Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Qancha – shuncha Qancha
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
5
Qancha – shuncha Qancha koʻp mehnat qilsangiz, shuncha koʻp natijaga erishasiz. 6 Qayer – shu yer Qayerda ahillik boʻlsa, shu yerda qut-baraka boʻladi. 7 Qachon – shu payt (oʻshanda) Qachon maqsadlaringizni amalga oshirish uchun jiddiy kirishsangiz, oʻshanda ular roʻyobga chiqa boshlaydi. 8 Qanchalik – shunchalik Daryo usti qanchalik tez oqsa, osti shunchalik sokin boʻladi. Bosh va ergash gap tarkibidagi nisbiy soʻzlar koʻpincha oʻzaro bir xil gap boʻlagi vazifasini bajaradi. Masalan: Kimning ichi nog„ora singari bo„sh bo„lsa, 273 uning behuda so„zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi. Bu ergashgan qoʻshma gapning ergash gap qismidagi nisbiy soʻz – kimning soʻzi ham, bosh gap qismidagi nisbiy soʻz – uning soʻzi ham qaratqich aniqlovchi vazifasini bajargan, ya‘ni ushbu ergashgan qoʻshma gapning nisbiy soʻzlari bir xil sintaktik vazifada kelgan. Ba‘zan nisbiy soʻzlar turli xil gap boʻlagi vazifasini bajarishi ham mumkin: Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. Bunda ergash gap tarkibidagi nisbiy soʻz – kimki ega vazifasini, bosh gap tarkibidagi nisbiy soʻz – unga esa vositali toʻldiruvchi vazifasini bajargan. Demak, ushbu ergashgan qoʻshma gapning nisbiy soʻzlari turli xil gap boʻlagi boʻlib kelgan. Nisbiy soʻzli ergashgan qoʻshma gaplarda ham ayrim oʻrinlarda bosh gap tarkibidagi nisbiy soʻz tushib qolishi mumkin. Ammo uning oʻrni (qaysi olmosh ekanligi) gap mazmunidan, nutq sharoitidan sezilib turadi. Masalan: 1. Kimning aqli ko„p bo„lsa, ayblari yashirin va do„stlari ko„p bo„ladi. – Kimning aqli ko„p bo„lsa, uning ayblari yashirin va do„stlari ko„p bo„ladi. 2. Kimki o„zining yaxshi ishidan quvonsa, haqiqiy mo„mindir. – Kimki o„zining yaxshi ishidan quvonsa, u haqiqiy mo„mindir. 3. Kimki boshqalarga yordam bermasa, boshqalar ham koʻmak bermaydi. – Kimki boshqalarga yordam bermasa, unga boshqalar ham koʻmak bermaydi. Bosh gap tarkibida tushib qolgan nisbiy soʻz qaysi olmosh ekanligi va uning qanday vazifada kelganligi koʻrsatish olmoshili ergashgan qoʻshma gaplarda qanday aniqlansa, shu tariqa aniqlanadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling