Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Boʻlsa, esa soʻzlari yordamida bogʻlangan qoʻshma gap qismlarining oʻzaro


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   310
Boʻlsa, esa soʻzlari yordamida bogʻlangan qoʻshma gap qismlarining oʻzaro 
mazmun munosabati 
Munosabat 
Misollar 
Izoh 

Qiyoslash 
1) Tovus oʻzining chiroyli 
patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli 
odam 
esa 
oʻzining sharaf-u 
shonini asraydi. 
2) Aql koʻpga yetkazadi, hunar 
boʻlsa insonni koʻkka koʻtaradi.
Qoʻshma 
gap 
qismlari 
boʻlgan ikki sodda gap 
tarkibidagi 
oʻzaro 
taqqoslanayotgan soʻzlarning 
ma‘nosi 
bir-birga 
zid 
boʻlmasa, 
qiyoslash 
munosabati 
anglashiladi. 
Masalan: 2-gapdagi oʻzaro 


264 
taqqoslanayotgan soʻzlar: aql 
va hunar bir-biriga zid emas. 

Zidlash 
1) Egrilik insonni qabohatga 
yetaklaydi, toʻgʻrilik boʻlsa uni 
saodatga yoʻllaydi. 
2) Jahl – dushman, aql esa 
doʻstdir. 
3) Rostgoʻylik odamni kamolotga 
yetaklaydi, yolgʻonchilik esa uni 
halokatga olib boradi. 
Qoʻshma 
gap 
qismlari 
boʻlgan ikki sodda gap 
tarkibidagi 
oʻzaro 
taqqoslanayotgan soʻzlarning 
ma‘nosi bir-birga zid boʻlsa, 
zidlash 
munosabati 
anglashiladi. Masalan: 1-
gapdagi 
oʻzaro 
taqqoslanayotgan 
soʻzlar: 
egrilik va togʻrilik oʻzaro zid 
ma‘nolidir. 
Savol va topshiriqlar: 
1. Qoʻshma gap qismlarini qaysi bogʻlovchi vositalar bogʻlab keladi? 
2. Qoʻshma gaplar qaysi jihatlariga koʻra tasniflanadi? 
3. Bogʻlangan qoʻshma gaplar qanday xususiyatlarga ega? 
4. Bogʻlangan qoʻshma gaplar qismlari qaysi vositalar orqali birikadi? 
Adabiyotlar: 
1. Sayfullayeva R. va boshqalar. Hozirgi oʻzbek tili. T.: Universitet, 2011. 
2. Ўзбек тили грамматикаси. 2-қисм. – Т.: «ФАН», 1976. 
3. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. – T.: 2005. 
4. A.G'ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o'zbek adabiy tili, sintaksis. – T.: 1965. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling