Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-mavzu:  ERGASHGAN QO„SHMA GAPLAR


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   310
15-mavzu: 
ERGASHGAN QO„SHMA GAPLAR 
Qismlari ergashtiruvchi bog‗lovchilar yoki shunday bog‗lovchi vazifasidagi 
so‗zlar yordamida bog‗langan qo‗shma gaplar ergashgan qo„shma gaplar 
hisoblanadi. 
1-misol. 
1. Agar qiz bo‗lsang, otingni Kimsanoy qo‗yaman, agar o‗g‗il bo‗lsang, 
Kimsanboy qo‗yaman. (Said Ahmad) 2. Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, 
shuning uchun men bormayman. (Omon Muxtor) 3. Hunar ado bo‗lmas boylikdir
shu sababli yoshlik chog‗ingdan boshlab biron-bir hunarni o‗rganish payida bo‗l. 4. 
Chin do‗st yurakdan so‗zlar, chunki u sening yomon bo‗lishingni aslo xohlamaydi. 5. 
Olloyorning eng zo‗r sifati shuki, uning qo‗lida yig‗layotgan chaqaloqlar birdan
yupanadi-qoladi. (Murod Muhammad Do‗st)
 
 


265 
BOSH VA ERGASH GAP 
Ergashgan qo‗shma gaplar tarkibida nechta gap bo‗lishidan qat‘i nazar, doimo 
ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap.
Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap 
ergash gap hisoblanadi. 
Ergashgan qo‗shma gaplar, asosan, yoki
qolipida ifodalanadi. 
Ergashgan qoʻshma gaplar tarkibidagi bosh gap qoʻshma gapdagi asosiy 
mazmunni bildiradi.
Bosh 
gap 
– ergash gap tomonidan mazmuni izohlanayotgan
aniqlashtirilayotgan gap. 
 
Ergash gap – bosh gapning mazmunini izohlayotgan, aniqlashtirayotgan gap. 
Masalan: Majlis vaqtida boshlanmadi, chunki rais kechikib keldi. 
Majlis vaqtida boshlanmadi – bosh gap. Qo‗shma gapdan anglashilayotgan 
asosiy mazmunni bildiryapti; rais kechikib keldi – ergash gap. Bosh gapda 
ifodalangan mazmunni izohlayapti, ya‘ni majlis nima uchun vaqtida boshlanmaganini 
aniqlashtirib kelyapti. 
Ergashgan qo‗shma gaplar tuzilishiga ko‗ra so‗z birikmalariga o‗xshaydi. So‗z 
birikmasi tarkibidagi so‗zlar nechta bo‗lishidan qat‘i nazar, doimo ikki qismdan: 
hokim va tobe so‗zlardan tashkil topadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling