Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov
undan el-u yurt bezor. 5. Shunga
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
undan el-u yurt bezor. 5. Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past
bo‗ladi. (Shuhrat) 6. Nima ro‗zg‗orga kerak bo‗lsa, dadam o„shani bozordan keltiraverar edi. (Oybek) Ba‘zan bosh gapning toʻldiruvchisi vazifasidagi koʻrsatish olmoshi qoʻllanmasligi mumkin, ammo uning oʻrni bilinib turadi. Masalan: 1. Bilingki, jim turib salomat boʻlish gapirib malomatga qolishdan afzal. – Shuni bilingki, jim turib salomat boʻlish gapirib malomatga qolishdan afzal. 2. Kimki xalqqa xiyonat qilsa, tarix va millat kechirmaydi. – Kimki xalqqa xiyonat qilsa, uni tarix va millat kechirmaydi. ANIQLOVCHI ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLAR Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining ma‘nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gapga nisbiy soʻzlar (qaysi – shu, qanday – shunday, qanaqa – shunaqa, kimning – uning) yoki bosh gap kesimi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bogʻlanadi. Ergash gapni bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qoʻllangan koʻrsatish olmoshining oʻrniga qoʻyish orqali sodda gapga aylantirish mumkin boʻladi. 278 12-misol. Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qoʻllangan olmosh ajratib koʻrsatilgan. 1. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur. 2. Shunday odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qiladilar. 3. Katta arava qaysi yoʻldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yoʻldan yuradi. 4. Kim yalqov boʻlsa, uning qoʻlida obod yer ham xarob boʻladi. 5. Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo‗lmaydi. (A. Qayumov) 6. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo‗tabar bo‗lsin. (Oybek) Ba‘zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasidagi koʻrsatish olmoshi qoʻllanmasligi mumkin, ammo uning oʻrni bilinib turadi. Masalan: 1. Kim birovlarga yaxshilik qilsa, obroʻyi baland boʻladi. – Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obroʻyi baland boʻladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling