287
his-hayajonning
ishtirokiga koʻra turi
qoʻyilish qolipi
1
Darak gap
a) «K, – m. – K».
b) «K, – m, – K».
«Soʻz san‘atining qudrati shundaki, –
deydi Asqad Muxtor, – u hayotda aynan
boʻlmagan
narsalarga, hodisalarga jon
kirgizib yuboradi».
2
Soʻroq gap
«K? – m. – K».
«Toshkentga qaysi avtobus boradi? –
deb soʻradi yoʻlovchi. –
Mana shu,
shekilli».
3
Undov gap
«K! – m. – K».
«Hammamiz niyatlarimizga yetaylik! –
dedi yonidagi kishi. – Ha, shunday
boʻlsin».
Koʻchirma gap muallif gapining oʻrtasida joylashganda
Koʻchirma gapning
ifoda maqsadiga yoki
his-hayajonning
ishtirokiga koʻra turi
Tinish
belgilarining
qoʻyilish qolipi
Misollar
1
Darak gap
M: «K», – m.
Solih amaki unga: «Inim,
bu ishingiz
toʻgʻri emas», – dedi.
2
Soʻroq gap
M: «K?» – m.
U dastxat yozishga chogʻlanar ekan:
«Ismingiz nima edi, singlim?» – deb
soʻradi.
3
Undov gap
M: «K!» – m.
Otaxon duoga qoʻl ochar ekan: «Avvalo,
yurtimiz tinch boʻlsin!» – dedi.
KO„CHIRMA VA O„ZLASHTIRMA GAPLAR
Nutq jarayonida so‗zlovchi o‗zi
bevosita kuzatgan, bilgan voqea-hodisalar
haqida
axborot beribgina qolmasdan, o‗zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham
bayon qiladi.
O‗zganing gapidan ikki xil yo‗l bilan foydalaniladi:
1) o‗zganing nutqi hech o‗zgarishsiz nutqqa tayyor holda olib kiriladi;
2) o‗zga
gapning mazmuni saqlangan, shakli o‗zgartirilgan holda nutqqa olib
kiriladi.
Hech bir o‗zgarishsiz nutqqa olib kirilgan o‗zganing gapi
ko„chirma gap,
mazmuni
saqlanib, shakli o‗zgartirilgan o‗zganing gapi esa
o„zlashtirma gap
hisoblanadi.
Masalan: 1.
«Tabiat – bizning onamizdir», – dedi muallim. (koʻchirma gap) 2.
Muallim tabiat onamiz ekanligini aytdi. (oʻzlashtirma gap)
2-misol.
1. Bir donishmand: «Nasihatni olmaydigan odam – baxtsiz odam», – degan edi.
// Bir donishmand nasihatni olmaydigan odamning
baxtsiz odam ekanligini
ta‘kidlagan edi. 2. Xurramiy deydi: «Chiroyli xulq bilan inson insondir». // Xurramiy
288
chiroyli xulq bilan insonning inson ekanligini aytgan edi. 3. «Shirinso‗zlik va
muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodir», – dedi bobom. // Bobom
shirinso‗zlik va muloyimlik har qanday baloni qaytarishga qodirligini aytdi. 4.
«Yaxshi fe‘l bilan kishilar ko‗nglini olib, o‗zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha»,
– deydi Ahmad Yugnakiy. // Ahmad Yugnakiy yaxshi fe‘l bilan kishilar ko‗nglini
olib, yomon qiliqlardan saqlanib yashash lozimligini aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: