida kelganda murojaat, tinglovchining diqqatini jalb qilish
vazifasini bajaradi. Gap oʻrtasi va oxirida kelganda esa emotsional-ekspressivlikni,
turli subyektiv munosabatni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |