Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-misol.
shunisi ma‟lum boʻldiki, aybnoma uydirma emas.
2. Kimki taqdirga tan bersa, hayot toʻlqinida gʻarq boʻlib ketadi. – Kimki taqdirga tan bersa, u hayot toʻlqinida gʻarq boʻlib ketadi. 3. Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan hech qachon do„stlashmaydi. – Kimki tinch yashashni istasa, u pastkash odam bilan hech qachon do„stlashmaydi. HOL ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLAR Bosh gap tarkibida hol vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining ma‘nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi. Hol ergash gap bosh gapga nisbiy soʻzlar (qayerda – oʻsha yerda, qachon – shu payt) shart mayli shakli, sabab, maqsad, shart, oʻxshatish-qiyoslash bogʻlovchilari, koʻmakchili qurilmalar, deb soʻzi yordamida bogʻlanadi. Ergash gapni bosh gap tarkibida hol vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining oʻrniga qoʻyish yoki tegishli gap boʻlagiga aylantirish orqali sodda gapni yuzaga keltirish mumkin boʻladi. 276 10-misol. Bosh gap tarkibida hol vazifasida qoʻllangan olmosh ajratib koʻrsatilgan. 1. Hali Onaxonning bilmaganlari shu darajada koʻp ediki, soʻrab oxiriga yetolmasday koʻrindi. 2. Oqsoqol qayerda boʻlsa, oʻsha joyda ish bir tartibda borardi. 3. Bu yil hosil yaxshi boʻlmadi, chunki yomgʻir yogʻmadi. 4. Darsga kechikib keldik, shuning uchun oʻqituvchidan tanbeh eshitdik. 5. Kasalini yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. (Maqol) 6. Ukalarim bezovta bo‗lmasin deb, To‗ng‗ich botir to‗qayning bir chekkasiga qochdi. («Uch og‗a-ini botirlar» ertagidan) 7. Qog‗ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi, shuning uchun bilganlaringni kelgusi avlodlarga yozib qoldirishga harakat qil. 8. Shunday yashaylikki, hamma havas qilsin. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling