Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Hol ergash gapning ma‟no turlari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Hol ergash gapning ma‟no turlari
Ma‟no turi Bogʻlovchi vositalar Misollar: 1 Holat (holli) ergash gap a) -ki yuklamasi; b) nisbiy soʻzlar (qanday –shunday) a) Yigitlar shunaqa ishlashdiki, hamma hayron qoldi. b) Inson qanday harakat qilsa, shunday javobini oladi. 2 Payt (holli) ergash gap a) shart mayli qoʻshimchasi: -sa; b) nisbiy soʻzlar (qachon – shu payt) a) Ishdan kelayotsam, sinfdosh doʻstimni koʻrib qoldim. b) Ular qachon yoʻlga chiqishsa, biz ham shu payt safarga chiqamiz. 3 Oʻrin (holli) ergash gap a) nisbiy soʻzlar (qayerga, -da, -dan – oʻsha yerga, -da, -dan) a) Qayerda ahillik boʻlsa, oʻsha joyda qut-baraka boʻladi. 4 Miqdor-daraja (holli) ergash gap a) -ki yuklamasi; b) nisbiy soʻzlar (qanchalik – shunchalik) a) Mehmonlar shu darajada koʻp ediki, toʻyxonaga sigʻmasdi. b) Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz boʻladi. 5 Sabab (holli) ergash gap a) sabab bogʻlovchilari: chunki, negaki; b) koʻmakchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli; d) deb soʻzi; e) -ki yuklamasi. a) Biz shu yoʻlga sodiqmiz, chunki boshqa yoʻl yoʻq. b) Kitobni bir kunga olgan edim, shuning uchun uni shu kechasidayoq oʻqib chiqdim. d) Oʻqishga kirdim deb, juda xursand boʻldi. e) Yoshlarimizning toleyi shuning uchun balandki, ularning jannatmakon yurti bor. 6 Maqsad (holli) ergash gap a) maqsad bogʻlovchisi: toki; b) deb soʻzi a) Biz xonalar keng boʻlsin deymiz, toki xastalar toza havoga muhtoj boʻlishmasin. b) Ukalarim bezovta boʻlmasin deb, Toʻngʻich botir toʻqyning bir 277 chekkasiga qochdi. 7 Shart (holli) ergash gap a) shart bogʻlovchilari: agar, agarda, mabodo,basharti; b) shart mayli qoʻshimchasi: -sa a) Agar shu ishni oxiriga yetkaza olmasak, jamoada zarracha obroʻyimiz qolmaydi. b) Qaldirgʻoch pastlab uchsa, yogʻingarchilik boʻladi. 8 Oʻxshatish (holli) ergash gap a) qiyoslash- chogʻishtiruv yuklama- bogʻlovchilari: goʻyo, goʻyoki, xuddi, naq a) Koʻzlari yarim yumuq, goʻyo kattaroq ochishga majoli yoʻq. TOʻLDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLAR Bosh gap tarkibida toʻldiruvchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining ma‘nosini izohlab keluvchi ergash gapga toʻldiruvchi ergash gap deyiladi. Toʻldiruvchi ergash gap bosh gapga nisbiy soʻzlar (kimni – uni, nimani –shuni, kimga – unga) yoki bosh gap kesimi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Ergash gapni bosh gap tarkibida toʻldiruvchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining oʻrniga qoʻyish orqali sodda gapga aylantirish mumkin boʻladi. 11-misol. Bosh gap tarkibida toʻldiruvchi vazifasida qoʻllangan olmosh ajratib koʻrsatilgan. 1. Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq oʻqqa tutdi. 2. Shundan ehtiyot boʻlingki, hasad insonni tubanlikka olib boradi. 3. Qalbingiz nimani buyursa, siz menga shuni buyuring. 4. Kimki boʻlsa dilozor, Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling