Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


DEB SO„ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO„SHMA


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   310
DEB SO„ZI YORDAMIDA ERGASHGAN QO„SHMA 
GAPLAR 
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash 
gaplar bosh gapga ko‗pincha deb so‗zi yordamida bog‗lanadi. Ergash gaplarning 
kesimi buyruq va shart maylidagi, shuningdek, kelasi zamon fe‘llari bilan 
ifodalanganda, asosan, maqsad ma‘nosi, o‗tgan zamon fe‘llari bilan ifodalanganda, 
ko‗proq sabab ma‘nosi anglashiladi. 
4-misol. 
1. Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‗lingga. (Hamid Olimjon) 2. Shu 
mo‗jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. (A.Oripov) 3. 
Kamalakdek rango-rang Bo‗lsin deb san‘at, tillar, Asrlarcha qildim jang. (E. 
Vohidov) 4. Sen otash ichida urasan javlon, Dushman qolmasin deb sevgan elimda. 
(Hamid Olimjon) 5. Yovlar yakson bo‗lsin deb, Yigitlar jang boshladi, Yovlar qocha 
boshladi. (Hamid G„ulom) 6. Otam xursand boʻlsin deb, astoydil mehnat qildi. 
Deb vositasida ergashgan qoʻshma gaplarning mazmun munosabati 
Mazmun munosabati 
(ergash gap turi) 
Qanday soʻzlardan keyin 
kelsa? 
Misollar 

Bosh gapda ifodalangan 
mazmunning 
maqsadini 
bildiradi.
(Bunday ergash gaplar 
maqsad ergash gap yoki 
hol ergash gap deyiladi) 
1) Ergash gapning kesimi 
buyruq maylidagi fe‘llar bilan 
ifodalansa; 
2) Ergash gapning kesimi 
shart maylidagi fe‘llar bilan 
ifodalansa; 
3) Ergash gapning kesimi 
kelasi zamon fe‘llari bilan 
ifodalansa. 
1) 
Yovlar 
yakson 
boʻlsin deb, yigitlar 
jang boshladi. 
2) Mehmonlar kelsa 
deb, 
taomlar 
tayyorladi. 
3) Ukam oʻqiydi deb, 
kitob sotib oldi. 

Bosh gapda ifodalangan 
mazmunning 
roʻy 
berishiga 
nima 
sabab 
boʻlganini bildiradi.
(Bunday ergash gaplar 
sabab ergash gap yoki hol 
ergash gap deyiladi) 
1) Ergash gapning kesimi 
oʻtgan zamon fe‘llari bilan 
ifodalansa. 
1) Oʻqish boshlandi 
deb, shaharga yoʻl 
oldi. 
2) Oʻqishga kirdi
deb, 
hayajonlanib 
gapirar edi. 
3) Akam safardan 
keldi 
deb, 
juda 
xursand boʻldi.

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling