Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   310
 
5-misol. Kiritmalar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Ukamni men o‗zim (uyda kattalardan hech kim yo„q edi) barvaqt 
uyg‗otdim. (A. Ahmedov) 2. Men yuvinish xonasi og‗zida qoldirilgan xaltani 
(og„irgina ekan) olib, Tavakkalga berdim. (Sh. Xolmirzayev) 3. Oilamizdagi 
kattalarning (mening ham) shu kunlarda ko‗nglidagi niyat o‗sha tantanani tezroq va 
hamma havas qilgudek to‗kinroq qilib o‗tkazish edi. (A. Islomov) 4. Etak tomondagi 
uyning (Omonning uyi) derazalari ochib qo‗yilgan, sarg‗ish darparda osilib turar, 
ammo ichkarida hech kim yo‗qligi aniq edi. (O„. Hoshimov) 5. Qozoqlar Beyisht 
qushi, Qrim tatarlari Ridvon (Rizvon) qushi deb ataydilar. (Said Ahmad) 
6-misol. Kiritmalar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Toshoyna tokchasidagi soat shoshilinch chiqillaydi (Valijon Novgorod 
tomonlardan olib kelgan batareyali soat). 2. Yangi rais (avvalgi Rais buva 
qamalib ketdi, uch yil bo„ldi: paxtani qo„shib yozgan ekan) majlis qildi. 3. Chap 
qo‗llab rasm chizsa (chapaqay edi), odamning aqli shoshardi. 4. Iskandar (u endi 
Iskandar Vahobovich emas, Iskandar, oddiy Iskandar bo„lib qolgandi, negaki 
o„lim hammani baravar qilib qo„yadi) vazmin qadamlar bilan salqin dahlizga 
chiqdi. 5. Qarasam, o‗zimning bolalikdagi «o‗ris o‗rtog‗im» Valya kelyapti (Asli oti 
Valentin ekanini keyin bilganman). 7. Xuddi shu hovlida, xuddi shu so‗rida o‗tirib 
(Otinoyi katta oxurdan yem yegan qudalaridan uyalib, restoranga bormagan
ammo uyda chiroyli dasturxon tuzab qo„ygan edi) qiziga nasihat qildi. 


253 
Kirishlar va kiritmalar mohiyatan bir xil xususiyatga ega boʻlgani uchun 
koʻpincha bir umumiy nom ostida – kiritmalar deb oʻrganiladi. Shunga qaramay bu til 
birliklari bir-birdan ma‘lum farqlarga ham ega. 
Kirishlar so‗zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‗lgan subyektiv bahosi
turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi. 
Kiritmalar esa so‗zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‗shimcha izohi, 
to‗ldiruvchi ma‘lumotini ifodalaydi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling