Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   310
 
 


271 
KO„RSATISH OLMOSHILI ERGASHGAN 
QO„SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibidagi ko‗rsatish olmoshi ma‘nosini izohlash uchun qo‗llangan 
ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog‗lanadi. Bu yuklama bosh gap 
kesimi tarkibida bo‗ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi. Ba‘zan bu 
bo‗lak qo‗llanmasligi ham mumkin, ammo uning o‗rni bilinib turadi. 
6-misol. 
1. Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni yaxshi ko‗ramiz. (Parda 
Tursun) 2. Shunga aminmanki, «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun ta‘lim tizimimizni 
yaxshilashda tub burilish yasaydi. («Ma‟rifat» gazetasidan) 3. Umidimiz shuki, 
Sizlar baxtli bo‗linglar. (Ismoil To„lak) 4. Shunday yashaylikki, hamma havas 
qilsin. 5. Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. (Hamid G„ulom)
Koʻrsatish olmoshili ergashgan qoʻshma gaplar va -ki yuklamasi yordamida 
bogʻlangan ergashgan qoʻshma gaplar aynan bitta gapdir. Bunday ergash gap bosh 
gapga -ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi va bosh gap tarkibidagi koʻrsatish 
olmoshining noaniq boʻlan ma‘nosini izohlab keladi. Masalan: Shuni angladimki, 
inson qobiliyati cheksiz ekan. Bunda kesimida -ki yuklamasi kelgan Shuni angladimki 
gapi bosh gap boʻlib, uning tarkibidagi koʻrsatish olmoshining ma‘nosi noaniq va 
soʻzlovchi nimani anglagani ma‘lum emas, inson qobiliyati cheksiz emas gapi esa 
ergash gap boʻlib, bosh gap tarkibidagi koʻrsatish olmoshining ma‘nosini 
aniqlashtirmoqda, ya‘ni soʻzlovchi anglagan tushuncha inson qobiliyatining 
cheksizligi ekanligini ifodalamoqda. Bunda ergash gap bosh gap tarkibidagi birgina 
koʻrsatish olmoshini izohlash uchun xizmat qilgani tufayli butun ergash gapning 
ma‘nosi oʻsha koʻrsatish olmoshiga teng keladi va ergash gapni koʻrsatish 
olmoshining oʻrniga qoʻyish mumkin boʻladi: Shuni angladimki, inson qobiliyati 
cheksiz ekan. – Inson qobiliyati cheksiz ekanligini angladim. 
Ba‘zan bosh gap tarkibidagi koʻrsatish olmoshi gapda tushirib qoldiriladi
ammo uning oʻrni (qaysi olmosh ekanligi) gap mazmunidan, nutq sharoitidan sezilib 
turadi. Masalan: 
1. Esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so„z uqtirgandan ko„ra yelkada tosh 
tashish afzal. – Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so„z uqtirgandan ko„ra 
yelkada tosh tashish afzal. 
 
2. Amin bo„ldimki, serjahl boshda aql bo„lmaydi. – Shunga amin bo„ldimki, 
serjahl boshda aql bo„lmaydi. 
 
3. Odam borki, odamlarning naqshidir. – Shunday odam borki, odamlarning 
naqshidir. 
Agarda tushib qolgan olmosh gap mazmunidan unchalik sezilmayotgan boʻlsa, 
uning qaysi soʻz ekanligi va qaysi vazifada kelganligi bosh gapdan ergash gapga 
soʻroq berish orqali aniqlanadi. Masalan: Ehtiyot bo„lish lozimki, hamrohingiz aslo 
nodon bo„lmasin. Savol: Nimadan ehtiyot boʻlish lozim? Javob: Hamrohingizdan 
nodon boʻlishidan. Bunda bosh gapdan ergash gapga nimadan soʻzi bilan soʻroq 
berildi. Tushib qolgan olmoshni aniqlash uchun oʻsha soʻroq olmoshini koʻrsatish 


272 
olmoshiga almashtirasiz: nimadan → shundan. Demak, yuqoridagi ergashgan 
qoʻshma gapning bosh gap qismida vositali toʻldiruvchi vazifasida kelgan shundan 
olmoshi tushirib qoldirilgan. Ushbu ergashgan qoʻshma gapning toʻliq koʻrinishi esa 
quyidagicha: Shundan ehtiyot bo„lish lozimki, hamrohingiz aslo nodon bo„lmasin.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling