Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. Bosh gap tarkibida kesim vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshi  ajratib koʻrsatilgan.  1. Maqsadim shuki


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet278/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   310
8-misol. Bosh gap tarkibida kesim vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshi 
ajratib koʻrsatilgan. 
1. Maqsadim shuki, oʻqishga kirmoqchiman. 2. Muhammad Yusuf ijodining 
oʻziga xos xususiyati shundaki, u juda oson oʻqiladi. 3. Donolarning oʻgiti 
shundayki, soʻzning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. 4. Buning 


275 
natijasi shu boʻldiki, Toʻlaganning qanshariga musht tushdi. 5. Kim chaqqon va tez 
harakat qilsa, yutuq o„shaniki bo‗ladi.
Bunday ergash gaplarning kesim ergash gap deyilishiga sabab ergash gap bosh 
gap tarkibidagi kesim vazifasida qoʻllangan va ma‘nosi noaniq boʻlgan koʻrsatish 
olmshining ma‘nosini aniqlashiradi, izohlaydi. 
EGA ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLAR 
Bosh gap tarkibida ega vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining ma‘nosini 
izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi.
Ega ergash gap bosh gapga nisbiy soʻzlar (kim – oʻsha, nima –shu) yoki bosh 
gap kesimi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi. 
Ergash gapni bosh gap tarkibida ega vazifasida qoʻllangan koʻrsatish 
olmoshining oʻrniga qoʻyish orqali sodda gapga aylantirish mumkin boʻladi. 
9-misol. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qoʻllangan olmosh ajratib 
koʻrsatilgan. 
1. Shunisi aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kun 
kechiradi. 2. Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya oʻz faoliyatini toʻxtatmaydi. 3. 
Kim koʻp izlansa, u, albatta, oʻz maqsadiga yetadi. 4. Koʻziga nima koʻrinsa, shu uni 
qiziqtira boshladi. 5. Kim ko‗p o‗qisa, u ko‗p biladi. 6. Kimki shoshilmay, aql-u 
tadbir bilan ish tutsa, u o‗z maqsadlariga oson erishadi.
Ba‘zan bosh gapning egasi vazifasidagi koʻrsatish olmoshi qoʻllanmasligi 
mumkin, ammo uning oʻrni bilinib turadi. Masalan:
1. Bu savollardan ma‟lum boʻldiki, aybnoma uydirma emas. – Bu savollardan 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling