2. Odamlar borki, suhbatlashib bahra olasan. – Shunday odamlar borki,
suhbatlashib bahra olasan.
HAVOLA BOʻLAKLI QOʻSHMA GAPLAR
Ergashgan qoʻshma gaplarning shunday turi borki, ularda bosh gap tarkibidagi
ma‘lum bolak ergash gapga ishora (havola) qilib turadi. Qoʻshma gap tarkibida faqat
ergash gapgina bosh gapga ma‘lum bogʻlovchi vositalar yordamida bogʻlanib
qolmaydi. Koʻpincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning
mavjud boʻlishiga ishora (havola) qiladigan koʻrsatish olmoshlari ishtirok etadi.
Ergash gap oʻsha olmoshning(ya‘ni ergash gapga ishora (havola) qilayotgan
olmoshning) ma‘nosini izohlaydi, uning ma‘nosiga teng keladi.
Havola boʻlaklar – bosh gap tarkibida qoʻllangan va ergash gapga ishora
(havola) qiluvchi koʻrsatish olmoshlaridir.
Masalan:
1. Hunar shunday otdirki, u mingan kishini rohat va e‟tibor manziliga
yetkazadi.
2. Kimning himmati baland boʻlsa, uning qadr-qimmati ham baland boʻladi.
Yuqoridagi ergashgan qoʻshma gaplarning bosh gaplari tarkibida qoʻllangan
shunday, uning kabi koʻrsatish olmoshlari ergash gapga ishora (havola) qiladi va
havola boʻlaklar sanaladi. Bunday boʻlakli gaplar havola boʻlakli qoʻshma gaplar
deyiladi.
Nisbiy soʻzlar va -ki yuklamasi yordamida bogʻlangan va bosh gap qismida
koʻrsatish olmoshlari (havola boʻlaklar) qatnashgan ergashgan qoʻshma gaplar havola
boʻlakli qoʻshma gaplar deyiladi.
Havola boʻlakli qoʻshma gaplarning tarkibi
Ergash gap
Bogʻlovchi vosita
Misollar
1
Nisbiy soʻzli
ergash gaplar
nisbiy soʻzlar (kim – u,
nima – shu);
-sa shart mayli
qoʻshimchasi
1. Kim baxil boʻlsa, uning kosasi
oqarmaydi.
2. Nimani niyat qilgan boʻlsangiz,
unga
erishish
uchun
astoydil
279
harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |