Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   310
QO„SHMA GAPLAR TASNIFI 
Qismlarining qanday bog‗lovchi vositalar yordamida bog‗lanishiga ko‗ra 
qo‗shma gaplar uch guruhga bo‗linadi: 1. Bog‗langan qo‗shma gaplar. 2. Ergashgan 
qo‗shma gaplar. 3. Bog‗lovchisiz qo‗shma gaplar. 
Qoʻshma gap turi 
Qismlarini bogʻlovchi 
vositalar 
Misollar 

Bogʻlangan 
qoʻshma gaplar 
a) teng bogʻlovchilar: va, 
hamda, ammo, lekin, biroq, yo, 
yo…yo, dam…dam, na…na; 
b) boʻlsa, esa soʻzlari; 
1) Oʻqituvchi keldi va dars 
boshlandi. 
2) Yaxshidan bogʻ qoladi, 
yomondan esa dogʻ qoladi. 


258 
d) yuklamalar: -u(-yu), -da.
3) Umrlar oʻtar-u, kitoblar 
yashar. 

Ergashgan 
qoʻshma gaplar 
a) 
ergashtiruvchi 
bogʻlovchilar: chunki, negaki, 
toki, agar, agarda, mabodo. 
b) deb soʻzi; 
d) yuklamalar: -ki
e) nisbiy soʻzlar: kim – u, 
nima – shu, qayer – shu yer; 
f) koʻmakchili qurilmalar:
shuning uchun, shu tufayli, shu 
sababli; 
g) shart mayli qoʻshimchasi: -
sa. 
1) Dangasa bahona izlaydi
chunki 
mehnat 
unga 
yoqmaydi. 
2) Ukalarim oʻqisin deb
kitob sotib oldi. 
3) Shunday odamlar borki
ular bilan gaplashib bahra 
olasan. 
4) Qayerda ahillik boʻlsa, 
oʻsha yerda yutuq bor. 
5) 
Ilm 
martabasi 
martabalarning zoʻridir, shu 
sababli yoshlikdan ilm olish 
payida boʻl. 

Bogʻlovchisiz 
qoʻshma gaplar 
Ohang 
1) 
Sidiqjon 
toʻxtadi, 
orqasidan kimdir kelayotgan 
edi. 
2) Avval ular bizga yetib 
olishsin, 
keyin 
birga 
joʻnaymiz. 
BOG„LANGAN QO„SHMA GAPLAR
 
Qismlari teng bog‗lovchilar, bo„lsa, esa so‗zlari, -u (-yu), -da yuklamalari 
yordamida bog‗langan gaplar bog„langan qo„shma gaplar hisoblanadi.
Ularning qolipi orqali ifodalanadi. 
teng bog„lovchilar 
Bogʻlangan qoʻshma gap qismlarini bogʻlovchi vositalar 
Bogʻlovchi vosita 
Misollar 

Teng bogʻlovchilar: 
a) biriktiruv bogʻlovchilari: va, hamda; 
b) zidlov bogʻlovchilari: ammo, lekin, 
biroq; 
d) ayiruv bogʻlovchilari: yo, yoki, 
yo…yo, 
goh…goh, 
dam…dam, 
ba‘zan…ba‘zan; 
e) inkor bogʻlovchisi: na…na. 
a) Rais keldi va majlis boshlandi; 
b) Oy yoritadi, lekin isitmaydi; 
d) Dam jahlim chiqadi, dam kulgim 
qistaydi; 
e) Na soʻzlarida ma‘no bor, na 
ishlarida hayo bor. 
2 Boʻlsa, esa soʻzlari 
1) 
Egrilik 
insonni 
qabohatga 
yetaklaydi, toʻgʻrilik 
boʻlsa 
uni 


259 
saodatga yoʻllaydi. 
2) Jahl – dushman, aql esa doʻstdir. 

Teng bogʻlovchi vazifasida kelayotgan 
yuklamalar: -u(-yu), -da 
1) Soni koʻp-u, salmogʻi yoʻq. 
2) Bir oycha fizika, matematika 
fanlarini oʻqidi-yu, ammo xayoli 
boshqa yoqda boʻlgani uchun kallasiga 
hech vaqo kirmadi. 
3) Gulchehra ―piq‖ etib kuldi-da
choʻzilib tugunni oldi. 
1-misol. 
1. Shu onda chiroq o‗chdi va birdaniga o‗q uzildi. (Abdulla Qahhor) 2. Mana, 
sen ketding-u, bo‗ldim xayolkash. (Zulfiya) 3.Yo‗lovchining o‗zi ichkariga kirdi-yu
ikki ko‗zi tashqarida qoldi. (Omon Muxtor) 4. Goh kechalari shamol bo‗riday 
uvullab chiqardi, goh sharros yomg‗ir quyib qolardi. (E. Usmonov) 2. Vijdonli
kishini ta‘qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas. (F. Volter)

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling