Samarqand davlat universiteti a. B. Pardayev, S. A. Qurbonov


-misol. (Ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan)  1. Butoqlarga qo‗nib gul kitobini varaqlashga tushdi bulbul, g„azalxon


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/310
Sana03.10.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1691372
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   310
8-misol. (Ajratilgan boʻlaklar alohida koʻrsatilgan) 
1. Butoqlarga qo‗nib gul kitobini varaqlashga tushdi bulbul, g„azalxon... 2. 
Samum yalab o‗tar yalang to‗shini bunda yolg‗iz giyoh – sho„ra-yu yantoq. 3. 
Turmushimiz ko‗rib turibsan mana – ketmas davlatimiz fe‟limizga mos. 4. Bugun 
qarabsizki men ham otaman, mening ham o‗g‗lim bor, umid yulduzim. 5. Chunki 
«oqsoqol»da noyob fazilat – qahr, beshafqatlik, zug„um bor edi. 
 
 
KIRITMALAR (KIRISH SO„Z) 
Soʻzlovchining oʻzi bayon etayotgan fikriga turli munosabatini yoki 
qoʻshimcha axborotini bildiruvchi birliklar kiritmalar deyiladi.
Kiritma gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga daxldor bo‗lsa-da, 
gapdagi biror bo‗lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular 
gapdagi boshqa bo‗laklardan yozuvda vergul, tire, ba‘zan qavslar bilan, talaffuzda esa 
kichik to‗xtamlar bilan ajratiladi. 


250 
1-misol. Kiritmalar ajratib koʻrsatilgan. 
1. Asli qiyofangni ko‗rsatishdan qo‗rqishing, demak, o‗zingdan 
nafratlanishingni bildiradi. (J.Massiyon) 2. Ko‗pdan ko‗p baxtsizliklarning ildizi 
shundaki, yoshlikdanoq bolani o‗z xohishlarini tizginlashga, bu ishni qilish mumkin, 
bunisini, albatta, qilish kerak, buni qilish esa mumkin emas, degan tushunchalarga 
to‗g‗ri yondashishga o‗rgatilmaydi. (V.Suxomlinskiy) 3. Mehnat ijodga aylangan 
joyda, tabiiyki, o‗lim dahshati, hatto, fiziologik jihatdan ham yo‗q bo‗lib ketadi. 
(A.Tolstoy) 4. Sernuqsonlik, shubhasiz, yomon, ammo undan ham yomonrog‗i, 
o‗zingda ularni tan olmaslik istagi, bunda mazkur nuqsonlarga o‗z-o‗zini aldash ham 
qo‗shiladi. (Paskal) 5. Izzattalablik o‗z holicha, ehtimol, nuqsondir, biroq u ko‗p 
hollarda qadr-qimmat manbayidir. (Kvintilian) 6. Safsata va quruq gap, haqiqatan 
ham, nafratga loyiq. Gapdan ko‗ra ish qilish kerak. (V.Suxomlinskiy) 
Kiritma so‗zlovchining o‗zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi, 
gumoni, tasdig‗i, inkori va h.), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, 
aloqadorligi), o‗z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, 
ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo‗shimcha 
axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma‘nolarni ifodalaydi. 
Kiritma barcha bo‗laklar kabi sodda va murakkab bo‗ladi. Sodda kiritmalar 
so‗zlar va so‗z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so‗z birikmasi, kengaygan 
birikma va gaplar bilan ifodalanadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling