Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERGASHGAN QOʻSHMA GAP TURINI ANIQLASH
- 1. Bogʻlovchi vositaga binoan aniqlanadi.
- 2. Bosh gap tarkibidagi koʻrsatish olmoshining sintaktik vazifasiga binoan aniqlanadi.
- Shuni
- Qayerda
2
Koʻrsatish olmoshili ergash gap -ki yuklamasi 1. Shuni unutmangki, kelajak yoshlarning qoʻlida. 2. Shunisi aniqki, mehnatning tagida rohat yotadi. Havola boʻlakli qoʻshma gaplarda har doim ergash gapni bosh gap tarkibidagi havola boʻlak, ya‘ni koʻrsatish olmoshi oʻrniga qoʻyish mumkin boʻladi. Natijada ergashgan qoʻshma gap sodda gapga aylanadi. ERGASHGAN QOʻSHMA GAP TURINI ANIQLASH Ergashgan qoʻshma gaplar tarkibidagi ergash gap bosh gapdagi qaysi boʻlakning mazmunini aniqlashtirib, izohlab kelsa, ergash gap oʻsha boʻlak nomi bilan yuritiladi. Masalan, ergash gap bosh gapdagi eganing ma‘nosini izohlasa, ega ergash gap; aniqlovchining ma‘nosini izohlasa, aniqlovchi ergash gap hisoblanadi va h.k. Ergash gapning bunday turlari quyidagi bir necha sodda yoʻllar bilan aniqlanadi: 1. Bogʻlovchi vositaga binoan aniqlanadi. Agar ergash gap bosh gapga ergashtiruvchi bogʻlovchilar, koʻmakchili qurilmalar, deb soʻzi va -sa shart mayli qoʻshimchasi yordamida bogʻlansa, bunday ergash gaplar har doim hol ergash gaplar sanaladi. Masalan: 1. Hamisha to„g„rilar yonida bo„linglar, chunki ular hech qachon sizni noto„g„ri yo„lga boshlamaydi. 2. Beruniy ilm yo„lidagi hamkorlikni juda qadrlardi, shuning uchun ham o„z davrining taniqli olimlari bilan ilmiy aloqalar o„rnatgan edi. (Mirkarim Osim) 3. Universitetda oʻqiyman deb, qattiq tayyorlandi. 4. Hurmat qilsang, hurmat ko„rasan. (Maqol) 2. Bosh gap tarkibidagi koʻrsatish olmoshining sintaktik vazifasiga binoan aniqlanadi. Nisbiy soʻzlar va -ki yuklamasi bilan bogʻlangan ergashgan qoʻshma gaplarda ergash gap turi bosh gap tarkibidagi koʻrsatish olmoshi (yoki nisbiy soʻz)ning gapdagi vazifasiga qarab aniqlanadi. Masalan: 1. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo„lmaydi. Ushbu ergashgan qoʻshma gapning bosh gapidagi koʻrsatish olmoshi (shuni) vositasiz toʻldiruvchi vazifasini bajargan, demak, shuning uchun bu ergash gap toʻldiruvchi ergash gap sanaladi. 2. Kimning ko„ngli ochiq bo„lsa, uning el o„rtasidagi martabasi ulug„ bo„ladi. Mazkur ergashgan qoʻshma gap nisbiy soʻzlar yordamida birikkan (kimning – uning). Bosh gap tarkibidagi nisbiy soʻz (uning) qaratqich aniqlovchi vazifasini bajarganligi uchun ushbu ergashgan qoʻshma gap aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap hisoblanadi. 280 Nisbiy soʻzlar yordamida bogʻlangan ergashgan qoʻshma gaplarda ergash gap turi bosh gapdagi nisbiy soʻzning sintaktik vazifasiga qarab aniqlanadi, ergash gapdagi nisbiy soʻzning vazifasi e‘tiborga olinmaydi. Masalan, Kim astoydil mehnat qilsa, unga tole kulib boqadi gapida ergash gapdagi nisbiy soʻz – kim ega vazifasini, bosh gapdagi nisbiy soʻz – unga toʻldiruvchi vazifasini bajargan. Bosh gapdagi nisbiy soʻz toʻldiruvchi ekanligi sababli ushbu ergashgan qoʻshma gap toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap sanaladi. Ergash gapdagi nisbiy soʻzning qanday vazifada kelayotganligi bunda hech qanday ahamiyatga ega boʻlmaydi. Kesim, ega, aniqlovchi va toʻldiruvchi ergash gaplar bosh gapga faqat ikkita bogʻlovchi vosita: -ki yuklamasi va nisbiy soʻzlar bilangina bogʻlanadi. Shu sababli har qanday kesim, ega, aniqlovchi va toʻldiruvchi ergash gaplar havola boʻlakli qoʻshma gaplar sanaladi. Negaki havoli boʻlakli qoʻshma gaplar deyilganda ham faqat -ki yuklamasi va nisbiy soʻzlar bilangina bogʻlangan ergashgan qoʻshma gaplar tushuniladi. Masalan: 1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz. – kesim ergash gapli qoʻshma gap / havola boʻlakli qoʻshma gap; 2. Bu savollardan shunisi ma‟lum boʻldiki, aybnoma uydirma emas. – ega ergash gapli qoʻshma gap / havola boʻlakli qoʻshma gap; 3. Siz Hindistonda neniki ko„rgan bo„lsangiz, shularni jam etib, bir kitob yozmog„ingiz darkor. – toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gap / havola boʻlakli qoʻshma gap; 4. Kimning ko„ngli to„g„ri bo„lsa, uning o„zi ham to„g„ri bo„ladi. – aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gap / havola boʻlakli qoʻshma gap; Hol ergash gaplar bosh gapga ergashtiruvchi bogʻlovchilar, koʻmakchili qurilmalar, deb soʻzi, -sa shart mayli qoʻshimchasi, nisbiy soʻzlar va -ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Bulardan faqat nisbiy soʻzlar va -ki yuklamasi bilan bogʻlangan hol ergash gaplargina havola boʻlakli qoʻshma gaplar hisoblanadi. Qolgan vositalar bilan bogʻlangan hol ergash gaplar havola boʻlakli qoʻshma gap sanalmaydi. Masalan: 1. Qayerda ilm-fanga najot sifatida qaralsa, oʻsha yerda taraqqiyot boʻladi. Ushbu hol ergash gap havola boʻlakli qoʻshma gap ham sanaladi, chunki nisbiy soʻzlar bilan bogʻlangan. 2. Siz aytgan muddatda ulgurolmasam kerak, chunki ko„p so„qmoqlardan o„tishga to„g„ri keladi. Ushbu hol ergash gap havola boʻlakli qoʻshma gap hisoblanmaydi, chunki ergashtiruvchi bogʻlovchi bilan bogʻlangan. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling