2
Sabab-natija munosabati:
qoʻshma gap qismlaridan biri
sababni [1], ikkinchisi esa
buning
natijasini
[2]
bildiradi;
1) Inobat qizishib ketib, pisandaga oʻtganini
endi payqadi va uyalib yerga qaradi. – Inobat
qizishib ketib, pisandaga oʻtganini endi payqadi,
natijada uyalib yerga qaradi.
Inobat qizishib ketib, pisandaga oʻtganini endi
payqadi [1] – sabab, uyalib yerga qaradi [2] –
natija;
2) Roʻparadagi gʻorning bagʻridan qora tutun
koʻtarildi va u yerdan yoʻtal tovushi eshitildi. –
Roʻparadagi gʻorning bagʻridan qora tutun
koʻtarildi, natijada u yerdan yoʻtal tovushi
eshitildi.
Roʻparadagi gʻorning bagʻridan qora tutun
koʻtarildi [1] – sabab, u yerdan yoʻtal tovushi
eshitildi [2] – natija.
ZIDLOV BOG„LOVCHILARI YORDAMIDA
BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR
Zidlov bog‗lovchilari bog‗langan qo‗shma gap qismlarini bog‗lash bilan birga
ular o‗rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham ifodalaydi. Zidlov bog‗lovchilari
qo‗shma gapning ikkinchi qismi boshida qo‗llanadi va qo‗shma gap qismlari
vergul bilan ajratiladi.
-u(-yu), -da yuklamalari bog‗langan qo‗shma gap qismlarini bog‗lash bilan
birga ular o‗rtasida zidlash, ketmaketlik munosabati mavjudligini bildiradi.
3-misol.
1. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin ko‗klam biroz noqulay keldi. (Oybek) 2.
Kechasi yana qor yog‗gan, biroq havo unchalik sovuq emas edi. (Said Ahmad) 3.
Yo‗lning ikki chetidagi g‗alla tovlanardi, ammo ular o‗tgan yillardagi kabi baland
emas edi. (Oybek) 4. Mayli, siz yashirdingiz, ammo men yashirmayman. (Oybek) 5.
Men o‗z fikrimni aniq tushuntirib berishga harakat qilyapman-u, siz uni eshitishni
xohlamayapsiz. (Olimjon Xoldor) 6. Bir oycha fizika, matematika fanlarini o‗qidi-
yu, xayoli boshqa yoqda bo‗lgani uchun kallasiga hech vaqo kirmadi. (O„. Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |