Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   310
Voqea-hodisalarning 
galma-
gal(ketma-ket) roʻy berishi. 
Bogʻlovchilar: 
goh…goh, 
dam…dam, 
bir…bir, 
ba‘zan…ba‘zan. 
1) Goh kuladi, goh yigʻlaydi. 
2) 
Dam 
qurbaqalarning 
qurillashi 
eshitiladi, dam chigirtkalarning chirillashi 
quloqqa chalinadi. 
3) Ba‟zan kutilmaganda paydo boʻlib 
qoladi, 
ba‟zan 
oylab 
qorasini 
koʻrsatmaydi. 

Voqea-hodisalardan 
faqat 
bittasining roʻy berishi. 
Bogʻlovchilar: yo, yoki, yo…yo. 
1) Yo ruchka olaman, yo qalam olaman. 
2) Mashinaning nuqsoni boʻlsa tuzatiladi 
yo yana yaxshirogʻi yasaladi. 
INKOR BOG„LOVCHISI YORDAMIDA
BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR 
Inkor bog‗lovchisi bog‗langan qo‗shma gap qismlarini bog‗lash bilan birga 
ularda ifodalangan harakat-holat yoki belgining inkorini ham bildiradi. Shuning 
uchun bunday bog‗langan qo‗shma gaplarda kesimlar bo‗lishli shakldagi fe‘llar yoki 
bor, mavjud kabi so‗zlar orqali ifodalansa-da, mazmun inkor tarzida anglashiladi. 
Yozuvda takror qo‗llanayotgan bog‗lovchidan oldin vergul qo‗yiladi. 
 
5-misol. 
1. Oradan uch kun o‗tdi hamki, Mahmuda na birovga biron ish aytdi, na
murod-u maqsadini surishtirdi. (Nabi Jaloliddin) 2. Ko‗kda na bitta yulduz 
ko‗rinadi, na undan tushishi mumkin bo‗lgan bir qatim nur. (Ulug„bek Hamdam) 3. 


262 
Na ko‗nglimni to‗ka olaman, Na o‗g‗limni so‗ka olaman. (Iqbol Mirzo) 4. Na 
baqirganingni birov eshitadi, na yordam deb chaqirganingni o‗zing eshitasan. 
(Ulug„bek Hamdam) 5. Na so‗zlarida ma‘no bor, na ishlarida hayo bor. (Oybek) 6. 
Uning kelganini na Qurbon ota payqadi, na Sidiqjon. (Abdulla Qahhor) 
Inkor va ayiruv bogʻlovchilari uyushiq boʻlaklarni va qoʻshma gap tarkibidagi 
sodda gaplarni oʻzaro bogʻlab keladi. Ularning uyushiq boʻlaklarni va sodda gaplarni 
bogʻlashi ba‘zan bir-biriga shaklan oʻxshab ketadi: Na so„zlarida ma‟no, na ishlarida 
hayo bor. – Na so„zlarida ma‟no bor, na ishlarida hayo bor
Birinchi gapda na…na inkor bogʻlovchisi uyushiq boʻlaklarni oʻzaro bogʻlagan 
boʻlsa, ikkinchi gapda qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlash vazifasini 
bajargan. Bunda bogʻlovchining qanday til birliklarini bogʻlayotganligi gapdagi 
kesimlar soniga qarab aniqlanadi: birinchi gapda bitta, ikkinchi gapda ikkita kesim 
mavjud. 
Shuningdek, agar takror (ikkinchi marta) qoʻllanayotgan inkor yoki ayiruv 
bogʻlovchisi gap kesimidan keyin kelsa, qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplarni 
bogʻlayotgan hisoblanadi, boshqa gap boʻlaklari (ega, hol, toʻldiruvchi, 
aniqlovchi)dan keyin kelsa, uyushiq boʻlaklarni bogʻlash vazifasini bajaradi. 
Masalan: Bugun dalaga yo sen borasan, yo ukang boradi. – Bugun dalaga yo sen, yo 
ukang borasanlar. 
Birinchi gapda ikkinchi marta qoʻllanayotgan ayiruv bogʻlovchisi gap kesimi – 
borasan soʻzidan keyin kelayotgan uchun bu gapda ayiruv bogʻlovchilari qoʻshma 
gap tarkibidagi sodda gaplarni bogʻlab kelmoqda. Ikkinchi gapda esa takror 
qoʻllanayotgan ayiruv bogʻlovchisi gapning kesimidan keyin emas, balki egasi – sen 
soʻzidan keyin kelayotgani uchun uyushiq boʻlaklarni (uyushiq egalarni) oʻzaro 
bogʻlayotgan sanaladi. 
Inkor yoki ayiruv bogʻlovchilari yordamida bogʻlangan qoʻshma gap 
tarkibidagi ikkinchi gapning kesimi ba‘zan tushib qolishi mumkin: Uning kelganini 
na Qurbon payqadi, na Sidiqjon payqadi. Uning kelganini na Qurbon payqadi, na 
Sidiqjon.
Bunda tushib qolgan kesimning mavjudligi birinchi gapdan anglashilib turadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling