Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


QO„SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   310
QO„SHMA GAP QISMLARI VA ULARNI 
BOG„LOVCHI VOSITALAR 
Qo‗shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo‗shma gap qismlari sanaladi. Bu 
qismlarni bog‗lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog‗lovchi vositalar 
hisoblanadi.
Qo‗shma gap qismlari quyidagi bog‗lovchi vositalar yordamida bog‗lanadi:


257 
Qoʻshma gap qismlarini bogʻlovchi vositalar 
Bogʻlovchi vositalar 
Misollar 

Bogʻlovchilar: 
a) teng bogʻlovchilar: va, hamda, 
ammo, lekin, biroq, yo, yo…yo, 
dam…dam, na…na; 
b) 
ergashtiruvchi 
bogʻlovchilar: 
chunki, negaki, toki, agar, agarda, 
mabodo. 
a) Toʻsatdan eshik sharaqlab ochildi va 
ostonada Ertoyev paydo boʻldi. 
b) Bu yil choʻllarda oʻt moʻl, chunki 
yomgʻir koʻp yogʻdi. 

Bogʻlovchi vazifasidagi vositalar: 
a) boʻlsa, esa, deb soʻzlari; 
b) yuklamalar: -u(-yu), -da, -ki
d) nisbiy soʻzlar: kim – u, nima – shu, 
qayer – shu yer; 
e) koʻmakchili qurilmalar: shuning 
uchun, shu tufayli, shu sababli; 
f) shart mayli qoʻshimchasi: -sa. 
a) Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, 
toʻgʻrilik boʻlsa uni saodatga boshlaydi. 
b) Oradagi masofa yirogʻ-u, mehr bizni 
bogʻlab turardi. 
d) Kim yaxshi oʻqisa, oʻsha oʻqishga 
kiradi. 
e) Yozi bilan tinimsiz harakat qildik, 
shuning uchun moʻl hosil oldik.
f) Yerga mehringni bersang, u seni 
toʻydiradi. 

Ohang 
Kuz 
keldi, 
yigʻim-terim 
ishlari 
boshlandi. 
 
3-misol. Qoʻshma gap qismlarini bogʻlovchi vositalar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Adab kichkinalar mehrini ulug‗lar ko‗ngliga soladi va u mehr kattalar 
ko‗nglida abadiy qoladi. (Alisher Navoiy) 2. Fikr ravshan bo‗lsa, albatta, uning 
shakli ham ravshan bo‗ladi. (P. Qodirov) 3. Haqiqiy olim o‗zining ilmi bilan 
maqtanmaydi, chunki u o‗zidan ham zo‗r olim va fozil borligini biladi. 
(«Hikmatnoma»dan) 4. Badanning quvvati – ovqat, aqlning kaliti – hikmat. (Maqol) 
5. Kimning qalbi pok bo‗lsa, u to‗g‗ri va baxtli hayot kechirishga haqli. (H. 
Razzoqov) 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling